1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш
Ilmiy tibbiyotda foydalaniladigan dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati
Download 1.16 Mb.
|
2 5328174902287537448
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab
Ilmiy tibbiyotda foydalaniladigan dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati. Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor о‘simliklarning aksariyati asrlar davomida xalq ishlatib kelgan о‘simliklardan olingan. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklardan kо‘proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyо‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqiо‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor pо‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am kо‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni tо‘xtatuvchi, pista bujg‘uni va choyо‘tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor о‘simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan:
1. Ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab - alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar. Bu guruh vakillari tо‘g‘risida kimyoviy tasnif mavzusida aytib о‘tildi. 2. Farmokologik kо‘rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qо‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor о‘simliklar. Toshkentdagi kimyo-farmatsevtika zavodlarida О‘zbekistonda о‘sadigan va ekib о‘stiriladigan dorivor о‘simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qо‘llaniladigan psoralen, yapon soforasi g‘unchasidan vitamin A dek ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi, kendordan strofantin, simarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi. Bemorlarni davolashda qadimdan ishlatib kelinadigan an’anaviy dori turlaridan (qaynatma, nastoyka, ekstrakt, damlamadan) tashqari dorivor о‘simliklardan fitopreparatlar ham olinadi. Dorivor о‘simliklardan fitopreparatlar olish uchun oldin ularning kimyoviy tarkibi chuqur о‘rganilishi lozim. Buning uchun о‘simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi moddasi aniqlanadi, uni ajratib olib, tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari hamda farmakologik xususiyati о‘rganiladi. Asosiy ta’sir etuvchi modda о‘simlikning о‘sishining qaysi davrida va qaysi qismida kо‘p tо‘planishi aniqlanadi, ajratib olish va birga uchraydigan moddalardan tozalash hamda sifat va miqdoriy aniqlash usullari ishlab chiqiladi. О‘simlik о‘sish davrida uni tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddaning miqdoriy о‘zgarishi va bu о‘zgarishga sababchi omillar о‘rganilib, mahsulotni tayyorlash vaqti aniqlanadi. Keyinchalik о‘simlikdan olingan fitopreparatning farmakologik ta’siri о‘rganilib, klinika (shifoxona) sharoitida tekshirilib kо‘rilgandan sо‘ng tibbiyot sohasida ishlatishga tavsiya qilinadi. Dorivor о‘simliklarning bunday о‘rganish albatta tibbiyotda ishlatish uchun fitopreparat yaratish bilan yakunlanishi kerak. Biz dori-darmonlardan foydalanayotganimizda, kо‘pincha ularni shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlanayotganini xayolimizga ham keltirmaymiz. Masalan: kardiovalen — yurak kasalliklarini davolashda qо‘llaniladigan sifatli dorilardan bо‘lib, u dо‘lana, asarun (valeriana), sariqgul (adonis) va boshqa bir qancha о‘simlik turlaridan tayyorlanadigan murakkab birikmadir. Hozirgi vaqtda tibbiyotda ishlatiladigan 900 dan ortiqroq xil dori-darmonlarning uchdan bir qismi dorivor о‘simliklarning mahsuli hisoblanadi. Yurak kasalliklarini davolashda foydalaniladigan dorilarning 77% i, jigar va oshqozon-ichak yо‘llarida uchraydigan kasalliklarni davolaydigan dorilarning 74% i, bachadon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan dorilarning 80% i shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangandir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling