1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining omillari, oqimlari va sabablari


Download 117.4 Kb.
bet13/34
Sana24.06.2023
Hajmi117.4 Kb.
#1653557
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim ishlari

12-mavzu. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining omillari, oqimlari va sabablari
Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasining turlichaligi; ish haqi miqdori o‘rtasida milliy farqlarning mavjudligi; ishsizlikning mavjudligi; kapitalning xalqaro harakati va transmilliy korporatsiyalar faoliyati.
Jahon mehnat bozoridagi vaziyat boshqa barcha bozorlar kabi talab va taklif asosida aniqlanadi hamda qator omillar bilan belgilanadi. Bu omillar shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy omillarga bo‘linib, ular o‘zaro bog‘langan. Bular orasida iqtisodiy omillar eng muhim sanaladi. Chunki, qolgan barcha omillar pirovardida iqtisodiy muammolarga aylanadi yoki iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtisodiy tizimining mustahkamligi, uning o‘sish darajasi va rivojlanish ko‘lami tushuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar, mehnat sharoitlari va ish haqi miqdori o‘rtasida yuzaga kelgan sezilarli farq ishchi kuchining mamlakatlararo ko‘chib yurishiga sabab bo‘luvchi muhim omil hisoblanadi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining jadal sur’atlarda rivojla-nishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri demografik omildir. Jumladan, hozirgi vaqtda G‘arbiy Yevropada aholining qarib borishi muammosi mavjud. Ushbu hududda 2004 yilda aholining har oltinchisi 65 yoshda bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda har beshinchisi, 2050 yilda esa har to‘rtinchisi, balki har uchinchisi shu yoshda bo‘ladi va ularning jami aholi sonidagi ulushi esa 50% dan ortib ketadi. Shuningdek, YEI aholisining 30–45% i 55–64 yoshda mehnat bozoridan chiqib ketmoqda, 65–69 yoshli aholining ichida esa 10% igina ishlamoqda, bu esa iqtisodiy faol aholining qisqarib borishiga aylanmoqda.
Natijada 65 yoshdagi aholi bilan mehnatga layoqatli aholining o‘zaro nisbati 1995 yil 1/3 dan 2050 yilda 1/2ga ko‘tarilib ketadi. Bu siljish ishchi kuchining mehnat resurslariga nisbatan kamomadi sezilishini keskin kuchaytiradi.
BMT prognoziga binoan, 2000–2050 yillarda rivojlangan mamla-katlarda aholining sonini, jumladan, uning iqtisodiy faol qismini saqlab turish uchun jiddiy kompensatorlik netto-immigratsiya kerak bo‘ladi. 2050 yilda 2000 yildagi aholi sonini saqlab qolish uchun har yili 949 ming chet elliklar qabul qilish kerak, iqtisodiy faol aholini saqlab qolish uchun esa 1,4 mln. iqtisodiy faol va nofaol aholining o‘rtasidagi tafovutning oldini olish uchun 12,7 mln. kishi talab etiladi. Oxirgi holatda 50 yil ichida mig¬rantlarning oqimi 700 mln. kishini tashkil etsa, ularning mahalliy aholi tarkibidagi salmog‘i 3/4 qismini tashkil etadi. FRG uchun misol tari¬qa¬sida, bu ko‘rsatkich yiliga 1 mln. aholiga 44,8 ming kishini, AQSH uchun esa 43,2 ming, Yaponiya uchun 82,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lardi.
Aholining turli sabablarga ko‘ra bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib yurishi dunyo mamlakatlarini ishchi kuchini eksport qiluvchi yoki import qiluvchi mamlakatlarga ajratish imkonini beradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida globalizatsiya harakatlantiruvchi kuchlari va uning natijalari tarkibida chegaradan o‘tuvchi millionlab aholining harakatlanishi muhim o‘rinni egallaydi. Yaxshi ish va yuqori ish haqini qidirish yo‘lida siyosiy yoki boshqa sabablar tufayli odamlar o‘z vatanini vaqtincha yoki umuman tashlab emigratsiya qilishadi. Bunda mamlakatning ko‘proq aholisi chet elga vaqtincha pul ishlab topishga ketadi. Ko‘p sonli chet el personali elchixonalar, turli xil xorijiy vakolatxonalar va firmalarda ishlashadi. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi so‘nggi o‘n yilliklarda kuchaya borib, o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirib, turli shakl va ko‘rinishlarda dunyo bo‘ylab keng yoyilmoqda hamda jahon xo‘jaligi taraqqiyotiga, jahon mehnat bozoriga faol jalb etilgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy va madaniy-diniy vaziyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar uchun bu holatning ijobiy tomonlari bilan birga muammolari ham mavjud:
1. Ishchi kuchini eksport qilish natijasida qo‘shimcha valyuta daromadlari paydo bo‘ladi. Turkiya, Yugosloviya, Misr, Pokiston kabi mamlakatlarda ishchi kuchi migratsiyasidan milliardlab dollar kelib tushmoqdaki, bu – mamlakatlar oldida turgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda bu usulda xorijiy valyuta topib, iqtisodiy rivojlanishni takomil-lashtirish zararli bo‘lib qolishi mumkin, chunki mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar hal qilinmay qolishi mumkin.
2. Iqtisodiy kon’yunktura yaxshi bo‘lmaganda va ishsizlar soni o‘sganda ishchi kuchi migratsiyasi bandlik muammosini ma’lum darajada hal qilib beradi. Biroq hozirda emigratsiya, odatda, mamlakat mehnat resurslarining faqat 1–2% ini qamrab olmoqda. Bu past ko‘rsatkich bo‘lib, ishsizlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmaydi.
3. XMT tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar emigrantlar faoliyatining yangi turlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘radilar va yangi tamroqlarni rivojlantirishga faol kirishadilar. Aksariyat mamlakatlarning migrant¬la¬ri o‘z vatanlariga qaytib kelgandan keyin ishlab chiqarishning yangi usullarini joriy etganlar. Biroq ko‘pchilik migrantlar o‘z vatanlariga qaytmasdan, borgan joylarida qolib ketadilar. Ba’zi hollarda malakali migrantlar o‘z mamlakatlariga qaytganlaridan keyin mahalliy ishchilarga qaraganda pastroq unvonga ega bo‘ladilar va xorijda orttirgan tajriba, yutuqlarini amaliyotga qo‘llay olmaydilar. Ishchi kuchini jo‘natayotgan va qabul qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida texnologiya, sanoat tarkibi va ish joylarini tashkil etish o‘rtasida farqlarning mavjudligi o‘z vatanlariga qaytayotgan migrantlar uchun qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
4. IHTT mutaxassislari fikricha, immigrantlar aholining qarishi jarayonini yumshatishga yordam beradi. Fransiya, Germaniya, Shvetsiya kabi mamlakatlarga ko‘chib kelgan xorijiy oilalarda tug‘ilayotganlar ulushi mamlakatda tug‘ilayotganlarning 10% ini, Shveysariyada 24% ini, Luksemburgda esa 38% ini tashkil etadi. Natijada aholi qarishining umumiy sur’atlari sekinlashsa-da, bu statistika mahalliy aholining tug‘ilishi va o‘lishi nisbatiga umuman ta’sir etmaydi.
5. Emigratsiya natijasida ishchi kuchining taqchilligi kelib chiqsa ham, bu ijobiy texnologik o‘zgarishlarni, ishchi kuchidan samarali foydalanishni keltirib chiqarishi mumkin.
6. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining milliy iqtisodiyot taraq-qiyotidagi muhim omillaridan biri – bu migrantlarning pulli jo‘nat-malaridir.
7. Bundan tashqari, emigrantlarning o‘z vatanlariga to‘plangan tajriba va malakalarini oshirib qaytishlari natijasida, mamlakat bepul qo‘shimcha malakali mutaxassislarga ega bo‘ladi.
Migratsiya ishchi kuchining eksporti va import qiluvchi mamlakatlarga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy oqibatlarini qisqacha qilib quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:
Qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti uchun ishchi kuchi migratsiyasi quyidagi ijobiy holatlarga olib kelishi mumkin:
 iqtisodiyotda yuqori mobillikka ega bo‘lgan xorijlik ishchilar oqimi tufayli tarkibiy, hududiy va boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
 immigrantlar millatning yosharishiga ko‘maklashadi, chunki emigra¬siya qilgan aholi odatda mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat bo‘ladi;
 jalb qilinuvchi ishchi va mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish, malakasini oshirishga ketadigan xarajatlar qisqaradi;
 immigrantlar ichki bozor sig‘imini kengaytiradi, ular hisobidan to‘plangan pul esa iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflanadi;
 migrantlarning banklar hisobida saqlanayotgan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari jalb qiluvchi mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirishga ishlatilishi mumkin;
 immigrantlar demografik vaziyatni yaxshilaydi, jumladan, bu holat tub aholisi qarib borayotgan G‘arbiy Yevropaning sanoat jihatlan rivojlangan mamlakatlariga xosdir;
 chet el ishchilari inqiroz va ishsizlik vaqtida ma’lum bir amortizator o‘rnini egallaydi, chunki ular birinchi navbatda ishdan bo‘shatiladi, pensiya, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanmagan ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishida hisobga olinmaydilar.
Shu bilan birga ishchi kuchini qabul qilishnng salbiy tomonlari ham mavjud. Ko‘pincha, immigrantlarning iqtisodiy samarasi salbiy qilib ta’riflanadi, chunki ular ishchi kuchi o‘rnini qisqartirib, mahalliy aholi tarkibida ishsizlik darajasini oshiradi. Ularga jamiyatda yuz beradigan ijtimoiy beqarorlik (mahalliy ishchi da’vogarlik qilayotgan ish joyining xorijlik ishchi tomonidan egallanishi), millatlararo kelishmovchilik va boshqalarni kiritish mumkin.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar duch kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar quyidagilardan iborat:
immigrantlarni ijtimoiy himoyalash bilan bog‘liq qo‘shimcha muammolar;milliy valyutaning xorijga pul o‘tkazmasi sifatida chiqib ketishi;o‘rgatilgan mutaxassis-immigrantlarning o‘z vataniga qaytishi tufayli yo‘qotilishlar.

Download 117.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling