1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet4/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Nazorat uchun savollar:

  1. Dorivor о‘simliklar fani nimani о‘rganadi?

  2. Dorivor о‘simliklar fanining maqsadi nima?

  3. Dorivor о‘simliklar deb qanday о‘simliklar aytiladi?

  4. Biologik faol moddalar deb nimaga aytiladi?

  5. Dorivor mahsulot deganda nimani tushunasiz?

  6. Dorivor о‘simliklar fani qaysi fanlar bilan bog‘liq?

  7. Dorivor о‘simliklarni о‘rganilish tarixi.

  8. О‘rta Osiyoda dorivor о‘simliklarni о‘rganilishi.

  9. Yevropa mamlakatlarida dorivor о‘simliklarni о‘rganilishi.

2-mavzu. DORIVOR O‘SIMLIKLARNI O‘RGANISHNING HOZIRGI
KUNDAGI HOLATI, IQLIMLASHTIRISH VA
MADANIYLASHTIRISH MASALALARI

1. O’zbekistonda dorivor o‘simliklarni o‘rganilishi


2. Dorivor o‘simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish
3. Dorivor o‘simliklarni o‘rganish istiqbollari


Asosiy tushunchalar: iqlimlashtirish, madaniylashtirish, introduksiya, mahalliy flora, chet el florasiga mansub dorivor о‘simliklar, dorivor о‘simliklarni iqlimlashtirish, introduksiya natijasi va istiqbollari.


O’zbekistonda dorivor o‘simliklarni o‘rganilishi. Hozirgi kunda О‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor о‘simliklardan 110 dan ortiq turlari, ya’ni 2,5% tibbiyotda har xil kasalliklarni davolashda keng qо‘llanilmoqda, lekin respublikamiz hududida dori-darmonlik xusuciyatiga ega bо‘lgan о‘simliklarning 1154 dan kо‘proq turlari tarqalganligi tо‘g‘risida (Q.H.Hojimatov va boshqalar, 2004) ma’lumotlar berganlar.
“О‘zbekiston florasi” nomli 6 jildli asarda qayd qilinishicha, О‘zbekistonda yovvoyi, madaniy о‘simliklarning 146 oilaga mansub 4230 ta о‘simlik turi bо‘lib, ularning 577 turi dorivor shifobaxsh о‘simliklar hisoblanadi.
О‘zbekiston florasi dorivor turlarga juda boy. Bunday dorivor turlarni ilmiy asoslab о‘rganish bо‘yicha olimlarimiz kо‘plab ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib bordilar va hozirda ham bu ishlar keng kо‘lamda davom etmoqda.
Mamlakatimizda farmakognoziya fanini о‘qitish va mutaxassislar tayyorlash ishi keng yо‘lga qо‘yildi. Bu sohada A.S.Ginzberg, D.M.Shcherbachev, A.F.Gammerman va boshqa olimlarning xizmati katta bо‘ldi. Professor A.F.Gammerman farmakognoziya fanining asoschilaridan biridir. Uning «Farmakognoziya» darsligi 1978 yilgacha shu fanga oid yagona darslik bо‘lgan va olti marta qayta nashr etildi. 1926 yilda farmakognoziyaning amaliy mashg‘uloti bо‘yicha qо‘llanmani ham shu olim yozgan edi. Bundan tashqari A.F.Gammerman butun, qirqilgan va poroshok (kukun) holidagi о‘simlik mahsulotlarining «Klyuch opredelitel» («Aniqlagich kalit») ni ham tuzdi.
1978 yilda professor D.A.Muravyevaning «Farmakognoziya» darsligi chop etilgandan sо‘ng farmakognoziyaning nazariya qismi shu darslik, amaliy mashg‘ulot qismi esa A.A.Dolgova va YE.Y.Ladiginaning «Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po farmakognozii» (1966) va YE.Y.Ladigina, L. N. Safronich va boshqalarning «Ximicheskiy analiz lekarstvennix rasteniy» (1983) qо‘llanmalari bо‘yicha rus tilida (boshqa tillarda chop etilgan darsliklardan ayrim respublikalarida foydalaniladi) о‘qitila boshlanadi.
Professorlar F.A.Satsiperov, A.F.Gammerman va I.A.Muravyevlar dorivor mahsulotlar sifatini yaxshilash sohasida katta xizmat qilishdi. Ular dorivor mahsulotlar uchun standartlar tuzdilar va tovarshunoslik analizi usullarini ishlab chiqdilar.
О‘zbekiston Respublikasining dorivor о‘simliklarini о‘rganish, ularning zahirasini aniqlash, tayyorlash, о‘stirish va xorijiy mamlakatlardan keltirilgan turlarini ekib kо‘paytirish ishlari bilan Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro tibbiyot va pedagogika, qishloq xо‘jalik va boshqa institutlar, Toshkent, Samarqand va Nukus dorilfununlari hamda respublika Fanlar Akademiyasiga qarashli О‘simlik moddalari kimyosi, Bioorganik, Botanika va boshqa ilmiy tekshirish institutlari hamda Botanika bog‘ining tegishli kafedralari va laboratoriya xodimlari shug‘ullanib kelmoqdalar. Bu borada О‘zbekistonning quyidagi atoqli olimlarining xizmatlari salmoqlidir: S.Y.Yunusov, O.S.Sodiqov, Q.3.Zokirov, X.A.Abduazimov, P.X.Yо‘ldoshev, N.Q.Abdubakirov, R.L.Xazanovich, A.Y.Butkov, I.I.Granitov, I.P.Sukervanik, A.A.Asqarov, I.Q.Komilov, N.S.Kelginbayev, M.B.Sultonov, A.G.Kurmukov, U.B.Zokirov, S.S.Azizova, F.S.Sadriddinov, P.K.Zokirov, S.S.Sahobiddinov, S.A.Hamidxо‘jayev, T.P.Pо‘latova, A.Y.Ibragimov, X.M.Komilov va boshqalar.
G‘arbiy Tyan-Shan hududi florasida uchraydigan dorivor о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha tadqiqotchi olimlardan A.Y.Butkov (1969), R.S.Vernik (1984), G.X.Hamidov (1987), О‘.P.Pratov (1998, 2006), SH.Kamolov (1989), I.I.Malsev (1990), A.M.Maxmedov (1991), T.A.Umarov (1992), N.F. Rusanov (1993), K.Tayjanov (1994), U.Raxmonqulov (1999), Q.Hojimatov (1999), F.Muxamedjanova (2002) va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.
Tadqiqotchi O.Q.Hojimatov G‘arbiy Tyan-Shan florasida uchraydigan dorivor turlarni о‘rganish va tadqiqot etish uchun 1990-2007 yillar davomida muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib bordi va о‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 2008 yilda “G‘arbiy Tyan-Shanning dorivor о‘simliklari (О‘zbekiston Respublikasi hududidagi)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Efir moylari tarkibini о‘rganishda, tarkibida efir moyi bо‘lgan о‘simliklarni qidirib topishda hamda chet mamlakatlardan keltirilgan efir moyli о‘simliklarni о‘stirishda B.N.Rutovskiy, G.V.Pigulevskiy, I.P.Sukervanik, N.G.Kiryalov, E.V.Vulf, V.I.Nilov, S.N.Kudryashov, M.I.Goryayev kabi olimlar va ularning shogirdlarining xizmati katta.
Tarkibida alkaloidlar bо‘lgan о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari akademiklar O.S.Sodiqov va S.Y.Yunusovlar hamda ularning shogirdlari tomonidan keng kо‘lamda olib borilmokda.
1936 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetida O.S.Sodiqov va G.V.Lazuryevskiy О‘zbekistonda yovvoyi holda о‘sadigan alkaloidli о‘simliklarni tekshira boshladilar.
1943 yilda S.Y.Yunusov boshchiligida О‘zbekiston Fanlar akademiyasi kimyo instituti qoshida alkaloidlar laboratoriyasi tashkil etildi. Kо‘p о‘tmay bu laboratoriya mamlakatimizdagi alkaloidlarni о‘rganuvchi eng yirik markazga aylandi. Bu yerda kо‘pgina malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. 1943—1976 yillarda laboratoriya xodimlari tomonidan 160 tur о‘simlik tо‘lik о‘rganildi va ulardan 590 ta alkaloid ajratib olindi. Shulardan 295 tasi о‘simliklardan birinchi marta ajratib olingan yangi alkaloiddir.
1976 yilgacha sobiq Ittifoq bо‘yicha 430 ta alkaloidning kimyoviy tuzilishi aniklangan bо‘lsa, shundan 245 tasining tuzilishi S.Y.Yunusov rahbarligidagi laboratoriya xodimlari tomonidan tasdiqlangan. Hozir ham bu laboratoriyada ilmiy tadqikot ishlari qizg‘in davom etmokda.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling