1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi
-mavzu. Janubiy Osiyoning tabiiy resurslari va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri
Download 117.4 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim ishlari
14-mavzu. Janubiy Osiyoning tabiiy resurslari va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri.
Janubiy Osiyo subregionining umumiy maydoni 4,5 mln km.kv.ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, Hind-Gang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari orasida bitta monarxiya davlat tuzumiga ega bo‘lgan Butan Qirolligi bilan 6 ta respublika mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra esa Hindiston va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o‘rni quyidagicha: bu subregion Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo aholisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo‘yicha YMM ning 9 % dan ortig‘i shu subregion hissasiga to‘g‘ri keladi. Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi qirg‘oqbo‘yi hududlarining markazida joylashganligi, uning hududida qadimiy tarixiy markazlarning mavjudligi, mintaqa geografik o‘rnining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi. Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog‘ tizmasi va Qoraqurum o‘rab turadi. Shimoli-sharqda u o‘rmonlar bilan qoplangan Assam-Birma tog‘lari, shimoli-g‘arbda esa Hindukush va Eron tog‘liklari orqali chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland tog‘ Himolaydan ekvatorda joylashgan Maldiv orollariga tomon pasayib boradi. Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo‘lib, yil davomida ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi. Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar, ayniqsa, mineral resurslar katta ahamiyatga ega. Bu yerda yoqilg‘i-energetika resurslaridan boshlab (ko‘mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo‘lgan monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlar mavjud (oltin, zumrad, olmos). Subregion jahonda qora metall rudalar (temir, marganes, xrom) zaxirasiga ko‘ra ajralib turadi. So‘nggi yillarda mintaqaning dengiz shelf zonasida neft va gaz qazib olish rivojlanmoqda. Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang, Brahmaputra eng yirik daryolari hisoblanadi. Subregionda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan allyuvial tuproqlar, qora tuproq xususiyatli gilli tuproq lar – regurlar keng tarqalgan. Janubiy Osiyoning barcha davlatlarida milliy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillari bilan bog‘liq holda, aholining tabiiy o‘sish sur’atlari yuqori. Janubiy Osiyoda 1 mln dan ortiq 33 ta etnos istiqomat qilib, mintaqa aho lisining 98% ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosan, induizm (Hindiston, Nepal), islom (Pokiston, Bangladesh, Maldiv), buddizm (Butan, Shri-Lanka) dinlari tarqalgan. Ma’lumki, Janubiy Osiyo qadimiy sug‘orma dehqonchilik markazlaridan biri sifatida jahonning aholisi eng zich joylashgan areallardan biridir. Bu yerda o‘rtacha zichlik 355 kishi/km.kv.dan ortiq bo‘lib, o‘rtacha jahon ko‘rsatkichidan 6,7 marta ortiqdir. Tekislik hududlari, yirik daryo vodiylari (ayniqsa, Gang daryosi vodiysi) hamda dengizbo‘yi hududlarida aholining yuqori zichlik ko‘rsatkichlari qayd qilinadi. Janubiy Osiyo dunyoning eng kam urbanizatsiyalashgan mintaqalaridan biri hisoblanadi (46%). Bu holat mintaqa davlatlarining past ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sabablidir. Shu bilan bir qatorda mintaqaning ko‘plab davlatlarida soxta urbanizatsiya jarayoni ham tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Janubiy Osiyo iqtisodiyotida rivojlanish darajasiga ko‘ra, Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko‘rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Nepal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka), kimyo (Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong‘oq ham yetishtiriladi. Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo‘yicha ham jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Shu bilan birga, mintaqa davlatlarida xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan turizm, tibbiyot, transport xizmatlar ko‘rsatish katta o‘rniga ega. Muskovit, barit, titan, pirit, beril, grafit, temir, marganets rudalari zahiralari bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi. Bu qismda neft va gazning, shuningdek, oltin, mis, nikel, volfram rudalarining katta zaxiralari ham mavjud. Janubiy Osiyo uchun eng muhim energiya xom ashyosi toshko'mir bo'lib, uning zahiralari 115 milliard tonnaga baholanmoqda. Temir rudasining umumiy zaxiralari 13,5 milliard tonnadan ortiq. Ular Hindiston, Pokistonda jamlangan. Shri-Lanka va Nepalda kichik zaxiralar mavjud. Hindistonda marganets rudalarini qazib olish uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Bu hududda alyuminiy va nikel rudalari mavjud. Bu erda tog'-kon va kimyo xomashyosining umumiy zahiralarining taxminan 30\%$ - Hindiston, Pokiston, Nepal to'g'ri keladi. Metall bo'lmagan xom ashyo Hindiston asbest - Hindiston, gips - Pokiston, grafit - Shri-Lanka bilan ifodalanadi. Kvars, qurilish qumlari, dolomitlar, ohaktosh va marmar bor. Qimmatbaho toshlar faqat Hindistonda - olmos. Download 117.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling