1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Dorivor o‘simliklarning tabiiy zahiralarini muhofaza qilish


Download 1.16 Mb.
bet46/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Dorivor o‘simliklarning tabiiy zahiralarini muhofaza qilish. Keyingi yillarda tashlandiq, bо‘z va chо‘l yerlarning о‘zlashtirilishi, insonlarning о‘z maqsadlari yо‘lida tabiiy boyliklardan notо‘g‘ri foydalanishlari sababli, yovvoyi dorivor о‘simliklarning turlari va boyliklari kamayib ketmoqda. Bundan tashqari, shifobaxsh о‘simliklarning tabiiy boyliklarining hosildorligi har yilgi ob-havo sharoitiga bog‘liq bо‘lib, kо‘pincha barqaror emas. Shu tufayli, dorivor о‘simliklarning 50 dan ortiq turi madaniylashtirilgan holda ekilmoqda.
Dorivor о‘simliklar va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish hukumatning tegishli qarorlarida о‘z ijobiy aksini topdi. Bu borada 1972 yil dekabr oyida qabul qilingan „Tabiat muhofazasini kuchaytirish va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash tо‘g‘risida“ va 1977 yilda sobiq Ittifoq Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan „О‘rmonlar muhofazasini va о‘rmon resurslaridan foydalanishni bundan keyin yaxshilash choralari tо‘g‘risida“gi qarori va boshqa qarorlari diqqatga sazovordir.
Ma’lumki, hamdо‘stlik mamlakatlarining hududini о‘ndan bir qismini о‘rmonlar tashkil qiladi. Ular ichida juda kо‘p miqdorda turli dorivor о‘simliklar о‘sadi. Shuning uchun ham о‘rmonlarni muhofaza qilish ularda yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklarni muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega.
Tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan (о‘rmon, suv va suv boyliklari, yer osti boyliklari va boshqalar) tо‘g‘ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz — Respublika Konstitusiyasida о‘z aksini topgan. Asosiy qonunimizning 55-moddasida: «Yer, yer osti boyliklari, suv, о‘simlik va hayvonot olami va boshqa tabiiy boyliklar umummilliy bо‘lib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ularning muhofazasi davlat nazorati ostidadir» deyilgan.
Dorivor о‘simliklar va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida ham о‘z ijobiy aksini topdi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi «Qimmatbaho va yо‘qolib ketayotgan о‘simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish tо‘g‘risida»gi Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 martdagi 109-sonli «О‘zbekiston Respublikasining “Qizil Kitobi” tо‘g‘risida»gi Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 dekabrdagi 600-sonli «Yovvoyi о‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilishni kuchaytirish va ulardan foydalanish choralari tо‘g‘risida»gi Qarori, 1999 yil 15 apreldagi О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 13 moddadan iborat “О‘rmon tо‘g‘risida” gi Qonuni diqqatga sazovordir.
1997 yil 26 dekabrdagi О‘zbekiston Respublikasining “О‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida” gi Qonunida shunday bandlar bor.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling