1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


-mavzu. DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA


Download 1.16 Mb.
bet22/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

5-mavzu. DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA
TAYYORLASH


Reja:
1. Dorivor o‘simliklar yetishtirishni tashkil etilishi.
2. О‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni yetishtirish ishlari.
3. Doriovr o‘simliklarni tayyorlashni to‘g‘ri uyushtirish.


Asosiy tushunchalar: dorivor о‘simliklarni yetishtirish, VILAR, VILR, VIR, dorivor о‘simliklar agrotexnikasi, botanika institutlari, botanika bog‘lari, farmatsevtika institutlari, ilmiy-tekshirish institutlari, dorivor о‘simliklar о‘stiriladigan xо‘jalik.


Dorivor o‘simliklar yetishtirishni tashkil etilishi. Tabiiy holda о‘suvchi dorivor о‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor о‘simliklar xomashyosiga bо‘lgan talabini, asosan, dorivor о‘simliklar о‘stirish orqaligina qondirish mumkin.
Dorivor о‘simliklarni yig‘ish va ekish tо‘g‘risidagi 1921 yilda chiqarilgan Dekret farmatsevtika sanoatining rivojlanishida, dorixonalarni dori mahsulotlari bilan ta’minlash hamda dorivor о‘simliklarni yig‘ishda katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Dori mahsulotlarini yig‘ish ishi bilan faqat davlat mahkamalari shug‘ullana boshlaydi va bu ish ma’lum reja asosida olib boriladi. Bu rejaga asosan yangi ilmiy-tekshirish muassasalarini ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi qо‘llanma va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar yaratish zarur edi. Shu maqsadda 1931 yilda Butunittifoq dorivor va xushbо‘y о‘simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILAR) ochiladi.
Bundan tashqari, Butunittifoq о‘simlikshunoslik instituti (VIR) ochiladi. Bu institutning asosiy vazifasi chet eldan keltirilgan dorivor va boshqa foydali о‘simliklarni ekish usullarini hamda ularning agrotexnika qoidalarini о‘rganishdan iborat edi.
Dorivor о‘simliklarni ekish va agrotexnika usullarini о‘rganish bilan ularga bо‘lgan ehtiyojni qondirish qiyin bо‘lib, shu sababli dorivor о‘simliklarni qidirib topish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyalar Kavkaz, О‘rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq va boshqa tumanlar florasini о‘rgana boshladi. Bunday ekspeditsiyalar Butunittifoq dorivor о‘simliklar instituti (VILR), Yevropa va Osiyodagi Respublikalar Fanlar Akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika bog‘lari, farmatsevtika institutlari va boshqa oliy о‘quv yurtlari hamda ilmiy-tekshirish institutlarining ayrim laboratoriyalari tomonidan uyushtirilib kelindi. Ayniqsa, bu sohada VILR va Moskva Fanlar Akademiyasining botanika bog‘lari tomonidan (L.A.Utkin, P.S.Massagetov va boshqalar rahbarligida) о‘tkazilgan ekspeditsiyalar diqqatga sazovordir. Ekspeditsiyalar natijasida yangi, ayniqsa chet eldan keltirilgan dorivor о‘simliklar о‘rnini bosadigan juda kо‘p dorivor о‘simliklar topildi. Shy bilan birga qator dorivor о‘simliklarning kо‘p о‘sadigan joylari, ularning zahiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib ketayotgan muhim dorivor о‘simliklarni ma’lum miqdorda tayyorlash va ularni saqlab qolish tadbirlari ishlab chiqildi.
Yangidan ekilishi kerak bо‘lgan dorivor о‘simliklar agrotexnikasi VILR hamda uning tajriba stansiyalarida, qisman fanlar akademiyasi (FA), universitetlar va oliy о‘quv yurtlarining botanika bog‘larida ishlab chiqilmoqda. Bu sohada VILR va uning tajriba stansiyalarini xizmati katta bо‘lib, ularda chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor о‘simliklarni Yevropa iqlimida о‘stirishning agrotexnika qoidalari ishlab chiqilgan.
Mamlakatimizning turli hududlarida (zonalarida) joylashgan xо‘jaliklarida quyidagi dorivor о‘simliklar о‘stirilmoqda: xin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon, dixroa, katta kella, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, tо‘q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, pushti katarantus (bо‘rigul), yumaloq bargli stefaniya, evkalipt turlari, bо‘lakli ituzum va boshqalar.
Sug‘oriladigan maydonlarda о‘stiriladigan dorivor о‘simliklar yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklardan katta farq qiladi, ya’ni о‘stiriladigan dorivor о‘simlik mahsulotida begona о‘simliklar aralashmasi bо‘lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida о‘stirilgan dorivor о‘simliklar serhosil va biologik faol moddalarga boy bо‘ladi.
Yuqorida aytib о‘tilgan sabablarga kо‘ra, ba’zi bir dorivor о‘simliklarni о‘stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklar mahsulotini yig‘ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling