1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet16/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Azotli moddalar murakkab birikmalardan tashkil topgan bо‘lib, ularning asosini oqsilli moddalar hosil qiladi. Ular, о‘z navbatida, aminokislotalar hamda amidlardan iborat. Shuningdek, oqsilsiz azotli moddalar о‘z tarkibida nuklein kislota, ammiak tuzlari, nitratlar, ba’zi vitamin va glikozidlarni saqlaydi.
Moy va moy kislotalari о‘simliklarning urug‘i, meva hamda danaklari tarkibida bо‘lib, murakkab tuzilishga ega bо‘lgan efir, glitserin kislotalarining bir asosli yog‘ qatorlaridan iborat. Moy hamda moysimon moddalar oziq-ovqat sohasida ishlatilishidan tashqari, og‘ir va yengil mashinasozlik sanoatining boshqa tarmoqlarida ham qо‘llaniladi. Tibbiyotda esa malham dori, krem va plastir tayyorlashda, ba’zan dorivor moddalarni eritishda ishlatiladi. Kо‘pincha о‘simlik moylari qon-tomir hamda tomirchalar devoridagi xolesterin moddasini eritish xususiyatiga ega. Umuman, shu narsani qayd etish lozimki, о‘simliklarning shifobaxshligi faqat yuqorida qayd etilgan moddalarga bog‘liq bо‘libgina qolmay, balki bir qancha organik birikmalar, mineral tuzlar, makro hamda mikroelementlarning о‘zaro birga ta’sir etish kuchiga ham kо‘p jihatdan bog‘liq.
Dorivor o‘simliklarning kimyoviy tasniflanishi. Dorivor о‘simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlarni sinflarga bо‘lishda turli omillar asos qilib olingan: dorivor mahsulotlarning farmakologik ta’siri, ularning morfologik tuzilishi (yer ustki qismi, bargi, guli, mevasi, yer ostki organlari va boshqalar), dorivor mahsulot tarkibidagi ayrim birikmalarning xossalari (masalan, saponinlarning turg‘un kо‘pik hosil qilishi) va boshqalar. Natijada о‘z vaqtida dorivor mahsulotlarning farmakologik, botanik va boshqa tasniflari — klassifikatsiyalari bо‘lgan va shu asosida ular о‘rganilgan. Hozirgi kunda ham dorivor о‘simlik mahsulotlarini о‘rganishda ayrim hollarda farmakologik tasnifdan foydalaniladi.
Dorivor mahsulotlarning asosiy ta’sir qiluvchi moddalari ajratib olinib, kimyoviy tuzilishi aniqlangandan sо‘ng ularning kimyoviy tasnifi - klassifikatsiyasi tuzildi. Bu tasnif dorivor о‘simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi birikmasini kimyoviy tuzilishiga asoslangan.
Kimyoviy tasnif bо‘yicha dorivor о‘simliklar va ularning mahsulotlari farmakognoziya fanida quyidagi sinflarga bо‘linadi:

  1. Tarkibida polisaxaridlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  2. Tarkibida vitaminlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  3. Tarkibida lipidlar (yog‘lar va yog‘simon moddalar) bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  4. Tarkibida terpenoidlar (efir moylar) bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  5. Tarkibida alkaloidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  6. Tarkibida glikozidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

a) Tarkibida monoterpan glikozidlar (achchiq moddalar) bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
b) Tarkibida yurak glikozidlari (steroid glikozidlar) bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
v) Tarkibida triterpin glikozidlar (triterpin saponinlar) hamda steroid saponinlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  1. Tarkibida fenol unumlari bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

a) Tarkibida oddiy fenollar, ularni unumlari va glikozidlari (fenolglikozidlar) bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
b) Tarkibida lignanlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
v) Tarkibida antratsen unumlari va ularning glikozidlari (antraglikozidlar) bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
g) Tarkibida flavonoidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
d) Tarkibida kumarinlar va xromonlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar;
ye) Tarkibida oshlovchi moddalar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

  1. Tarkibida kam о‘rganilgan turli biologik faol moddalar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar.

Yuqorida keltirilgan sinflardan ayrimlariga qisqacha ta’rif beramiz.
Tarkibida polisaxaridlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
Polisaxaridlar — monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekulali uglevodlardir. Ular biopolimerlarning muhim guruhlaridan biri bо‘lib, о‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan. Bu birikmalarning parchalanishi natijasida oddiy uglevodlar — monosaxaridlar (ba’zan disaxaridlar ham) hosil bо‘ladi. Keyinchalik oraliq birikma bо‘lgan disaxaridlar ham monosaxaridlarga bо‘linadi.
Fotosintez jarayonida vujudga kelgan birikmalar — monosaxaridlar о‘simlik hujayrasida uchraydigan barcha moddalar sinteziga (jumladan, polisaxaridlar sinteziga) asos bо‘ladi. О‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalar ham hujayradagi qandlarning о‘zgarishi asosida yuz bergan biosintez hosilasidir. Uglevodlar fotosintez jarayonining birlamchi hosilasi (mahsulotlari) hisoblanadi. Uglevodlarning turli о‘zgarishlari natijasida vujudga kelgan hamma moddalar (oqsil, lipidlar, fermentlar va vitaminlardan tashqari), shu jumladan, biologik faol birikmalar fotosintez jarayonining ikkilamchi hosilasidir.
Polisaxaridlardan bо‘lgan kraxmal, shilliq moddalar (gulxayri ildizida, katta zubturum bargi, dengiz karami tarkibi, behi urug‘i, zig‘ir urug‘i, oqqaldirmoq bargi) daraxt yelimlari (astragal yelimi, о‘rik yelimi) va pektin moddalar tibbiyotda hamda farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Bu birikmalarning kimyoviy tuzilishi va xossasi turlicha bо‘lganligi uchun tahlil qilish usullari ham turlichadir.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling