1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet45/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Asosiy tushunchalar: dorivor о‘simliklardan samarali foydalanish, qayta tiklash, muhofaza qilish, tabiiy zahiralarni asrash, О‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi”, “Qizil Kitob” ga kiritilgan dorivor turlar, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaror va Qonunlari.


Dorivor o‘simliklardan samarali foydalanish. Antropogen omillarni о‘simliklar tabiiy zahiralariga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri deb kо‘rsatiladi. Bunga chorva mollarining sonini ortib borishi, maydonlarda boqilishi, tog‘ yonbag‘irliklarini turli maqsadlar uchun о‘zlashtirilishi, bog‘u rog‘larni hamda qishloq xо‘jalik tarmoqlari uchun zarur bо‘lgan о‘simliklarni kо‘paytirishi, о‘stirish, daraxt va butalarni qirqib о‘tin va qurilish materiallari о‘rnida ishlatish hamda eski yо‘llarni tiklash, kengaytirish, yangi yо‘llarni barpo etish, dorivor, oziq-ovqat, texnik о‘simliklarni nazoratsiz, tartibsiz tayyorlash kabi salbiy ta’sirlarni kо‘rsatish mumkin.
О‘simlik xomashyolaridan tayyorlanayotgan dori-darmonlarga bо‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Darhaqiqat shunday ekan, bu talabni tо‘liq qondirish uchun о‘simlik boyliklaridan tо‘g‘ri va oqilona foydalanishga, ulardan kо‘proq dori-darmonlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berish kerak.
Dorivor о‘simliklarning kо‘pgina turlari qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish esa xalq xо‘jaligini rivojlantirishda muhim rol о‘ynaydi. Shu bilan birga о‘simlik zahiralarini ishlab chiqarishda rejasiz keng ishlatish ular zahiralari va areallari qisqarishiga olib keladi. Tabiiy dorivor shifobaxsh о‘simlik boyliklaridan oqilona foydalanish tabiatdagi о‘simliklar dunyosini asl holida saqlab qolish imkonini beradi. Shuning uchun ulardan ratsional foydalanish va muhofaza qilish hamda bioekologiyasi, tabiiy zahirasining о‘rganilishi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz hududi juda katta bо‘lib, turli iqlimli tumanlarni о‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz о‘simliklar dunyosi - florasi turli о‘simliklarga boy. Ularning ichida dorivorlari ham kо‘p bо‘lib, har yili ming tonnalab dorivor о‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi hamda kasalliklarni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi.
Mamlakatimizda yovvoyi holda о‘sadigan о‘simliklarning tabiiy boyligi har qancha kо‘p bо‘lmasin, baribir ularni ham chegarasi bor. Cheksiz miqdorda Yer yuzida hech qanday boylik bо‘lmaganidek, о‘simlik dunyosining zahirasi ham cheksiz emas. Shuning uchun ham tabiiy holda о‘sadigan о‘simlik boyliklaridan tо‘g‘ri foydalanilmasa bu „cheksiz boyliklar“ bir vaqtlar kelib Yer yuzida yо‘q bо‘lib ketishi mumkin.
Dorivor о‘simlik boyliklaridan tо‘g‘ri va oqilona foydalanmaslik, ularni yig‘ib olishni belgilangan muddatda о‘tkazmaslik о‘simlik turlarining yо‘qolib ketishiga hamda boyliklarining qayta tiklanishiga katta iqtisodiy va sotsial zarar keltiradi. Shu sababli shifobaxsh о‘simlik xomashyolarini tayyorlashda ilmiy asosda ishlab chiqilgan tadbir va qoidalarga tо‘liq amal qilish zarur.
О‘simlik xomashyolarini tayyorlashda faqat uning miqdoriga hamda belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarishga e’tibor beribgina qolmay, balki sifatiga ham talabchanlikni oshirish lozim. Buning uchun о‘simlik xomashyolarini tayyorlovchi tashkilot xodimlari hamda mutaxassislar о‘simliklarning morfologik va biologik xususiyatlari bilan tо‘liq tanish bо‘lishi, ularni о‘sish va tarqalish nohiyalari, terish muddati hamda davrlari, mahsulotni tayyorlash qoidasi va quritish usullari, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga tо‘la ega bо‘lishlari, shuningdek, ular о‘simlik turlarini bir-biridan tо‘liq farqlay olishlari zarur. Chunki bir turkumga mansub turlar bir-biriga juda о‘xshash bо‘lsa-da, shifobaxshligi jihatidan tubdan farq qiladi. Agar shifobaxsh о‘simliklar e’tiborsizlik bilan tayyorlansa, u kо‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Dorivor о‘simliklar boyliklarini qayta tiklash va muhofaza etish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:

  • о‘simliklarning barcha belgi hamda xususiyatlarini yaxshi bilish;

  • о‘simliklarni sindirib, ildiz yoki ildizpoyasi hamda tugunaklari bilan sug‘urib olmaslik;

  • о‘simliklarning ildiz yoki piyozlari tayyorlanayotgan bо‘lsa, ularning hammasini qatorasiga olmasdan, balki oralatib kovlab olish;

  • urug‘ni sutlik davrida, mevasi pishmasdan yig‘ishtirib olmaslik;

  • yetilgan urug‘ hamda mevalarni bitta qoldirmay terib olmaslik;

  • gullab turgan yoki urug‘lagan о‘simliklarni yalpi yig‘ishtirib olmaslik;

  • yig‘im-terim о‘tkaziladigan maydonlarni har ikki-besh yilda almashtirib turish;

  • kasallangan hamda zararlangan о‘simlik turlarini termaslik, ularga qarshi kurash choralarini kо‘rish;

  • noyob о‘simlik boyliklarini saqlash maqsadida zakazniklar tashkil etish, shu joylarda chorva mollarini boqmaslik, hamda yem-xashak tayyorlamaslik va hokazo.

Ana shu tadbir hamda qoidalarga qat’iy amal qilish zarur. Aks holda о‘simlik boyliklari yildan-yilga kamayib ketaveradi.
Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklardan tо‘g‘ri va oqilona foydalanish uchun ularni umumiy zahirasi va kо‘p о‘sadigan joylarini bilish zarur. Shuningdek ularni tabiatda yо‘q bо‘lib ketishining oldini olish maqsadida bu mahsulotni yillik tayyorlash miqdorini hamda yig‘iladigan tumanlarni aniqlash lozim. Agarda dorivor о‘simliklar shularga rioya qilinib, ilmiy asosda tuzilgan reja bо‘yicha tayyorlansa, ular tabiatda yо‘q bо‘lib ketmaydi, har yili keragicha mahsulot yig‘ish mumkin bо‘ladi hamda dorivor о‘simliklar muhofaza kilinadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling