1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Dorivor o‘simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish


Download 1.16 Mb.
bet5/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Dorivor o‘simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish. Ma’lumki hozirgi vaqtda tibbiyotda qо‘llaniladigan dori-darmon vositalarining 60 % dan kо‘proq qismi dorivor о‘simliklardan tayyorlanadi. Dorivor о‘simliklarni о‘rganish hamma vaqt ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga molik bо‘lib, ikki yо‘nalishda amalga oshiriladi.

  1. Mahalliy floraga mansub bо‘lgan dorivor о‘simliklarni asrash, ularni tabiiy tarqalish areallari va xom ashyo zahiralarini aniqlash, yо‘qolib ketayotgan turlarni о‘stirish va kо‘paytirish.

  2. Chet el florasiga mansub bо‘lgan dorivor о‘simliklarni respublikamiz sharoitida inroduksiya qilish, iqlimlashtirish va introduksiya sharoitida ularni о‘stirish, kо‘paytirish va yetishtirish usullarini ishlab chiqish.

Introduksiya va iqlimlashtirish ishlari asosan ikkinchi yо‘nalish asosida olib borilgan bо‘lib, bu sohada respublikamizda kо‘pgina ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.
О‘zbekistonda о‘zga о‘lkalar florasiga mansub bо‘lgan dorivor о‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish va kо‘paytirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish bir asrdan ziyod tarixga ega.
О‘simliklar introduksiyasi sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarning natijasi hozirgi kunda, dorivor о‘simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi ilmiy yо‘nalishidagi muhim muammolarni hal etishda poydevor bо‘lib xizmat qildi.
Dastlab, О‘rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi О‘zbekiston Milliy Universiteti) Botanika bog‘i olimlari tomonidan mahalliy va chet el florasiga mansub dorivor о‘simliklar introduksiya sharoitida о‘stirilib, mazkur dorivor о‘simliklarning pitomnigi yaratilganligi ahamiyatga molik ish bо‘ldi.
Dorivor va efir-moyli о‘simliklarning 24 turi geografik jihatdan ekib sinashdan о‘tkazildi. Bu ilmiy tadqiqot ishlari S.N.Kudryashov tomonidan О‘rta Osiyo Davlat universitetining Botanika bog‘ida, Toshkent atrofida, Bо‘zbozorda, Janubiy-G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ oldi adirliklarida, Xо‘jandda va Chimyon tog‘liklarida 1930-1934 yillar mobaynida olib borildi. Ekiladigan urug‘lar va kо‘chatlar Nikitin Botanika bog‘idan (Yalta) va Butunittifoq dorivor о‘simliklar ilmgohi (Moskva, VILAR) dan olindi. Bu ilmiy jarayonda dorivor о‘simliklarning turli geografik sharoitlarda о‘sishi, rivojlanishi, biologiyasi va biologik faol moddalarning о‘rganilishi xususida dolzarb kuzatishlar bajarildi.
Keyinchalik, О‘zbekistonda dorivor о‘simliklarning introduksiyasi va ularning iqlimlashtirilishi bо‘yicha kompleks ravishda ilmiy tadqiqotlar О‘zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘ida amalga oshirildi.
A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixо‘jayeva (1980) lar Sharqiy Osiyo floristik oblastiga mansub bо‘lgan 25 tur о‘simlikning introduksiyasini о‘rgandilar. Bulardan kо‘plari xalq tabobatida dorivorligi bilan qadimdan foydalanilgan.
I.V.Belolipov tomonidan 1965-1986 yillarda kо‘pgina о‘simliklar, asosan Rhus L. turkumi, Chenopodiaceae Vent., Lamiaceae L. (oilaning О‘rta Osiyo florasida uchraydigan 12 ta yovvoyi turi) oilasiga mansub bо‘lgan о‘simliklarning Toshkent sharoitiga introduksiyasi о‘rganilib, ularning eko-introduksion о‘rganish usullarining nazariy asoslari ishlandi. Bu tadqiqotlardan sо‘ng 500 dan ortiq dorivor о‘simliklar turlaridan iborat kolleksiya Toshkent sharoitida tashkil qilindi va ularning ayrimlarini madaniy holda о‘stirishni agrotexnologik parametrlari ishlab chiqildi.
Jumladan, Y.M.Murdaxayev tomonidan 1965-1990 yillarda Nymphalaceae Dc., Nelumbonaceae Salisb. oilasiga mansub Trapa L., Menthaea L. turkumiga va Brasenia schreberi J.F.Gmel., Sophora japonica L., Orthosiphon stamineus Benth., Solanum laciniatum Ait., Rhaponticum carthamoides (Willd.) Iljin., Mandragora turcomanica Mizgir., Aerva lanata (L.) Juss. va boshqa о‘simliklar introduksiya qilindi, Sharqiy Osiyo florasiga mansub bо‘lgan dorivor о‘simliklarning mavsumiy rivojlanishi turli sharoitlarda (soyada, yarim soyada va quyoshda) о‘rganildi va 35 turdan ortiq dorivor о‘simliklar maxsus xо‘jaliklarda sinashdan о‘tkazildi. Murdaxayev kо‘p yillik izlanishlari va olib borgan tadqiqotlari natijasida kо‘plab ilmiy asarlar yaratdi. Masalan, 1990 yilda “О‘zbekistonda vatan topgan о‘simliklar”, 1992 yilda “Introduksiya lekarstvennix rasteniy v Uzbekistan”, 2001 yilda “Vostochniy bazar: lekarstva i pryanosti” asarlari shular jumlasidandir.
T.S.Safarov (1982-1988) о‘zining ilmiy ishlarida Janubiy-G‘arbiy Tyan-Shan о‘rta tog‘ qismlarida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va buta о‘simliklarning introduksiyasi bilan shug‘ullanadi.
N.A.Toshmatova va YE.YE.Girshevichlar (1975-1986) – Hyssopus L., Lavandula L. introduksiyasi va T.T.Tursunovlar (1987-1989) – esa Sophora korolkovii Koehne. turlarining introduksiya sharoitida о‘sishi va rivojlanishidagi о‘zgarish jarayonlarini ilmiy jihatdan qayd etdilar.
K.X.Xо‘jayev О‘zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘ida Salvia officinalis va Salvia sclarea turlarini о‘rganadi.
Samir Sayed El-Ganayni 1995 yilda Toshkent sharoitida ortosifon (Buyrak choyi-Orthosiphon stamineus) ning biologiyasini о‘rganadi.
Shuningdek B.YO.Tо‘xtayev (1991-2006) tomonidan 111 tur dorivor о‘simliklar о‘rtacha (Buxoro vohasi) va kuchli (Mirzachо‘l) shо‘rlangan tuproqlarida introduksiya qilindi. Introduksiya qilingan dorivor о‘simliklarning 68 turida urug‘ unuvchanligi va kо‘kat kо‘karuvchanligi kuzatilib, ularning 47 turi shо‘rlangan tuproqlarda chidamli dorivor introdusent о‘simliklar sifatida tanlandi. SHо‘r tuproqlarda introduksiya qilingan dorivor о‘simliklarning chidamlilik darajasini baholash bо‘yicha introduksion shkala ishlandi. Shkalaga asosan о‘ta chidamli dorivor о‘simliklar sifatida tanlangan turlar orasida ildizpoyali, tez kо‘payadigan va freotofit о‘simliklar – silliq shirinmiya, qalampir yalpiz, bо‘yoqdor rо‘yan, dorivor galeganing shо‘r tuproqlarda bio-ekologik xususiyatlari va shо‘r tuproqlarni о‘zlashish jarayonida о‘zlashtiruvchanlik (meliorativ) roli о‘rganildi.
E.E.Abdunazarov Toshkent vohasi sharoitida dorivor valeriana - Valeriana officinalis L. ning introduksiyasi, ontogenezi, gullash biologiyasi, suv rejimi, fitokimyoviy tarkibi va ko'paytirish usullarini o'rganish bo'yicha ilmiy tajribalar olib bordi va 2010 yilda ilmiy tadqiqotlarini himoya qildi.
F.M.Dusmuratova dorivor belladonna - Atropa belladonna L. ning bioekologik xususiyatlarini о‘rganish ustida О‘zR FA “Botanika” IICHM (hozirgi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) akad.F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i sharoitida 2004-2007 yillarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling