1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш
Yel haydovchi yig‘ma tarkibi
Download 1.16 Mb.
|
2 5328174902287537448
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kо‘krak yig‘masi tarkibi
- Tomoqni chayish uchun yig‘ma tarkibi: Jо‘ka guli — 40 g Moychechak guli — 60 g О‘t haydovchi yig‘ma tarkibi
- Tinchlantiruvchi yig‘ma tarkibi
- Terlatuvchi yig‘ma tarkibi
- Bavosilga qarshi choy tarkibi
Quyida dorivor о‘simliklardan uy sharoitida dori tayyorlash tartib qoidalari haqida tо‘xtalib о‘tishni lozim topdik. Bunda Davlat farmakopeyasida qabul qilingan va hamma dorixonalarda qо‘llaniladigan dori tayyorlash usullari haqida gap boradi. Uy sharoitida dorilar faqat zaharli bо‘lmagan dorivor о‘simliklardan tayyorlanadi. Biz buni boshqa о‘rinlarda ham aytib о‘tdik. Odatda, dorivor о‘simliklarning yupqa va nozik qismlaridan — bargi, yer ustki qismi, guli va ba’zi meva hamda urug‘laridan damlama tayyorlanadi. Yer ostki organlari - pо‘stlog‘i, mevasi, urug‘i va ba’zi qalin barglaridan qaynatma tayyorlanadi. Zaharli bо‘lmagan dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatma 1:10 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni og‘irligi 10 qism mahsulotdan dokada siqib suzib olingandan sо‘ng hajmi 100 qism damlama yoki qaynatma olinishi kerak. Agar uy sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlaydigan bо‘lsangiz, ular quyidagicha tayyorlanadi. Maydalangan о‘simlikni sirli kastryulkaga solib, ustidan suv quyiladi. 100 ml damlama olish uchun 10 g maydalangan dorivor о‘simlik mahsuloti va 100 ml hisobida suv solinadi. Kastryulkaning qopqog‘ini yopib, kichikroq tog‘oradagi qaynab turgan suvga qо‘yib, 15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatish vaqtida mahsulot tez-tez chayqatib turiladi. Keyin damlama uy haroratida 1 soat davomida sovutiladi. Doka yoki ip-gazlama о‘ralgan paxta qatlamidan suzib о‘tkazib, unga retseptda kо‘rsatilgan hajmgacha qaynatilgan suv quyiladi. (Masalan, 1:10 nisbatda olingan yig‘madan 100 ml damlama olinishi kerak: agar damlama 90 g bо‘lib qolgan bо‘lsa, u holda yana 10 ml suv qо‘shish kerak). Qaynatma ham damlama kabi tayyorlanadi, farqi shundaki, о‘simlik mahsulotiga qaynab turgan suv quyilib, suvli idishga quyib yoki past olovda 20-30 daqiqa qaynatiladi va sovugandan sо‘ng suzib olinadi. Suv hammomi о‘rnida suv quyib qaynatilgan har qanday idishdan foydalanish mumkin. Damlama yoki qaynatma odatda kо‘rsatilgan miqdorda sovuq yoki iliq holida ichiladi. Damlama va qaynatma odatda tez buzilib qoladi. Shuni uchun ularni har kuni tayyorlab yoki salqin qorong‘u joyda saqlab 3 kungacha ishlatish mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling