1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja


Download 43.18 Kb.
bet1/7
Sana20.11.2023
Hajmi43.18 Kb.
#1789432
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. ma\'ruza matni (1)


1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi
Reja:

  1. Dunyo postnoklassik manzarasining ustuvor yo’nalishlari.

  2. Posnoklassik nazariy bilish va bilimning o‘ziga xos xususiyatlari

  3. Postnoklassik fanlar va zamonaviy ta’lim dialektikasi.

  4. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi

XX asrning 70-yillarida tabiiy va gumanitar fanlarning yaqinlashuvi jarayoni ya’ni postnoklassik fan taraqqiyoti boshlandi. Bunga bilimlarni saqlash va qabul qilishdagi inqilob – kompyuterizatsiya muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davrda molekulyar biologiya va genetikaga asoslangan, ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi genlarni topishga yo‘llangan gen texnologiyalari rivojlandi. Gen texnologiyasi asosida sun’iy yo‘l bilan insulin, interferon yaratildi. Gen texnologiyalarining asosiy maqsadi DNK ni o‘zgartirishdan iborat, ilmiy tadqiqotlardagi bu yo‘nalish faoliyati gen va genomlarni taxlil qilish orqali genlarni sintezi, ya’ni yangi genetik modifikatsiyalashgan organizmlarni yaratishdan iborat. Mikrobiologiyani shiddatli rivojlanishiga olib kelgan yangi metod-klonlashtirish yaratildi.
Evolyusion g‘oyalarning kimyoviy tadqiqot sohasida qo‘llanilishi, yangi ilmiy yo‘nalish – evolyusion kimyoning shakllanishiga olib keldi. Undagi yangiliklar asosida, xususan ochiq katalitik tizimlarning o‘z-o‘zidan rivojlanish konsepsiyasi, quyi kimyoviy tizimlarning yuqori tizimlarga o‘z-o‘zidan (insonlarning aralashuvisiz) o‘tishini tushuntirishga imkoniyat berdi.
Tabiatshunoslik matematizatsiyasining yanada chuqurlashuvi uning mavhumlik va murakkablik darajasining ko‘payishiga olib keldi. Masalan, fizik reallikni o‘rganishdagi mavhum metodlarning rivojlanishi bir tomondan yuqori effektiv nazariya jumladan, Salam-Vaynbergning elektro kuchsiz nazariyasi, kvant xromodinamikasi, «Buyuk birlashuv nazariyasi», supersimmetrik nazariyalarning yaratilishiga, ikkinchi tomondan esa elementar zarralar fizikasining «inqirozi»ga olib keldi. Masalan, amerikalik fizik M.Gutsveller 1994 yil «Barcha va’dalarga qaramasdan, elementar zarralar fizikasi dahshatga aylandi. Neabelev maydoni 40 yildan buyon ayon, kvarklar 25 yil ilgari aniqlandi, garmoniy esa 20 yil ilgari yaratildi. Biroq barcha ajoyib g‘oyalar 16 ta ochiq parametrlarga bog‘liq modellarga olib keladi. Biz, hattoki, elementar zarralarning o‘z hajmiga to‘liq mutanosibligini aniqlay olmaymiz, chunki unga zaruriy bo‘lgan matematik hisoblash hatto hozirgi zamon kompyuterlari uchun ham murakkab. “Misol tariqasida, hozirgi kunda o‘ta o‘tkazuvchan mis yaratilgandan so‘ng yanada mashhur anteferromagnitizmni sizga taqdim qilishim mumkin. Anteferromagnitizm modeli gematet yoki hamma biladigan zanglovchi mix haqida hech qachon eshitmagan va hatto eshitishni xohlamagan insonlar tomonidan yaratildi va tavsiya qilindi1”.
Postnoklassik fan davrida ilmiy bilimlarni sintezlash g‘oyasi ustuvor bo‘ladi, ya’ni o‘zida tizimlilik va evolyusion yondashuvning yagona bir butunligi g‘oyasini mujassamlashtirgan evolyusionizm tamoyili asosida dunyoning umumiy manzarasini yaratishga harakat qilinadi. Universal evolyusionizm konsepsiyasi aniq ilmiy fanlar doirasidagi bilimlar majmuiga asoslanadi va, ayni paytda, o‘zida qator falsafiy dunyoqarashli tamoyillarni ham mujassamlashtiradi.
Fundamental bilimlar bazasi fizika negizida shakllangan mikroelektronika va nanoelektronika rivojlandi. Elektronika –elektronlarning elektromagnit maydonlari bilan o‘zaro ta’siri va axborotni etkazishda foydalanadigan elektron asbob-uskunalarni yaratish haqidagi fan. Agar XX asrning boshlarida elektronika asosida elektron chiroqlar yaratilgan bo‘lsa, 50-yillarda esa integral asosdagi mikroelektronika rivojlantirildi. Mikroelektronikaning taraqqiyoti kompyuter texnikasi va kosmik apparatlar yaratishda foydalanish maqsadida integral sxemalardagi zarrachalarning milliard qismi metri-nanometr (nm) hajmining kichrayishi asosida amalga oshirilganini ko‘rishimiz mumkin.
Noklassik fan bizni qo‘rshagan tashqi dunyo obektlarini inson faoliyati bilan chambarchas bog‘lik bulgan jismlar sifatida ko‘rib chikadi. Noklassik tafakkur tarzi kuchaygan reflektivlik bilan harakterlanadi, ilmiy bilshning gnoseologik va metodologik masalalariga bo‘lgan e’tiborning yukorililigi bilan harakterlanadi, empirik va nazariy idealizatsiya muammosiga bo‘lgan kizikishning yukoriligi bilan harakterlanadi. Noklassik fanning ushbu xususiyatlari zamonaviy fanda ham saqlanib qolgan. Dastavval zamonaviy postnoklassik fan ko‘p jihatdan o‘zining ilgarigi klassik fanining tasavvurlari va g‘oyalaridan voz kecha boshladi: avvalambor olamning linearizasiyasiga gnoseologik ko‘rsatmasidan voz kechdi. Ilmiy bilishning maqsadlarini qo‘lga kiritish yo‘lida tuskunlik qilgan nochizikli samaraga ega bo‘lgan olam manzarasi utmishda qoldi. Ilmiy izlanishlarning oldingi qatoriga dastavval ochiq nochiziqli tizimlarni anglash chiqadi. Ushbu tizimlar teng darajada termodinamik mutanosiblik holatidan yiroqda joylashgan. Zamonaviy fan sabab va oqibat bog‘lanishlarning bir ma’noli chiziqli harakteridan yiroqlashmoqda. Sabab-oqibat aloqalariga ko‘ra rivojlanishning yo‘nalishi o‘tmishga ham kelajakka ham cheksiz ravishda o‘lchanishi mumkin.
Murakkab tizimlardagi yangi darajaga o‘tish eng avvalo tartib parametrlariga fluktuatsiyalarning ta’sir etishidan boshlanadi. Fan tizimida bu ta’sirlar turli yangi g‘oya, nazariyalar yoki madaniy-ijtimoiy omil bo‘lishi mumkin. Fanning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi ana shu tartib parametrlarining o‘zgarishi orqali sodir bo‘ladi. Tartib parametrlarining o‘zgarishidan oldin fan tizimida turli g‘oyalar, turli ilmiy maktab va yo‘nalishlar ko‘payib ketishi kuzatiladi. Natijada, mavjud fandagi tartib parametri bilan yangi tartib parametrlari orasida raqobat paydo bo‘ladi. Bunda fan tizimini evolyusion barqaror holatga qisman qisqa yo‘l bilan olib o‘tgan g‘oya yangi tartib parametriga aylanadi (postnoklassik fanning tartib parametri – insonparvarlashuv deyish mumkin).2 Fan tizimi strukturasining barcha elementlarini o‘ziga bo‘ysundiruvchi yangi parametr va yangi struktura hosil bo‘ladi.3
Bunga batafsilroq to‘xtaladigan bo‘lsak, fandagi mavjud qonunlar, fan rivojlanishining ma’lum davriga kelib, ilmiy bilish mezonlarini belgilashga ojizlik qilib qoladi. Bunga klassik fan asoslarining inqirozini misol qilish mumkin. Ya’ni, fan rivojlanishining ma’lum bir davrida beqaror vaziyat vujudga keladi. Turli nazariya, g‘oya, tasodifiy kashfiyotlar fandagi beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Yangi g‘oyalar, kashfiyotlar shu darajada radikal bo‘lishi mumkinki, natijada bilimlarda chuqur sifatiy o‘zgarishlar – transformatsiyalar yuz beradi. Fandagi bunday transformatsiya jarayonlari bir necha bor sodir bo‘lgan. Ana shunday fandagi transformatsiya jarayonlari natijasida klassik, noklassik va postnoklassik fanlar vujudga keldi.
Xulosa qilganda, birinchdan, klassik va noklassik davrda asosan alohida yakka xulosalar, ob’ektlar bog‘lanishlar tadqiq etilgan bo‘lsa, postnoklassik fanda olamdagi tizimlarni kooperativ (hamkorlikdagi) tizim, koevolyusion rivojlanish, tartibsizlik (nomutanosiblik)dan tartibotga o‘tish xislatlarini o‘rganadi. Olamning ilmiy manzarasi ham postnoklassik fanda o‘zgardi. Noklassik fanda dunyoni alohida jabhalarga oid ilmiy tasvirlanishi (fizik, biologik va boshqalar) yaratilishiga urg‘u beriladi. Endi esa ularni o‘rniga olamni bir butun universal ilmiy tasviri shakllanib kelmokda. Bu ilmiy tasvirni nazariy zaminida dinamik tartibsizlik (xaos) o‘z-o‘zini tashkil qilish, kooperativ harakatlar, xaos, global koevolyusiya davriylik g‘oyalari tashkil qilmoqda. XXI asr postnoklassik tabiashunoslik asri bo‘ldi4.
XX asrning birinchi yarmida atom fizikasi, kosmologiya, ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalari olamni umumiy manzarasini bergan bo‘lsa, endilikda biotexnologiya, ekologiya, sinergetika, kibernetika, erkinlik va taraqqiyot g‘oyalari olamni yangi ilmiy manzarasini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Ayniqsa postnoklassik fanda sinergetika muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ikkinchidan, fanning noklassik bosqichi tushunchasi uni klassik shaklining o‘rnida paydo bo‘ldi va mumtoz mexanika qonunlari universalligini shubha ostiga qo‘ygan termodinamikaga oid ilk nazariya va kashfiyotlar bilan birgalikda shakllandi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida tabiatshunoslikdagi o‘zgarishlar va nisbiylik nazariyasi yaratilishi mumtoz fandagi dunyoning manzarasi to‘g‘risidagi qarash hamda tasavvurlarni tubdan qayta ko‘rishga sabab bo‘ldi.
Uchinchidan, noklassik fizika va zamonaviy tabiatshunoslik rivoji taraqqiyotga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Yuz yilga yaqin vaqtni qamrab olgan bu davrda, odamzot misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi, kosmonavtika, kibernetika, universal texnologiyalar, axborot va intellektual bilish kabi sohalarda o‘tgan asrlar bilan qiyoslab bo‘lmaydigan kashfiyotlar qilindi. Ammo aynan shu davrda insoniyat yadro urushi, ekologik bo‘hronlar kabi umumbashariy muammolar qarshisida qoldi, ularni hal qilish odamzotning asosiy vazifalaridan biriga aylandi.

Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling