1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja


Download 0.55 Mb.
bet18/31
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1050404
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
талабагадоривор ўсимликларга талабага

Kraxmal (Amylum) о‘simliklar dunyosida juda keng tarqalgan bо‘ladi. Kraxmal xlorofilli organlarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bо‘ladi. Asta-sekin barglardan shox hamda poyalar orqali о‘tib, meva va urug‘da yoki о‘simlikning yer ostki organlarida (ildiz, pldizpoya, tuganak va piyozlarida) yig‘iladi. Kraxmal asosan donli о‘simliklarning meva, urug‘ida, kо‘p yillik о‘t о‘simliklarda esa yer ostki organlarida tо‘planadi. Tibbiyotda 4 tur о‘simlik kraxmali keng ishlatiladi.

  1. Kartoshka kraxmali – Amylum Solani

  2. Makkajо‘xori kraxmali – Amylum Tritici

  3. Bug‘doy kraxmali – Amylum Maydis

  4. Guruch kraxmali – Amylum Oryzae

О‘simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bо‘lib, ular tarkibida asosan polisaxaridlar — pentozanlar (90 % gacha) va qisman geksozanlar uchraydi. Shilliq moddalar hujayra ichi va hujayra pо‘sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan hosil bо‘ladi. Ayrim hujayra va tо‘qimalar (kambiy, о‘zak, о‘zak nurlari va b.) shilliqlanishi mumkin.
Pektin moddalarning eng muhim xossasi - ularning suvli eritmasini sovutilganda zich (quyuq) massa - jele hosil bо‘lishidir. Ularning bu xossasidan tibbiyotda, ayniqsa, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Farmatsevtika amaliyotida pektin moddalardan hab dori va emulsiya (emulgator sifatida) tayyorlashda foydalanish mumkin.
Tarkibida vitaminlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
Vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog‘ va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, tо‘qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmi kо‘pchilik vitaminlarni faqat о‘simliklardan oziq-ovqat bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning bо‘lmasligi yoki yetishmasligi odam va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb ataladigan og‘ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bо‘ladi.
1880 yilda rus olimi vrach N.I.Lunin hayvon organizmi vitaminsiz hayot kechira olmasligini birinchi marta aniqlagan.
1912 yilda polyak olimi K.Funk «vitamin» terminini ishlatishni (vita - hayot, vitamin - hayot amini demakdir) tavsiya etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida amin guruhi bо‘lsa kerak, deb faraz qilinar edi. Lekin vitaminlarning kimyoviy tarkibi aniqlangandan sо‘ng bu fikrning notо‘g‘ri ekanligi ma’lum bо‘ldi. Hozir vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan bо‘lsada, eski odat bо‘yicha ular «vitamin» sо‘zi va lotin alfavitining bosh harfi bilan ataladi.
О‘simliklar о‘sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq tо‘qimada vitaminlar biosintezi boshlanadi. Na’matak mevasi, qora smorodina bargi va mevasi, о‘rmon qulupnayi bargi va mevasi, chakanda mevasi va moyi, tirnoqgul guli, bozulbang guli, gazanda bargi, bodrezak (kalina) pо‘stlog‘i va mevasi, jag‘-jag‘ yer ustki qismi vitaminlarga boy bо‘ladi.
Vitamin S - askorbin kislota rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq eriydigan kristall modda. Odatda vitamin S shimoliy tumanlarda va yuqori tog‘li yerlarda о‘sadigan о‘simliklarda janubiy rayonlarda hamda pastliklarda о‘sadigan о‘simliklarga qaraganda kо‘proq bо‘ladi. Yorug‘lik ta’sirida vitamin S biosintezi tezlashadi, qorong‘ulikda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi.
Vitamin B1 esa aksincha janubiy tumanlarda о‘sadigan kuzgi bug‘doyda kо‘proq sintezlanadi. Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, о‘simliklar tarkibidagi karotin miqdori oshadi. Ba’zi mikroorganizmlar kislotali sharoitda vitamin B1 sintezini butunlay tо‘xtatib qо‘yadi.
Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga bо‘linadi:
Suvda eruvchi vitaminlar — B1, V2, V6, RR, N, R, S va U vitaminlar, pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar, inozit va boshqalar.
Yog‘larda eruvchi vitaminlar — A, D, YE va K1 vitaminlar.
Odatda vitaminlar biologiya va farmatsevtik kimyo fanlari dasturiga kiradi va shu kurslarda tо‘liq о‘rganiladi. Vitamin preparatlarining ta’siri bilan farmakologiya kursi shug‘ullanadi. Farmakognoziya kursi esa S, R, U va K1 vitaminlarga hamda karotinga boy bо‘lgan gulli (yuqori) о‘simliklarni о‘rganadi.
Mahsulot tarkibidagi vitaminlar mikdori doimo о‘zgarib turib, kо‘pincha о‘simliklarning gullash davrida yer ustki organlarida maksimal miqdorda tо‘planadi. Mevalarda esa, ular pishib yetilgan vaqtida kо‘p yig‘iladi. Shuning uchun vitaminli mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib о‘tilgan vitaminlarga boy davrida о‘tkazilishi kerak.
Kо‘pchilik vitaminlarning о‘zi turg‘un birikma bо‘lsa ham ma’lum sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorug‘lik va boshqa faktorlar ta’sirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa о‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijada vitaminlar о‘zining biologik faolligini yо‘qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda yuqorida kо‘rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur.
Tarkibida lipidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
Kimyoviy tuzilishi hamda fiziologik va bioximik xususiyatlari bо‘yicha turlicha, lekin fizik xossalari umumiy bо‘lgan hamda yog‘ va yog‘simon moddalardan tashkil topgan, о‘simlik va hayvonlardan olinadigan murakkab organik birikmalar aralashmasi lipidlar nomi bilan yuritiladi.
Lipidlar sovuq suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi. Ammo yog‘lar eriydigan hamma erituvchilar (benzin, benzol, xloroform, efir va boshqalar) da yaxshi eriydi.
Lipidlar quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
Oddiy lipidlar. Bu guruhga yuqori molekulali yog‘ kislotalarining ba’zi spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlari kiradi. Masalan, neytral yog‘lar—triglitseridlar (yuqori molekulali yog‘ kislotalarining uch atomli spirt-glitserin bilan hosil qilgan murakkab efirlari), mumlar (yog‘ kislotalarining yuqori molekulali bir atomli spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlari) va boshqalar. Mumlarga steridlar (sterinlarning yog‘ kislotalar bilan hosil qilgan efirlari) ham kiradi.
Murakkab lipidlar. Bu guruhdagi lipidlarning molekulasi tarkibida yog‘ kislotalari va spirtlardan tashqari yana boshqa qismlar: fosfat yoki sulfat kislotalarining qoldiqlari, azot saqlovchi asoslar, ba’zi bir qandlar bо‘ladi. Ularga fosfolipidlar, sulfolipidlar, serebrozidlar, gangliozidlar va boshqalar kiradi.
Lipidlarning boshqa turlari. Bu guruhdagi lipidlar yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan ikkala guruhdagi lipidlarni tashkil etuvchi birikmalardan yoki ularning biosintezi hamda parchalanishida hosil bо‘lgan oraliq moddalardan tashkil topadi. Masalan, mono- va diglitseridlar (glitserinning bitta yoki ikkita yog‘ kislotasi bilan hosil qilgan murakkab efiri), yuqori molekulali yog‘ kislotalar, yuqori molekulali spirtlar (sterinlar, vitamin A, zeaksantinlar va boshqalar), yog‘da eriydigan vitamin D va K, yuqori molekulali uglevodlar (shu jumladan, karotinoidlar ham), glitserinning oddiy efirlari va boshqalar.
Tibbiyot va farmatsevtika amaliyotida oddiy lipidlar (neytral yog‘lar) — triglitseridlar va mumlar dorivor moddalar, surtma va boshqa dori turlari tayyorlash uchun asos, erituvchi va biriktiruvchi vosita sifatida qо‘llaniladi.
Yog‘lar, yog‘simon moddalar va mumlar tashqi kо‘rinishi, fizik xossalari bilan bir-biriga о‘xshash bо‘lsa-da, kimyoviy xossalari jihatidan katta farq qiladi.
Kakao urug‘i, kanakunjut urug‘i, bodom urug‘i, shaftoli urug‘i, zaytun mevasi va urug‘i, kungaboqar urug‘i, makkajо‘xori mevasi, zig‘ir urug‘i, g‘о‘za urug‘idan olingan moylar tibbiyot uchun qimmatbaho bо‘lib, turli surtmalar, malhamlar, emulsiya, dori vositalari, sharchalar tayyorlanadi. Bundan tashqari bu moylar oziq-ovqat sanoati va parfyumeriya sanoati uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.
Tirik о‘simlik hujayrasida moylar doimo suyuq holda bо‘ladi. Hujayrada moy bilan birga lipaza fermenti uchraydi. Lipaza fermenti moyni glitserin va moy kislotalaridan sintez qiladi hamda shu moddalarga parchalaydi.
О‘simliklarning о‘sish sharoiti (о‘sish davri, iqlim, namlik miqdori, tuproq tarkibi va boshqalar) ular tarkibidagi moylar miqdoriga va sifatiga katta ta’sir etadi.
Odatda sovuq iqlim sharoitida (shimolda) о‘sadigan о‘simliklar kо‘proq qо‘sh bog‘i kо‘p kislotali moylarni, issiq iqlimli mamlakatlarda (tropik tumanlarda) о‘sadigan о‘simliklar, aksincha, kо‘proq tо‘yingan kislotalarga boy bо‘lgan yog‘larni sintez qiladi. Shuning uchun ham tropik tumanlardagi о‘simliklar moyi kо‘pincha qattiq (shokolad va palma daraxtlarining moylari), о‘rta va sovuq iqlimda о‘sadigan о‘simliklar moyi suyuq bо‘ladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling