1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Doriovr o‘simliklarni tayyorlashni to‘g‘ri uyushtirish


Download 1.16 Mb.
bet25/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Doriovr o‘simliklarni tayyorlashni to‘g‘ri uyushtirish. Kimyoviy farmatsevtika sanoati, Galen laboratoriyalari va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili kо‘p miqdorda dorivor о‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklardan yig‘iladi. Yil sayin dorivor о‘simliklar mahsulotiga bо‘lgan talab ortib bormoqda.
Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklar zahirasi har qancha kо‘p bо‘lmasin, yildan-yilga о‘sib borayotgan talabni qondirish hamda tabiiy sharoitda о‘sadigan о‘simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig‘ishni tо‘g‘ri uyushtirilishi kerak va mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy asoslangan qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor о‘simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Dorivor о‘simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig‘ish.
3. Yig‘ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig‘ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish.
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jо‘natish.
7. Dorivo mahsulotlarni saqlash.
Dorivor о‘simliklarni tayyorlashni о‘z vaqtida tо‘g‘ri uyushtirish katta ahamiyatga ega bо‘lib, odatda bu ish bilan tumanlardagi asosiy dorixonalar shug‘ullanadi. Tuman hududida dorivor о‘simliklar mahsulotini tayyorlash ishlarini uyushtirish bilan dorixonaning maxsus mutaxassis xodimi, agarda bunday mutaxassis bо‘lmasa, u holda dorixona mudirining о‘rinbosari yoki shu vazifani bajarish yuklangan biror boshqa mutaxassis shug‘ullanadi.
Dorivor о‘simliklarni tayyorlashni tо‘g‘ri uyushtirishga javobgar mutaxassis quyidagilarni bajaradi va tashkil qiladi:

  • tuman bо‘yicha dorivor о‘simliklarni tayyorlash rejasini bilish;

  • tuman rо‘znomasi va radiosi orqali xalq о‘rtasida qanday dorivor о‘simliklar qachon, qanday qilib, qayerda yig‘ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qayerga topshirilishi lozimligi tо‘g‘risida tо‘liq axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish;

  • xuddi shu ma’lumotlar tо‘liq yozilgan plakatlarni aholi kо‘p yig‘iladigan, hammaga yaxshi kо‘rinadigan yerlarga osib qо‘yish;

  • dorixona qoshida dorivor о‘simliklar tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli о‘qish tashkil etish;

  • dorivor о‘simliklar kо‘p о‘sadigan joylarni va zahirasini aniqlash;

  • dorivor mahsulotlar yig‘iladigan yerni aniqlash;

  • dorivor mahsulotlarni yig‘ishga tanlangan joy transport vositasi katnovi uchun qulay va aholi yashaydigan yerdan olis bо‘lmasligi kerak. Chunki dorivor mahsulotlarni yig‘ishga ishdan bо‘sh bо‘lgan yerli aholi, maktab о‘kuvchilari va pensionerlar jalb etiladi;

  • dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish;

  • yig‘ilgan dorivor mahsulotni о‘sha joyda quritishni tashkil qilish. Agarda mahsulotni yig‘ilgan joyida quritishni imkoni bо‘lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan yerga transport vositasida yetkazish va quritishni tashkil etish.

Dorivor о‘simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli idoralar, vakolatli mahkamalar tasdiqlagan qat’iy reja bо‘yicha olib boriladi. Bu ishni rejalashda dorivor о‘simliklarni tabiiy о‘sish joyida yо‘q bо‘lib ketmasligini va ularni muhofaza qilishning boshqa chora-tadbirlari ham hisobga olinishi kerak:

  • rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik;

  • dorivor о‘simlik mahsulotini faqat kо‘rsatilgan va rejalangan daladan yig‘ish hamda yig‘iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish;

  • dorivor mahsulotni yig‘ish rejasi uni ekspluatatsion zahirasidan ortiqcha bо‘lmasligiga rioya qilish;

  • kо‘p yillik о‘tli о‘simliklardan dorivor sifatida uning yer ustki qismidan foydalaniladigan bо‘lsa uni ildizi bilan sug‘urib olmaslik, ya’ni bu dorivor о‘simlikni tabiatda yо‘q bо‘lib ketishining oldini olish.

Hozirgi vaqtda dorivor о‘simliklar hamma xududlarda tayyorlanadi. Avvalda bu ishlar Ukraina, Belarusiya respublikalari, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismidagi viloyatlar, muxtor jumhuriyatlar va о‘lkalarida yaxshi yо‘lga qо‘yilgan edi.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida Yevropaning dorivor о‘simliklar tayyorlash bо‘yicha asosiy tumanlari hisoblangan g‘arbiy qismi fashist bosqinchilari tomonidan vaqtincha bosib olingan davrda dorivor mahsulotlar О‘rta Osiyo respublikalarida, Qozog‘iston va Sibirda tayyorlana boshlandi. Keyinchalik bu respublikalar ham dorivor о‘smiliklar tayyorlanadigan asosiy tumanlarga aylandi.
Dorivor о‘simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda о‘stirish bilan quyidagi idoralar shug‘ullanadi:

  • О‘zbekiston Respublika Mahkamasi - «О‘zbekbirlashuv» ning yovvoyi holda о‘sadigan о‘simliklar mahsuloti tayyorlovchi Bosh boshqarmasi respublikada dorivor о‘simliklar mahsulotlarini tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot mikdorini va yig‘iladigan dalalarni aniqlaydi hamda rahbarlik kiladi.

  • Sog‘liqni Saqlash Vazirligining sobiq Ittifoq «Farmatsiya» ishlab chiqarish birlashmasi boshqarmasi. Sog‘liqni saqlash vazirligining «Farmatsiya» ishlab chiqarish boshqarmasi va uni idoralari turli dorivor о‘simlik mahsulotlarini katta miqdorda tayyorlaydi. Masalan, qayinning qora zamburug‘i - chaga, marvaridgul, makkajо‘xori onalik ustunchasi (soqoli, popugi), tog‘jambil, bо‘ymodaron, achchiq shuvoq va boshqalar. Na’matak mevasini esa yiliga 700-800 tonnagacha yig‘adi.

О‘zbekiston respublikasining «Dori-darmon» davlat aksiyadorlik jamiyati har yili 21 tur dorivor о‘simliklardan 60-70 tonnaga yaqin dorivor mahsulotlar tayyorlaydi. Jumladan, dalachoy, achchiq shuvoq, bо‘ymodaron, zubturum, oqqaldirmoq, gazanda, dala qirqbо‘g‘imi, mayda gulli tog‘rayhon, makkajо‘xorining onalik ustunchasi, na’matak mevasi va boshqalar.
Dorivor о‘simliklarni yig‘ish bilan yana respublikamizga qarashli О‘rmon xо‘jalik Vazirligi, Qishloq xо‘jalik Vazirligi, Ovchilik xо‘jaligi va boshqa mahkamalarning tegishli boshqarmalari ham shug‘ullanadi. Bu idoralar о‘zlariga biriktirilgan hududlarda о‘sadigan dorivor о‘simlik mahsulotlarini yig‘ib tegishli korxonalar (farmatsevtika sanoati, dorixonalar boshqarmasi va boshqalar) ga topshiradi.
Hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, о‘rmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xо‘jaliklarida dorivor о‘simliklarni, ularni о‘stirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda. Shu sababli ham farmatsevtika sanoatini sifatli, mо‘l, tannarxi arzon va ekologik sof xomashyo bilan ta’minlash katta muammo bо‘lib qolaveradi.
Bu albatta, dorivor о‘simliklar xomashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xо‘jaliklarni dorivor о‘simliklar о‘stirish texnologiyalarini puxta egallagan mutaxassislar bilan ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida zikr etilgan dalil va mulohazalar dorivor о‘simliklarning tibbiyotda tutgan о‘rni hamda ularning ahamiyati kun sayin ortib borishining isbotidir. Bejiz emaski, hozirgi vaqtda dorivor о‘simliklarga bо‘lgan talab va ehtiyoj ularni yetishtiruvchi va tayyorlovchi davlat idoralari oldiga yechilishi lozim bо‘lgan qator masalalarni kо‘ndalang qо‘ymokda. Chunonchi, farmatsevtika sanoati, dorixonalar, Galen fabrika va laboratoriyalarini dorivor о‘simlik mahsulotlari bilan ta’minlash, yovvoyi holda о‘sadigan va о‘stiriladigan dorivor о‘simlik mahsulotlari miqdorini kо‘paytirish, yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklarni tabiiy sharoitda saqlab qolish, ularni muhofaza qilish va kо‘paytirish, dorivor о‘simliklarni davlat va jamoa xо‘jaliklarida kо‘plab ekish shular jumlasidandir.
Xalq sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish, avlodlarni sog‘lom qilib tarbiyalab yetishtirish masalalariga ahamiyat berar ekanmiz, о‘z vaqtida va tez yuqori malakali tibbiy yordam kо‘rsatish, kasallikni davolash va oldini olishning asosiy omillaridan biri bо‘lmish yaxshi ta’sir etuvchi dorivor о‘simliklar, ulardan olinadigan va tayyorlanadigan dori vositalari hamda boshqa vositalarni kо‘plab yetkazib berishga bor imkoniyatlar jalb qilinmog‘i lozim. Mahalliy rahbar xodimlar, tegishli idora va muassasalar, jamoa va davlat xо‘jaliklari ma’muriyati bunga astoydil kо‘maklashmoqlari zarur.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling