1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja


- mavzu: Ilmiy tafakkur uslubi evolyusiyasi


Download 43.18 Kb.
bet5/7
Sana20.11.2023
Hajmi43.18 Kb.
#1789432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. ma\'ruza matni (1)

5 - mavzu: Ilmiy tafakkur uslubi evolyusiyasi
Reja:

  1. Ilmiy tafakkur uslubi tushunchasining tahlili va matritsasi

  2. Tafakkur uslubi va ilmiy bilish metodining o‘zaro nisbati

  3. Kompyuter tafakkuri va bilish faoliyati yangicha tipining shakllanishi.

Ilmiy tafakkur uslubi o‘z tuzilishi va funksiyalariga ko‘ra murakkab bo‘lgan, nafaqat metodologik elementlar, balki qadriyatlarni, xususan falsafiy unsurlarni ham o‘z ichiga oluvchi bilim shaklidir. Ilmiy tafakkur uslubi tushunchasi uzoq vaqt asosan individual tafakkurga tavsif berishda qo‘llanilgan va o‘ta psixologik mazmun kasb etgan. Uslubni psixologik darajada tahlil qilish mazkur davr tadqiqotchisining ongidagi umumiy va individual bilimning o‘zaro nisbatini, muayyan tarixiy mo‘ljallar va qiziqishlar tizimining shakllanish jarayonini o‘rganishni, shuningdek ilmiy tafakkurni stereotiplashtirishni nazarda tutadi. Bunda ayrim shaxsning roli bu erda berilgan tafakkur andozalarini oddiy aks ettirish bilan bog‘lanmasligini hisobga olish lozim. Umumiy ijtimoiy tizim elementi bo‘lgan biluvchi sub’ekt ancha moslashuvchan va chaqqon bo‘lib, ijtimoiy borliqdagi o‘zgarishlarni gruppaviy va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlardan oldinroq ilg‘aydi. Bu va boshqa shunga o‘xshash muammolar tafakkur uslubini psixologik muammo sifatida o‘rganish chog‘ida yuzaga keladi.
Individual bilish usullarini emas, balki asosan umumiy ilmiy bilish usullarini o‘rganuvchi hozirgi zamon ilmiy bilish metodologiyasining rivojlanishi tafakkur uslubi tushunchasi o‘zining mantiqiy-epistemologik ma’noda ham keng qo‘llanilishiga olib keldi. Masalan, tafakkurning mexanistik, ehtimoliy, sistemali-strukturaviy yoki kibernetik va boshqa uslublaridan foydalaniladi, ularni tasniflar muammosi ham muhokama qilinadi. Ilmiy tafakkur uslubi – bu ijtimoiy-tarixiy tusga ega bo‘lgan, qadriyatlar bilan bog‘liq atama, «vaqt ruhining yaxshi ulushi yashiringan» «davrimizda aqllarning umumiy joylashuvi» ni aks ettiruvchi tushunchadir. Ilmiy tafakkur uslubi – bu olimlar tafakkur faoliyatining andozasi, standarti, qonuni, etaloni sifatida qabul qiluvchi tamoyillarning yagona tizimidir. Ilmiy tafakkur uslubining tartibga soluvchi, normativ xususiyati tan olinadi. Ilmiy tafakkur andozasi sifatida qabul qilinuvchi qoidalar va tamoyillarning bu tizimi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, mantiqiylik va tarixiylikni o‘zida uyg‘unlashtiradi, tegishli ravishda, ilmiy tafakkur uslubi bilimning tarixan o‘zgaruvchi sintetik «birligi» sifatida namoyon bo‘ladi.
Biroq ilmiy tafakkur uslubining tizimlilik, normativlik va tarixiylik kabi muqarrar jihatlarining farqlanishi bu tushunchaning boshqa, masalan, san’atdagi uslub tushunchalari bilan o‘xshashligini ko‘rsatgan holda, uning ilmiy bilish uslubi sifatidagi xususiyatini yoritmaydi. Tushunchalarni ayrim tizimlarga birlashtirish va bu tizimlarga yangi elementlar kiritish usullarini o‘z ichiga oluvchi ilmiy nazariyalarni mantiqiy tuzishning asosiy tamoyillarini ham hisobga olish lozim. Ilmiy tafakkur uslublarida borliqni ilmiy tushuntirishning muayyan tipi amal qiladi. Bu tip mazkur davr uchun umumiy bo‘lib, asosiy ilmiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi va fundamental nazariyalardagi ayrim standart tasavvurlarni belgilaydi. Uslub tushunchasini fizika fanida qo‘llanilgan. V.Pauli va M.Born uslub deganda fizik nazariyalarning uzoq vaqt saqlanuvchi, barqaror xususiyatlarini tushunganlar. SHunday qilib, ilmiy tafakkur uslubining mazmunini tahlil qilishda avvalo nazariyani tuzish tamoyillari, ilmiy tavsiflash va tushuntirish tiplari hamda ilmiy nazariyalarning boshqa barqaror xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim. Bu uslub avvalo ilmiy nazariya tipi, ideali bilan belgilanishidan dalolat beradi.
Biroq mantiqiy-metodologik tamoiyillar tafakkur uslubi uchun birdan-bir muhim tamoyillar hisoblanmaydi. O‘z navbatida, ular borliq va bilishning xususiyati haqidagi u yoki bu tasavvurlarga, ya’ni integratsion, selektiv va boshqa metodologik vazifalarni echishni belgilovchi falsafiy tamoyillarga tayanadi.
SHunday qilib, ilmiy tafakkur uslubi mazkur davrda tadqiqotchilar amal qiluvchi umumiy qabul qilingan metodologik normativlar va falsafiy prinsiplarning tarixan shakllangan, barqaror tizimidir. Barqaror metodologik normativlar sifatida ilmiy ijod jarayonida yoki bilishning pirovard natijalarida tavsiflash, tushuntirish va bashorat qilishga qo‘yiladigan talablar amal qiladi. Bu ta’rifga ko‘ra ilmiy tafakkur uslubining T.Kun kiritgan paradigma bilan ma’lum darajada o‘xshashligi ko‘zga tashlanadi, shu holdaki, u ilmiy hamjamiyatlar uchun belgilangan qoidalarning ayrim to‘plami sifatida tushuniladi, biroq bunda u uslub saqlangan holda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan uslubning mantiqiy-metodologik o‘zagi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy tafakkur uslubi paradigma kabi bir lahzada o‘zgarmaydi, biroq yangi tamoyillar va metodologik normativlarning asta-sekin joriy etilishi yuz beradi, shu sababli fanda turli tafakkur uslublari bir vaqtda mavjud bo‘lishi mumkin. Holbuki, bir vaqtning o‘zida turli paradigmalar amal qilishi mumkin emas. Kun fikriga ko‘ra, ijtimoiy va falsafiy bilimda paradigmalar mavjud bo‘lmaydi, uslub tushunchasi esa bilimning har qanday tipiga, nafaqat ilmiy bilimga, balki falsafiy yoki badiiy bilimga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Paradigmalarni u faqat etuk tabiiy fanlarda aniqlaydi, tafakkur uslublari esa antik davrdan boshlaboq kuzatiladi. Paradigmaga qaraganda nomuayyanroq va kamroq darajada formallashgan ilmiy tafakkur uslubi tushunchasi ilmiy bilishning fenomenologik xususiyatlarini yaxshiroq aks ettiradi, deb taxmin qilish mumkin. U yoki bu tafakkur uslubining mohiyatini tashkil etuvchi metodologik normativlar va falsafiy prinsiplar tizimi nisbatan aprior xususiyat kasb etadi. Buni mashhur nemis fizigi M.Born qayd etgan. U fizik nazariyaning bu nazariya uslubi bilan belgilanuvchi barqaror prinsiplari mazkur davrda nisbatan aprior hisoblanadi. O‘z davrining uslubi bilan tanish bo‘lgan holda unga muvofiq «ehtiyotkorlik bilan bashoratlar qilish» yoki unga yot g‘oyalarni rad etish mumkin.
Ilmiy tafakkur uslubi yangi andozaga aylangach, fanda keyingi tadqiqotlar uchun aprior asos bilim sifatida amal qila boshlaydi. Metodologik normalar va tartibga solish prinsiplari tizimi sifatida u ilmiy bilimni muayyan tarixiy shaklga soladi, uning tashqi va ichki strukturasini tashkil etadi va shu tariqa bilimning o‘zi bilan uyg‘un birikadi va u orqali ro‘yobga chiqadi. Sermazmun falsafiy va metodologik qoidalarni o‘z ichiga olgan ilmiy tafakkur uslubi nafaqat bilimni tashkil etish shaklini, balki u yoki bu ilmiy muammoni echish yo‘llarini ham belgilab berishi mumkin. Ilmiy tafakkur uslubi o‘z faoliyatining muayyan tarixiy davrida mazkur sharoitlar uchun tafakkur shakllarining muayyan aprior tizimi sifatida amal qiladi. Bu tizim doirasida tajriba muayyan tarzda uyushadi. Tafakkur uslubi o‘z konstruktiv vazifalarini quyidagi to‘rt funksiyani bajarish yo‘li bilan amalga oshiradi:
- tanqidiy funksiyani yoki bilim olish, uni tekshirish va tuzish metodlari va nazariy tuzilmalar (gipotezalar)ga baho berish funksiyasini;
- selektiv funksiya – gipotezalar (nazariyalar), metodlar va kategoriyalar apparatini tanlash funksiyasini;
- verbal funksiya – dalilual va nazariy bilimni fanning muayyan tarixiy tilida rasmiylashtirish funksiyasini;
- bashorat qilish - g‘oyalar, tadqiqot yo‘nalishlari, yangi metodlarni aniqlash funksiyasini.
Tafakkur uslubi va ilmiy bilish metodining o‘zaro nisbati qanday? Ular sub’ektning bilish faoliyatini tavsiflaydi, ya’ni ob’ektga tavsif bermaydigan, biroq u bilan amalga oshiriluvchi harakatlarni belgilaydigan metodologik bilim birliklari hisoblanadi. Uslub va metod ta’riflangan va matnlarda qayd etilgan bo‘lsa, ular normativ takliflarning mantiqiy shakliga ega bo‘lgan tartibga solish prinsiplarining muayyan tizimini tashkil etadi. Ular bilish sub’ektining faolligini ro‘yobga chiqaradi va unga nisbatan qandaydir tashqi narsa hisoblanmaydi, sub’ekt va ob’ekt o‘rtasida turmaydi, biroq «bilish sub’ekti» tushunchasining mazmunidan o‘rin oladi, uning xossalari sifatida amal qiladi, sub’ektning dunyoni o‘zgartirish va bilish borasidagi ijodiy, qizg‘in faoliyati natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi.
Ilmiy tafakkur uslubi metoddan namoyon bo‘lish miqyosi va amal qilish vaqtiga ko‘ra farq qiladi. Metod vazifaga qarab har xil bo‘ladi, uslub esa bilishning bir vazifasidan boshqa vazifasiga o‘tishda saqlanib qoladi. Uslub bilimning barcha sohalariga kirib, unga muayyan tus beradi, metodlar esa ayrim xususiyat kasb etadi; uslub metodlar orqali namoyon bo‘ladi va faoliyat ko‘rsatadi, metodlar esa ma’lum darajada tafakkur uslubi bilan belgilanadi. Ilmiy tafakkur uslubi bir vaqtning o‘zida tartibga solish, tanlash va bashorat qilish funksiyalarini bajaradi, metodlar esa bu funksiyalarning qaysi birini bajarishiga qarab tabaqalanadi. Tafakkur uslubi mazmunli, noizchil ta’riflanadi. Bu bilish jarayonini tartibga solishning yanada moslashuvchanroq tizimini yaratish imkonini beradi. Bu moslashuvchanlik ayni bir tafakkur uslubi tadqiqot vazifalari, bilim, fan sohalari va hokazolarga qarab modifikatsiyalanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ilmiy tafakkur uslubi bilish metodining ilmiyligi yoki noilmiyligini belgilovchi prinsiplar va mezonlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni uslub etakchi metodologik asos sifatida amal qiladi, chunki u bilish metodlari va metodologik prinsiplarining sintezi hisoblanadi.
XX asrda ilmiy tafakkur uslubi muammosining tadqiqotchilari orasida qiziqarli yondashuvlardan birini M.Born amalga oshirgan. U nafaqat tabiat haqida mulohaza yuritgan, balki o‘z davriylashtirish tizimini taklif qilgan. U Nobel mukofoti o‘ziga kvant mexanikasining yaratilishi munosabati bilan yangicha tafakkur uslubini ishlab chiqishda qatnashgani uchun berilgan deb hisoblagan.
Born tafakkur uslublarini «juda sust o‘zgaruvchi va inson faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan fanda o‘ziga xos g‘oyalarga ega muayyan falsafiy davrlarni tashkil etuvchi fikrning umumiy tendensiyalari» sifatida ta’riflaydi1. U ilmiy bilish tarixida uch uslubni farqlaydi, bunda u davriylashtirish asoslarini aniq belgilaydi: sub’ekt-ob’ekt munosabatlarining o‘zgarishi. SHu nuqtai nazardan qaraluvchi birinchi tafakkur uslubi antik davrda vujudga kelgan va O‘rta asrda faoliyat ko‘rsatishda davom etgan. Bu antropotsentrik, sub’ektivistik tafakkur tarzi bo‘lib, uning uchun sub’ekt va ob’ekt uzviy va ayniydir. Ikkinchi uslub – Nyuton uslubi, «chunki u Nyutonning osmon mexanikasidan andoza olgan». Bu uslub shunga asoslanadiki, «tabiatshunoslik ob’ekti – tashqi dunyo bir tomondan va biz, kuzatuvchi, fikrlovchi va hisoblovchi sub’ektlar ikkinchi tomondan bir-birimizdan butunlay ajralganmiz, hodisalarni ularning yuz berish jarayoniga aralashmasdan tadqiq qilish usuli mavjud»2. Uchinchi uslubni Born M.Plank kvantlar energiyasi g‘oyasini e’lon qilgan, u bilan birga sub’ekt va ob’ektning qarama-qarshiligi muammosiga nisbatan yangicha yondashuvlar kirib kelgan yangi davr bilan bog‘laydi. Bu qarashlar qadimgi va o‘rta asr ta’limotlaridagi kabi butunlay sub’ektivistik ham, Nyutondan keyingi falsafada bo‘lganidek to‘la ob’ektivistik ham emas. Mazkur qarashlarning bunday ikki tomonlamaligi xususan shu bilan belgilanadiki, kattaliklarning «bog‘langan» juftlari (energiya – vaqt, impuls – koordinata)ni o‘lchash yo‘li bilan o‘zicha tizim haqida ma’lumotlar olish mumkin emas, javob kuzatuvchining echimiga bog‘liq bo‘ladi va sub’ektiv echimlar ob’ektiv kuzatishlar bilan aralashib ketadi. Born fikriga ko‘ra, ilmiy tafakkurning bu uslubi hozirgi zamon falsafasining umumiy tendensiyasiga ham mos tushadi. «Biz bilimni bizning echimimizdan ajratish mumkinligiga boshqa ishonmaymiz, biz hayot dramasida o‘zimiz doim bir vaqtning o‘zida ham tomoshabin, ham aktyor ekanligimizni bilamiz»1. Tafakkur uslublarini farqlash uchun asoslar sifatida Born mazkur davrga xos bo‘lgan g‘oyalar, sub’ekt-ob’ekt munosabatlari va determinatsiya tipi – nyutoncha uslubdagi qat’iy determinatsiyani va hozirgi ilmiy tafakkur uslubidagi «tasodifiy kirish»ni qabul qildi. Tafakkur uslublarining har xil tasniflari ancha ko‘p bo‘lib, ular bu erda keltirilmaydi. Ilmiy tafakkur uslubining muhim tartibga soluvchi bilim sifatidagi mohiyatini to‘g‘ri tushunish va tushuntirish uning shakllanishi, rivojlanishi va almashishining madaniy-tarixiy xususiyatini, shuningdek fanning ijtimoiy-madaniy vazifasini bajarishda uslubning alohida rolini hisobga olishni taqozo etadi. SHu sababli, bir tomondan, bilish uslublarining yuzaga aelishi va tadrijiy rivojlanishi qaysi omillar bilan belgilanishini aniqlash, boshqa tomondan esa – ijtimoiy-madaniy va falsafiy jihatlar fanning falsafiy va mantiqiy-metodologik asoslarining rivojlanishini nazarda tutuvchi qaysi omillar orqali bilish mantiqiga kirishi va uni o‘zgartirishini kuzatish ehtiyoji mavjud. Ayni vaqtda mantiqiy-metodologik, gnoseologik va ontologik asoslar, lingvistik va boshqa me’yorlar va ideallardan iborat o‘ziga xos matritsadan foydalanib, vaqt ko‘rsatkichini albatta kiritish yo‘li bilan har qanday, shu jumladan bo‘lg‘usi tafakkur uslubiga tavsif berish mumkin. Jadvalda o‘rta asr tafakkuri va YAngi davr tafakkuriga nisbatan qo‘llanilgan shunday matritsa keltirilgan.

Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling