1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
Fenollap saqlovchi dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
Download 0.55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Fenollap saqlovchi dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
О‘simliklar dunyosida fenollar va ularning unumlari hamda glikozidlari keng tarqalgan. Fenollar va ular unumlarining о‘simliklar tо‘qimasidagi biosintezi, о‘simliklar uchun ahamiyati, tibbiyotda ishlatilishi hamda analiz qilish usullari shu birikmalarning kimyoviy tuzilishiga bog‘liq bо‘lganligi uchun ular turlichadir. Tarkibida fenollari bо‘lgan hamda tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar quyidagi sinflarga bо‘linadi: Oddiy fenollar va ularning glikozidlarini saqlovchi (paparotnik ildizpoyasi); Lignanlar saqlovchi (sxizandra mevasi va urug‘i); Antratsen unumlari va ularning glikozidlarini saqlovchi (sano bargi va mevasi, aloe bargi, rovoch va otquloq ildizi); Flavonoidlar saqlovchi (dо‘lana guli va mevasi, toron yer ustki qismi); Kumarinlar va furanoxromanlar saqlovchi (shivid mevasi, oqquray ildizi, mevasi); Tanidlar (oshlovchi moddalar) saqlovchi dorivor о‘simliklar (eman pо‘stlog‘i, g‘ozpanja ildizpoyasi, olxa g‘udda mevasi). Oddiy fenollar о‘simliklar tarkibida kam uchraydi. Lekin ularning unumlari va glikozidlari bir qancha botanik oila vakillarida ancha keng tarqalgan. Oddiy fenollardan tibbiyotda ahamiyatligi — floroglyusinning (1, 3, 5-trioksibenzol) unumlari bо‘lgan floroglyusidlar erkak paporotnik tarkibida bо‘lib, lentasimon gijjalarga qarshi ta’sir kо‘rsatadi va shu maqsadda tibbiyotda qо‘llanadi. Oddiy fenollarni о‘z tarkibida saqlovchi dorivor о‘simliklar siydik haydovchi va antiseptik (hamda organizmni tonusini kо‘taruvchi (rodiola) vosita sifatida tibbiyotda ishlatiladi. Erkak paporotnik ildizpoyasi, toloknyanka, brusnika, sano, sabur, rovoch ildizi, otquloq ildizida fenollar bо‘ladi. Nazorat uchun savollar O‘simliklarda biologik faol moddalarning tо‘planishi. O‘simliklarda biologik faol moddalarni tо‘planish muddatlari. О‘simliklar tarkibida biologik faol moddalarning tо‘planishi ontogenez bosqichlarida doimiy о‘zgarishda bо‘lishi. О‘simliklar tarkibida biologik faol moddalarning tо‘planishi turli omillar ta’sirida doimiy о‘zgarishda bо‘lishi. О‘simliklarda efir moyining tо‘planishi. Dorivor о‘simliklar tarkibida uchraydigan moddalarning guruhlanishi. О‘simliklar tarkibidagi dori-darmon xususiyatiga ega bо‘lgan birikmalar. Dorivor o‘simliklarning kimyoviy tasniflanishi. Tarkibida polisaxaridlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar. Tarkibida vitaminlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar. Vitaminlarning guruhlanishi. Tarkibida lipidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar. Lipidlarning guruhlanishi. Tarkibida efir moylari bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar. Tarkibida alkaloidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling