1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
Download 0.55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
- Bu sahifa navigatsiya:
- Achchiq moddalar
- Buyoq moddalar.
Glikozidlar о‘simliklarning barcha tana qismlarida, meva va ildizlarida saqlanadi. Ular namlik va fermentlar ta’sirida ikkiga parchalanadi. Natijada qandli glikozid va qandsiz (aglikon) komponentlarga bо‘linadi. Glikozidlar inson organizmiga ta’sir etish xususiyatiga qarab yurak-tomir sistemasiga ta’sir etuvchi, terlatuvchi achchiq, saponinli glikozidlar va antraglikozidlarga bо‘linadi. Glikozidlar yurak-tomir sistemasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalardan farqli о‘laroq tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yurakka ta’sir etadi. Achchiq glikozidlar esa oshqozon-ichak yо‘llarining ish qobiliyatini oshiradi, ishtahani ochadi hamda ovqat hazm bо‘lishini yaxshilaydi.
Achchiq moddalar (azotsiz murakkab moddalar) terpenli birikmalardan tashkil topgan bо‘lib, achchiq ta’mga ega. Bu moddalar ta’sirida oshqozon shirasi kо‘plab ishlab chiqariladi, ovqat yaxshi hazm bо‘ladi, ishtaha ochiladi. Ayniqsa, bu xastalikka chalingan bemorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tanid ayrim о‘simliklarning bargi, mevasi, pо‘stlog‘i, ildiz hamda tugunaklarida tо‘planadi. Bu modda о‘simlik hujayra shirasida erigan holda uchraydi. U boshqa moddalar bilan birikkan yoki ayrim holda bо‘ladi. О‘simlik tо‘qimalari о‘lgandan sо‘ng hujayra devorchalariga shimiladi. Tanid teri sanoati uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bu modda tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklari oldini oluvchi bakteritsid modda tariqasida ishlatiladi. Kumarinlar ayniqsa soyabonguldoshlarga oid о‘simlik organlarida tо‘planadigan biologik aktiv moddalardir. Bu moddalar sisortooksikor kislotalardan tashkil topgan. Kumarinlarning ta’sir quvvati turlicha bо‘lib, tibbiyotda eng kо‘p ishlatiladiganlari furokumarinlarga tegishlidir. Bu moddalar ultrabinafsha nurlarga nisbatan organizmning sezuvchanlik xususiyatini oshiradi, qon tomirlarni kengaytiradi. Furokumarinlar teri xastaliklarini davolashda keng qо‘llaniladigan dorilarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo manbalaridan hisoblanadi. Buyoq moddalar. О‘simlik organlari turli pigmentlarni, yani bо‘yoqlarni saqlaydi. Ularga xlorofill, flavonoid, antotsian, karotinoid va boshqalar kiradi. Xlorofill yashil bо‘yoq bо‘lib, о‘simlik organlarining yashil qismlarida uchraydi. Bu modda xlorofill «A» hamda xlorofill «B» ga bо‘linadi. Xlorofill suvda parchalanmaydi, ammo yog‘da parchalanadi. Flavonoidlar sariq rang degan sо‘zni anglatadi. Ular tabiiy murakkab birikmalardan bо‘lib, benzo-U piron mahsuli hisoblanib, uning asosini fenil-propan tashkil etadi. Flavonoidlar, о‘z navbatida, flavon, flavonoid, flavonol, katexin, antotsian kabi gruppalarga bо‘linadi. Antotsianlar binafsha rangdan qizil ranggacha bо‘lgan bо‘yoq kо‘rinishini beradi. Antotsianlar flavonli glikozidlar hisoblanib, gidrolizlanib, qand hamda aglikon-antotsianidinga parchalanadi. Ular о‘z navbatida, keratsianin, enin va betaninlarga bо‘linadi. Antotsianlar suvda yaxshi eriydi. Qizdirilsa yoki qaynatilsa tez buziladi, ya’ni rangi hamda xususiyatini yо‘qotadi. Antotsianlar о‘simliklarning guli, mevasi hamda urug‘larida kо‘proq bо‘ladi. Tibbiyotda kvarsetin va rutin moddalaridan tayyorlanadigan dori-darmonlar kо‘proq qо‘llaniladi. Ular yurak-tomir, qon ketish, oshqozon yarasi, qon bosimi oshishi kabi xastaliklarga qarshi ishlatiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling