1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet47/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

7-modda. О‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari
- yovvoyi о‘simliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash (yig‘ish) maqsadlarida foydalanish.
14-modda. Yovvoyi о‘simliklar dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi о‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish)
- Tabiiy о‘simliklar jamoalarida yovvoyi о‘simliklar dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi о‘simliklarni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlashga (yig‘ishga) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yо‘l qо‘yiladi.
17-modda. О‘simlik dunyosi obyektlaridan ma’daniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish
- Shifobaxsh xususiyatlarga ega bо‘lgan va aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratadigan о‘simlik dunyosi obyektlaridan sog‘lomlashtirish va rekreatsion maqsadlarda foydalaniladi.
Dorivor о‘simliklarni tabiatdagi zahirasini saqlab qolish va har yili ulardan ma’lum miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida, yuqorida aytib о‘tilgan tadbirlardan tashqari yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Dorivor о‘simlik mahsulotlarini о‘z vaqtida tо‘g‘ri va kerakli miqdorda tayyorlash, tо‘g‘ri quritish va saqlash lozim. Bu esa yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklarni ortiqcha yig‘ib, keyinchalik ularni mog‘orlatib va chiritib yoki qurtlatib ketishi natijasida tashlashdan saqlaydi.
2. Dorivor о‘simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja bо‘yicha, kо‘p о‘sadigan joylarni va zahirasini tо‘g‘ri aniqlab bilgan hamda tayyorlanadigan joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig‘ish lozim. Agarda shu keltirilgan qoidalarga amal qilinsa, bu dorivor о‘simliklarni tabiatda о‘sish joyini saqlab qolish mumkin.
3. Kо‘p yillik о‘simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi) dan dori tayyorlanadigan bо‘lsa, ularning ildizi bilan sug‘urib olmaslik lozim. Bordi-yu, yer ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kavlanadigan bо‘lsa, mevasi pishib tо‘kilgandan sо‘ng yig‘ish kerak. Aks holda shu dorivor о‘simliklar keyinchalik о‘sha joyida о‘sib chiqmasligi mumkin.
4. Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklar dori tayyorlash uchun yig‘ib olingandan sо‘ng (ayniqsa, yer osti organlari kavlab olingandan sо‘ng) ularning keyinchalik yana о‘sib chiqishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir yerdan necha yilgacha о‘simlik mahsulotini yig‘ish mumkin va necha yil dam berish kerakligi haqidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak.
5. Dorivor о‘simliklardan kompleks va hamma qismlaridan tо‘liq foydalanish zarur bо‘lganda ularning xomashyosini kamroq tayyorlash kerak. Natijada tabiiy о‘sish joyida ularning zaxiralarini saqlab qolish mumkin bо‘ladi.
Agarda dorivor о‘simliklar ildizpoyasi, ildizi, tuganak yoki piyozi dorivor mahsulot bо‘lsa, shu о‘simliklarning yer ustki qismini kimyoviy va farmakologik jihatdan о‘rganib, yer ostki organlari о‘rnida ishlatishga tavsiya etish, shu о‘simlikning tabiiy о‘sish joyidagi zahirasini saqlab qolishda ahamiyati juda katta.
Bu ham dorivor о‘simliklarni muhofaza qilishning asosiy tadbirlaridan biridir.
6. Dorivor о‘simliklarni sug‘oriladigan yerlarga kо‘proq ekib о‘stirish va ularni agrotexnikasini yaratilsa, respublikamizda tabiiy sharoitda о‘sayotgan dorivor о‘simliklar zaxirasini saqlab qolish imkoniyati yaratiladi.
Yuqorida keltirilgan dorivor о‘simliklar zahirasini tabiatda saqlab qolish tadbirlariga birinchi galda bu ishga mutasaddi rahbarlar о‘zlari qat’iy rioya qilishlari va boshqalardan ham buni talab qilishlari lozim.
Shu ishlarning hammasi amalga oshirilsa, tabiat boyliklaridan biri bо‘lgan dorivor о‘simliklar tabiiy о‘sish joylarida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi va insonga kо‘p xizmat qiladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling