1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Dorivor о‘simliklar ekiladigan yerlarni tayyolash


Download 1.16 Mb.
bet23/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Dorivor о‘simliklar ekiladigan yerlarni tayyolash. Yer haydash usullari: dorivor о‘simliklar ekiladigan yerni sifatli haydashda haydash usulining ham roli katta. Yer asosan, ikki usulda, ya’ni aylanma (shaklli) va taxta (zagon)larga bо‘lib haydaladi. Aylanma shaklli haydash uchastkaning о‘rtasi yoki chekkasidan boshlanadi.. Bu usulda yer sifatli haydalmaydi, chunki haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bо‘lmaydi, ya’ni uchastkaning о‘rtasida chuqur, burilish joylarda sayoz bо‘ladi, hatto ayrim joylar haydalmay qoladi. Shuning uchun dehqonchilikda aylanma, ya’ni shaklli haydash usulini qо‘llash ta’qiqlangan. Dala tо‘g‘ri taxtalarga (zagonlarga) bо‘lib haydalganda sifatli bо‘ladi. Shuning uchun yerni haydashdan oldin dala taxtalarga bо‘lib chiqiladi.
Yer haydash muddati. Yer qancha barvaqt shudgorlansa unda nam shuncha kо‘p tо‘planadi hamda yerning fizik xossalari yaxshilanib, ekinlardan yuqori hosil olinadi. Yer haydash muddati ekiladigan ekinga ham bog‘liq. Bahorgi yoki kuzgi ekinlar ekilgan yerga takroriy ekin ekilishi lozim bо‘lsa, о‘rim tamomlanishi bilanoq tezda ang‘izni haydash kerak. Mexanik tarkibi yengil tuproqli yerlar og‘ir tuproqli yerlarga nisbatan ertaroq yetiladi. Shuning uchun bahorda yerlarni oralab haydash kerak. Tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 50-60 foiz bо‘lgan vaqt yer haydaladigan eng qulay muddat hisoblanadi.
Yer haydash chuqurligi. Yerni haydash chuqurligi oddiy chizg‘ich yoki maxsus egat о‘lchagich bilan о‘lchanadi. Haydash chuqurligi, yerni haydash vaqtida yoki haydalgandan keyin ham aniqlanadi. Yerni haydash vaqtida haydash chuqurligini aniqlash uchun egat о‘lchagichdan foydalaniladi. Egat о‘lchagich ikkita taxtacha (reyka)dan iborat bо‘lib, ular bir-biriga halqa yordamida siljiydigan qilib biriktirilgan. Haydash chuqurligi egatning kamida 15-20 joyidan о‘lchanib, ular jamlanadi va natija о‘lchashlar soniga bо‘linib о‘rtacha chuqurlik topiladi. Dorivor о‘simliklar ekiladigan yerlarni tuproq xossalarini hisobga olgan holda 28-30 sm chuqurlikda haydaladi.
Yerga mola bostirish. Dehqonchilikda yerni yumshatish bilan bir qatorda zichlashga, ya’ni mola bostirishga zarurat tug‘iladi, chunki yumshoq tuproqda havo almashinishi jadallashib, namlikni bug‘lanishi tezlashadi. Tuproq ma’lum darajada zichlashtirilganda, yumshoq tuproqqa nisbatan urug‘larni unib chiqishi tezlashadi. О‘simliklarning ildizi normal о‘sadi va oziq elementlardan kо‘proq foydalanadi.
Yerni tekislash: dorivor о‘simliklar ekiladigan yerlarni tekislashning ahamiyati katta, chunki notekis yerda nam tekis yerga nisbatan tez bug‘lanadi. Tekis yerda ekinlar sifatli parvarish qilinadi va tо‘la yig‘ishtirib olinadi, sug‘orish vaqtida suvchi va texnikaning ish unumi bir necha foiz ortiq bо‘ladi.
Urug‘ni ekish chuqurligi. Dorivor о‘simliklarning biologik xususiyatlari turlicha bо‘lib, urug‘larini katta-kichikligi bilan ham farqlanadi. Urug‘larning optimal ekish chuqurligini aniqlash bо‘yicha qilingan tajribalardan urug‘larni katta-kichikligiga qarab turli xil chuqurlikda ekish tavsiya qilinadi. Urug‘lar asosan kech kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Mayda urug‘lar 0,5-1 sm chuqurligida ekiladi, kattaroq urug‘lar esa 2-5 sm chuqurlikkacha ekiladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling