1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet31/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Nazorat uchun savollar

  1. Dorivor о‘simliklar xom ashyosini qanday yig‘ishtiriladi?

  2. Dorivor о‘simliklar xom ashyosi qaysi vaqtlarda yig‘ib olinadi?

  3. Yer ustki organlar qanday vaqtlarda yig‘iladi?

  4. Yer ostki organlar qanday tayyorlanadi?

  5. Meva va urug‘lar terish va tayyorlash.

  6. Dorivor о‘simliklar xom ashyosini quritish usullari qanday?

  7. Tayyor dorivor mahsulotlarni idishlarga joylashtirish.

  8. Dorivor mahsulotlarni saqlash usullari.

7-mavzu. DORIVOR O‘SIMLIKLARNING TABOBATDA VA XALQ
XO‘JALIGIDA QO‘LLANILISHI


Reja:
1. Halq tabobatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati.
2. Ilmiy tibbiyotda foydalaniladigan dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati.
3. Dorivor mahsulotlardan damlama va qaynatma tayyorlash.
4. Dorivor o‘simliklarning ta’sir etishi va ishlatilishi bo‘yicha guruhlari.


Asosiy tushunchalar: xalq tabobati, ilmiy tibbiyot, damlama, qaynatma, zaharli dorivor о‘simlik, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, dorivor yig‘ma, dorivor choy, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot.


Halq tabobatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati. Dorivor о‘simliklar qadimdan insoniyat tomonidan turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Ularni turlari juda kо‘p bо‘lib yer yuzining hamma hududida (regionida) ishlatiladiganlaridan tashqari har bir hududning о‘ziga xos dorivor о‘simligi ham bо‘ladi. Ammo, xalq tabobatida va an’anaviy (traditsion) tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklarning hammasi hali ilmiy tibbiyotda о‘z о‘rnini egallagani yо‘q. Lekin ularning ba’zi birlari shu vaqtgacha davosi topilmagan kasalliklarga shifo bо‘lishi ham mumkin.
Ma’lumki, xalq tabobatida qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha kо‘p. Masalan, О‘zbekiston xalq tabobatida 500 dan ortiq о‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin shulardan 100 dan ortig‘igina ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Agarda xalq tabobatida kо‘llaniladigan о‘simliklar har taraflama va chuqur о‘rganilsa, ular ichidan shifobaxsh xususiyatga ega bо‘lganlarini topilishi aniq.
Odamlar kо‘pincha dorivor о‘simliklarni yig‘ib, undan uy sharoitida о‘zlari dori tayyorlab oladilar. Bu notо‘g‘ri, chunki о‘simlikning qandayligini bilmay turib tayyorlangan dori yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tabiatda tashqi kо‘rinishidan dorivor о‘simliklarga о‘xshagan zaharli о‘simliklar ham uchraydi. Shuning uchun dorivor о‘simliklarni yig‘ishdan avval ularning botanik alomatlarini, yig‘ib olinadigan muddatini bilish kerak bо‘ladi. Dorivor moddalar о‘simliklarning ba’zilarida kurtagida, bargida yoki poyasida, ba’zi о‘simliklarning guli yoki mevasida, ba’zilarining esa ildizi yoki pо‘stlog‘ida tо‘planishi mumkin.
Yuqorida aytilgandek, kо‘pchilik dorivor о‘simliklar tarkibida kuchli ta’sir kо‘rsatuvchi zaharli moddalar bо‘ladi. Bunday dorivor о‘simliklardan tayyorlangan dorilarda zaharli moddalar dozasi bir oz ortiqroq bо‘lsa ham kuchli zaharlaydi yoki turli kasalliklarga yо‘liqtiradi. Adonis, angishvonagul, bangidevona, belladona, itsigak, isiriq, kuchala, kо‘knori, maralquloq, mingbosh, mingdevona, omonqora, qirqbо‘g‘in, qonchо‘p va boshqa shunday zaharli dorivor о‘simliklar jumlasidandir. Shuning uchun ularni ishlatishda belgilangan dozalarga qat’iy amal qilish kerak.
Hozirgi kunda ilmiy tibbiyotda qо‘llanilayotgan kо‘pchilik dorivor о‘simliklar aslida xalq tabobatidan olingan. Shuning uchun xalq tabobatining dorivor о‘simliklari yangi, samarador fitopreparatlar yaratish maqsadida ilmiy-tekshirish ishlari olib borishda bitmas-tuganmas manbadir.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling