1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 1.16 Mb.
|
2 5328174902287537448
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. Dorivor о‘simliklar fani ham barcha sohalarda bо‘lganidek, boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, о‘zi mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. О‘z navbatida dorivor о‘simliklar fani ham о‘simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о‘simliklar fiziologiyasi, о‘simliklar biokimyosi, о‘simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlarga erisha oladi.
Dorivor о‘simliklar fanining biologiya yо‘nalishi talabalariga о‘qitiladigan barcha fanlar bilan bog‘liqligi katta. Dorivor о‘simliklarni bilish va yaxshi о‘rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur о‘zlashtirishning ahamiyati katta. Biologiya yо‘nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida о‘tiladigan botanika (о‘simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, о‘simliklar sistematikasi), kimyo (ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili) dorivor о‘simliklar fanini о‘qitishga asos bо‘lsa, dorivor о‘simliklar fanining о‘zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va ulardan olinadigan dorivor mahsulot, dorivor mahsulotlardan xalq tabobatida foydalanish usullari, dorivor о‘simliklardan ilmiy tibbiyotda olinadigan dori vositalari, dorivor о‘simliklarni sug‘oriladigan yerlarda о‘stirish texnologiyasi tо‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Talabalar botanika fani orqali dorivor turlarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini о‘rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan dorivor о‘simliklarning kimyoviy tarkibi va kimyoviy tasnifini о‘rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini о‘qish jarayonida dorivor о‘simliklarni ekologiyasi, dorivor о‘simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofazaga muhtoj dorivor turlar haqida о‘rganadilar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini о‘zlashtirish orqali dunyo florasiga oid dorivor turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet tilini mukammal о‘rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga mansub bо‘lgan qimmatbaho dorivor turlar haqidagi ilmiy manbalarni va ma’lumotlarni о‘zlari mustaqil holda chet tilida batafsil о‘qib о‘rgana oladilar va h. Ma’lumki har bir fanning о‘ziga xos metodlari — uslublari mavjud. Dorivor о‘simliklar fani esa nomlari yuqorida kо‘rsatilgan barcha fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling