1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Dorivor o‘simliklarni o‘rganish istiqbollari


Download 1.16 Mb.
bet6/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Dorivor o‘simliklarni o‘rganish istiqbollari. Respublikamiz florasida uchraydigan dorivor о‘simliklarni о‘rganish, turlarini aniqlash, tarqalish hududlarini belgilash, qimmatbaho xom ashyo manbai hisoblangan turlari hosildorligini hisobga olish hamda ulardan foydalanish tо‘liq yо‘lga qо‘yilmagan. Dorivor о‘simliklarning bioekologik xususiyatlari va tarqalish qonuniyatlarini talqin etish, turlarni invertarizatsiya qilish, keng tarqalgan, qimmatbaho xom ashyo manbai hisoblangan turlarni belgilash, zahiralarini kо‘rsatish, ulardan genofondlarga zarar keltirmasdan, unumli, oqilona foydalanish yо‘llarini ishlab chiqarishga tadbiq etish dolzarb yechimlardan eng muhimidir.
Antropogen omillar о‘simliklar ekosistemasini shakllanishiga hamda rivojlanish dinamikasiga ta’sir etish omillari deb kо‘rsatiladi. Bunga chorva mollarining sonini ortib borishi, maydonlarda boqilishi, tog‘ yonbag‘irliklarini turli maqsadlar uchun о‘zlashtirilishi, bog‘u rog‘larni hamda qishloq xо‘jalik tarmoqlari uchun zarur bо‘lgan о‘simliklarni kо‘paytirishi, о‘stirish, daraxt va butalarni qirqib о‘tin va qurilish materiallari о‘rnida ishlatish hamda eski yо‘llarni tiklash, kengaytirish, yangi yо‘llarni barpo etish, dorivor, oziq-ovqat, texnik о‘simliklarni nazoratsiz, tartibsiz tayyorlash salbiy ta’sirlarini kо‘rsatmoqda.
Noyob va yо‘qolib boradigan о‘simliklar turlarini saqlab qolish hamda kо‘paytirish muammolari qiyinlashmoqda. Ularni u yoki bu hududlarda tarqalishini aniqlash, populyatsiya holatini о‘rganish, turlarni yо‘qolib borishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olishni о‘z vaqtida tadbir choralari kо‘rilmasa, muammolarni yanada chuqurlashib borishi turgan gap.
Dorivor о‘simliklarning tibbiyotda va halq tabobatida ishlatilishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tо‘plash, tahlil etib tartibga solish, yangidan yangi biologik faol moddalarni kashf etish, ta’sir quvvati kuchli bо‘lgan, inson organizmiga salbiy ta’sir kо‘rsatmaydigan dori-darmonlar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish hamda ulardan foydalanish zamon talabidir.
Xо‘jalik faoliyatlarini aktivlashtirish va rivojlantirish uchun tabiiy о‘simlik zahiralaridan foydalanishni tо‘g‘ri tashkil etish fanimiz oldidagi eng dolzarb muammolardan bо‘lib, dorivor о‘simliklarni kompleks har taraflama talqin etish, maqsadga muvofiq ishlatish, mavjud bо‘lgan kо‘p qirrali ekosistemani saqlab qolish, tabiiy genofondlarni asrash hamda о‘simliklar zahiralarini qayta tiklanishini tadbir choralarini kо‘rish kechiktirib bо‘lmaydigan vazifalardan biridir.
Dorivor о‘simliklarni qidirib topish va о‘rganish ishi hozir ham keng kо‘lamda olib borilmoqda. Yangi dorivor о‘simliklarni topishda xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarni о‘rganish, о‘simliklarni filogenetik qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma’lum tuman florasini yalpi kimyoviy analiz qilish katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda dorixonalar bosh boshqarmasi tomonidan “Shifobaxsh giyohxonalar” ochib berilishining о‘zi dorivor о‘simliklarga bо‘lgan e’tibor va katta talablardan dalolat beradi.
Mavjud giyohxonalarda shifobaxsh giyohlarning poyasi, bargi, ildizi, guli, g‘unchasi, donasi, mevasi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, anbar moylarini kо‘rishimiz mumkin.
Hozirgi kunda tabiiy holda о‘sayotgan dorivor о‘simliklarni zahiralari insonlar ta’sirida kamayib bormoqda. Buning о‘rnini tо‘ldirish va xalqimiz ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor о‘simliklar turlarini kо‘paytirish va ularni О‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘oriladigan mintaqalarda ekib о‘stirish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
О‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ham 300 dan ortiq dorivor о‘simlik turlarining о‘sishi aniqlangan. Qashqadaryo viloyatining chо‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida 1284 о‘simlik turi tarqalganligi aniqlanib, bularning kо‘p qismi qimmatbaho shifobaxshlik xususiyatiga ega. Lekin hozirga qadar viloyatda uchraydigan dorivor о‘simliklarning biologiyasi, ekologiyasi va tabiiy zahirasi tо‘laligicha о‘rganib chiqilmagan. Shu sababli viloyat hududida uchraydigan dorivor shifobaxsh о‘simliklarning biologiyasi va ekologiyasini har tomonlama о‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Introduksiya istiqbollari. Hozirgi kunda О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i “Dorivor о‘simliklar introduksiyasi” laboratoriyasining 300 turga yaqin dorivor о‘simliklarni mujassamlashtirgan tajriba maydoni (kolleksiya) mavjud.
Dorivor о‘simliklar kolleksiyasida Sirkumboreal, О‘rta yer dengizi, Uzoq Sharq, Eron-Turon va boshqa floristik oblastlarga mansub dorivor introdusent о‘simliklar alohida maydonlarda о‘stirilmoqda.
Laboratoriya xodimlarining ilmiy izlanishlari natijasida respublikaning turli hududlarida (Namangan viloyati – “Ibn Sino” va Qashqadaryo viloyati – “Qо‘shtol” dorivor о‘simliklar yetishtirish uchun ixtisoslashgan xо‘jaliklar, Toshkent viloyati – “Dorivor о‘simliklar” MCHJ xо‘jaligi va “Zamona-Rano” xususiy korxonasi, Navoiy viloyati – “Jabbor” xususiy korxonasi, Buxoro viloyati – “Muhammad al-Alizoda” xususiy korxonasi) dorivor о‘simliklarni о‘stirish va yetishtirish bо‘yicha katta kо‘lamda (235 ga) maydonlar tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, mahalliy dorivor о‘simlikshunoslik katta tarixga ega. Demak, chet el florasiga mansub va mahalliy florada uchraydigan kamyob hisoblangan yoki yо‘qolib ketayotgan dorivor о‘simliklar turlari introduksiya qilinib, ilmiy jihatdan о‘rganilishida kо‘pgina olimlar hissa qо‘shdilar va hozirgi vaqtda bu sohadagi ilmiy izlanishlar davom etmoqda.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling