1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Tarkibida alkaloidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar


Download 1.16 Mb.
bet19/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Tarkibida alkaloidlar bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
О‘simliklar (qisman hayvonlar) tо‘qimalarida tayyor holda bо‘ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bо‘lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha — alqali — ishqor va yunoncha eydos — о‘xshash (simon) sо‘zlaridan iborat bо‘lib, ishqorsimon birikma degan ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini kо‘rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla о‘simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi [ bо‘lib alkaloid deb atadi.
Tarkibida alkaloid bо‘lgan о‘simliklar qadimdan ishlatib kelinsa-da, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni о‘rganish va tekshirish sohaside ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti pо‘stlog‘i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni smola holida ajratib oldi. 1797 yilda Bome, 1804 yilda Derozn hamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni «opiy tuzi» deb atadi. Shunday bо‘lsa-da, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachasi Sertyurner hisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall holda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi.
1918 yillardan boshlab mamlakatimizda ilm-fan juda tez tarakkiy eta boshladi. Ayni vaktda tarkibida alkaloid bо‘lgan о‘simliklarni tekshirish ishlari ham rejalashtirildi va rivojlandi. Akademik A. P. Orexov tomonidan sobiq Ittifoq ximiya — farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti qoshida birinchi marta alkaloidlar bо‘limi tashkil etildi, sobiq Ittifoqda II tarkibida alkaloid bо‘lgan о‘simliklarni о‘rganishga asos solindi.
1936 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetida G.V.Lazuryevskiy va O.S.Sodiqov О‘zbekistonda yovvoyi holda о‘sadigan alkaloidli о‘simliklarni tekshira boshladilar.
1943 yilda akademik A.P.Orexovning shogirdi S.Y.Yunusov boshchiligida О‘zbekiston Fanlar akademiyasi kimyo instituti qoshida alkaloidlar laboratoriyasi tashkil etildi.
О‘simliklar tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10—15, ba’zan 25 % gacha alkaloidlar bо‘lishi mumkin. Traxilantus о‘simligida 18 % miqdorida alkaloidlar summasi topilgan.
О‘zaro (botanik jihatdan) yaqin bо‘lgan о‘simliklar tarkibida kо‘pincha bir xil alkaloid bо‘ladi. Masalan, ituzumdoshlar oilasiga kiradigan bir qancha о‘simliklar (Atropa L., Hyoscyamus L., Datura L, Scopolia Jacq. turlari) tarkibida tropan guruhiga xos alkaloidlar (atropin, giossiamin, skopolamin) uchraydi. Ayni vaqtda bitta alkaloid botanik jihatdan bir-biriga bog‘lanmagan bir qancha oilalarda ham bо‘lishi mumkin. Masalan, efedrin alkaloidi Ephedraceae, Celastraceae, Malvaceae, Papaveraceae va Taxaceae (ya’ni 5 ta), kofein alkaloidi Sapindaceae, Theaceae, Sterculiaceae, Rubiaceae, Aquifoliaceae, Liliaceae va boshqalar (ya’ni 16 ta) oilalariga kiradigan о‘simliklar tarkibida uchraydi.
О‘simlikdagi alkaloid miqdori va tarkibiy qismi doimo dinamik о‘zgarishda bо‘ladi. Bu о‘zgarish о‘simliklarning о‘sadigan yeri va sharoitiga bog‘liq. Odatda alkaloidlar о‘simliklar gullashi oldida yoki gullash davrida ularning yer ustki qismida kо‘p tо‘planadi. О‘simliklar gullab bо‘lgandan sо‘ng alkaloidlar ularning (agar kо‘p yillik о‘t о‘simlik bо‘lsa) yer ostki organlarida (ayniqsa piyozboshida) va qisman mevasida, bir yillik о‘t о‘simliklarning esa mevasida yig‘iladi. Ba’zan alkaloidlar о‘simlik endi kо‘karib chiqayotganida ularning yer ustki qismida kо‘p tо‘planishi mumkin.
Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan eng qimmatli dorivor moddalar hisoblanadi. Ular spetsifik va boshqa dorilar bilan almashtirib bо‘lmaydigan xususiyatga ega bо‘lib, keng miqyosda ishlatiladi.
Qalampir mevasi, itsigak, afsonak, qizilcha va achchiqmiyaning yer ustki qismi, uyatchan mimoza, mingdevona, bangidevona, zirk, magnoliya, katarantus, qoraqovuq kabi о‘simliklar bargi, beladonna bargi, yer ustki qismi va ildizi, isfarak va isiriq yer ustki qismida alkaloidlar kо‘p bо‘ldai.
Agar о‘simlikka bir butun organizm deb qaralsa, alkaloidlar о‘z tuzilishiga, о‘simlik xususiyatiga qarab turli vazifalarni bajara oladi. Ular ma’lum vaqtda zahira ozuqa va himoya qiluvchi moddalar hamda о‘simlik tо‘qimasida rо‘y beradigan biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan zarur birikmalar sifatida xizmat qilishi mumkin.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling