1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet33/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Dorivor mahsulotlardan damlama va qaynatma tayyorlash. Dorivor yig‘malar qadimgi dori turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor о‘simliklarni ishlatishning eng oddiy shakli bо‘lgan dori turidir.
Dorivor yig‘malar va choylar ma’lum bir kasallikni davolashga mо‘ljallangan bir nechta dorivor о‘simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig‘malar va choylar qat’iy dozalanmagan (dozalarga - iste’mol qilinadigan miqdorlarga bо‘linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bо‘lgani uchun, ularni odatda zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi о‘simliklardan tayyorlanmaydi. Taxminiy dozalash ham yig‘ma yoki choydan dori turi tayyorlovchi shaxs (bemorning о‘zi yoki unga dori tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, bir osh qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan suvda damlanadi va hokazo.
Yig‘ma va choylar ishlatilishiga qarab quyidagicha bо‘lishi mumkin:

  1. Og‘rigan yerga qizdirib (yoki qaynatib) bosiladigan (yoki bog‘lanadigan) yig‘ma va choylar.

  2. Vanna qilish uchun yig‘ma va choylar.

  3. Damlama va qaynatmalar tayyorlash (iste’mol qilish) uchun yig‘ma va choylar.

  4. Chekish uchun yig‘ma va choylar va boshqalar.

Bu yig‘ma va choylar bir-biridan tarkibi hamda tayyorlash texnologiyasi (usullari) bо‘yicha farq qiladi.
Dorivor yig‘malar va choylar qadimdan dorixonalarda tayyorlanib kelingan. Lekin dorixonalar sharoitida kо‘p miqdorda dorivor о‘simliklar mahsulotini maydalash, aralashtirish qiyinligini hisobga olib, hozirgi vaqtda ularni farmatsevtika sanoatining korxonalarida tayyorlanadi. Ular quyidagicha tayyorlanadi:
yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan dorivor о‘simliklar mahsuloti (jо‘ka, sigirquyruq va moychechak gullari, ba’zi mevalar va urug‘lardan tashqari) ayrim-ayrim holda maydalaniladi, maxsus elakda elanadi va retseptda kо‘rsatilgan miqdorda olib, to bir xil aralashma hosil bо‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. О‘simlik poroshogi (changi) teshigining diametri 0,2 mm li qil elakda elab tashlanadi va qadoqlab idishlarga (karton qutichalarga) joylashtiriladi. Karton qutichalar ustiga yig‘malar — choylar nomi, tarkibi, ishlatilishi, tayyorlash texnologiyasi va boshqa ma’lumotlar yozilgan yorliq yopishtiriladi. Shu ahvolda tayyor bо‘lgan dorivor yig‘malar va choylar dorixonalarga sotish va laboratoriyalarga analiz qilish uchun yuboriladi.
Dorivor yig‘malar va choylarning analizi, ular tarkibidagi dorivor о‘simlik mahsulotlarining chinligini va miqdorini aniqlash, ularni о‘zaro nisbati tо‘g‘ri ekanligi hamda yot aralashmalar yо‘qligini isbotlashdan iboratdir.
Analiz qilish uchun yig‘ma va choylardan ularni og‘ir-yengilligini hisobga olgan holda namuna (0,5—10 g) tarozida aniq tortib olinadi, qalin oq qog‘oz varag‘iga tо‘kib, uni karton kurakcha yoki chо‘tkacha yordamida tarkibiy qismga ajratiladi. Ayni vaqtda aralashmalar bо‘lsa, ular ham ajratilib, keyin tarozida tortiladi, sо‘ngra yig‘maning tarkibiy qismini tо‘g‘ri yoki tо‘g‘ri emasligi haqida tegishli xulosa chiqariladi.
Kо‘pchilik yig‘malar - choylar tarkibiga kiradigan mahsulotlar bо‘lakchalari osonlik bilan aniqlanadi, ayniqsa ular yirik yoki butun – maydalanmagan holda bо‘lsa. Mayda, aniqlanishi qiyin bо‘lgan mahsulotlarni analiz qilishda lupa va mikroskoplardan foydalaniladi.
Dorivor yig‘ma va choylardan uy sharoitida iste’mol qilish uchun vrachlar tavsiyasi bо‘yicha damlama yoki qaynatma tayyorlanadi. Tibbiyot sanoati hozirgi kunda quyidagi yig‘ma va choylarni ishlab chiqaradi:




Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling