1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja


Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasi


Download 43.18 Kb.
bet4/7
Sana20.11.2023
Hajmi43.18 Kb.
#1789432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. ma\'ruza matni (1)

Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasi.
Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasida oqilonalikka ong va tafakkurning oliy hamda qonuniylik talablariga eng muvofiq tipi, madaniyatning barcha sohalari uchun namuna deb qaraladi. U maqsadga muvofiqlik bilan tenglashtiriladi. Oqilonalikning kashf etilishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, tafakkurning ideal ob’ektlar bilan ishlash qobiliyati, so‘zning dunyoni aqlga muvofiq tarzda va tushunarli qilib aks ettirish qobiliyati nazarda tutiladi. Bu ma’noda oqilonalikning kashf etilishi qadimiyatga borib taqaladi. Insonning dunyoda o‘z o‘rnini topishining oqilona usuli ideal ma’nodagi faoliyat bilan bog‘liq, shuning uchun ham oqilonalik real ob’ektlarning faqat xayolda mavjud bo‘lgan ideal ob’ektlarga aylanishining maxsus tartib-taomillari uchun javobgardir. Ammo, ideal ob’ektlarni tuzish faoliyati xayolning cheksiz parvoziga imkon bersa, ilmiy oqilonalik, ya’ni fan e’tirof etuvchi ideal ob’ektlarni tafakkurda tuzish xayolning mazkur erkinligini cheklaydi. Unga amalda qo‘llash uchun yaroqli bilimlar kerak, binobarin, u faqat odamlarning hayoti va faoliyatida bevosita yoki bilvosita, dolzarb yoki potensial tarzda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ideal ob’ektlar va tartib-ni e’tirof etadi.
Bir tomondan, ilmiy oqilonalikni fan va tabiatshunoslikning rivojlanish tarixi, bilish tizimlarining takomillashtirilishi va metodologiya bilan bog‘laydilar. Bunda oqilonalik mantiqiy-metodologik standartlar bilan «qoplanadi». Boshqa tomondan, oqilonalik aqlga muvofiqlik, haqiqiylik bilan tenglashtiriladi. Bu erda ham haqiqiy bilimning mezonlari, asoslari va dalillarini aniqlash, bilish tilini takomillashtirish muammolari birinchi o‘ringa chiqadi.
Oqilonalikni yagona universal ma’noda tushunish mumkin emas. Hozirgi zamon metodologlari oqilonalikning har xil turlari: «ochiq», «yopiq», «universal», «maxsus», «yumshoq» turlari, «o‘ta oqilonalik» va boshqalarni, shuningdek ijtimoiy, kommunikativ va institutsiyaviy oqilonalikning xususiyatlarini qayd etib, «oqilonalik» tushunchasi ko‘p ma’noli tushuncha ekanligini e’tirof etdilar. Oqilonalik deganda dunyoni konseptual-diskursiv tushunish usullari, ilmiy tadqiqot va faoliyat normalari va usullari majmui tushuniladi.
O‘z-o‘zidan ayonki, bu oqilonalik bilan fan metodologiyasini tenglashtirish imkonini beradi. N.Moiseevning fikriga ko‘ra, reallik (aniqrog‘i – insonning o‘zini qurshagan muhitni idrok etishi) oqilona sxemalarni vujudga keltirgan. Ular o‘z navbatida metodlarni yaratgan, metodologiyani shakllantirgan. Metodologiya esa dunyo – Olam (universum)ning manzarasini oqilona tarzda chizish imkonini beruvchi vositaga aylangan.
Oqilona ongning mazkur shakllariga reallikka mumkin qadar. Agar dunyoning klassik manzarasi nuqtai nazaridan oqilonalikning predmetliligi deganda avvalambor ob’ektning predmetliligi tushunilsa, noklassik oqilonalikning predmetliligi deganda insonning o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan reallikka plastik, munosabati tushuniladi. Birinchi holda biz Borliqning predmetliligiga, ikkinchi holda esa – SHakllanishning predmetliligiga duch kelamiz. Vazifa – ularni birlashtirishdan iborat.
Oqilonalikning postnoklassik qiyofasida oqilonalik tushunchasi «fanning oqilonaligi» tushunchasidan ancha keng, chunki u nafaqat mantiqiy-metodologik standartlarni, balki insonning oqilona, izchil harakatlari va xulq-atvorini tahlildan o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi. Fan falsafasida yuzaga kelgan plyuralizm g‘oyasi oqilonalikni alohida paradigmalarning texnologiyalariga singdirib yuboradi. P.Gaydenkoning ta’biri bilan aytganda, bir tafakkur o‘rnida oqilonalikning ko‘plab turlari vujudga keladi. Bir qancha mualliflarning fikriga ko‘ra, oqilonalik rivojlanishining postnoklassik bosqichi bilim nafaqat bilish vositalari, balki faoliyatning qadriyat va maqsadlari bilan ham o‘zaro nisbatlashganligi bilan tavsiflanadi.
Oqilonalikning yangi postnoklassik tipi yangi tushunchalar: chiziqsizlik, qaytmaslik, nomuvoziylik, tartibsizlik va boshqa tushunchalardan faol foydalanadi. «Oqilonalik» tushunchasining yangi, kengaytirilgan hajmiga intuitsiya, noaniqlik, evristika hamda klassik ratsionalizm uchun an’anaviy bo‘lmagan boshqa pragmatik xususiyatlar, masalan, foyda, qulaylik, samaradorlik kiritilgan. YAngi oqilonalikda ob’ekt sohasi unga «sun’iy intellekt», «virtual voqelik», «kiborg-munosabatlar» singari tizimlar kiritilishi hisobiga kengayadi. Ob’ekt sohasining tubdan kengayishi uning tubdan «insoniylashishi» bilan muvoziy tarzda kechadi. Inson dunyoning manzarasiga uning faol ishtirokchisi sifatidagina emas, balki tizim hosil qiluvchi tamoyil sifatida ham kiradi. Bu insonning tafakkuri ob’ektning predmetli mazmuni bilan qo‘shilib ketishini bildiradi. SHuning uchun ham postnoklassik oqilonalik – sub’ektivlik va ob’ektivlikning birligi sharoitida tushiniladi. U ijtimoiy-madaniy mazmun ham kasb etadi. Sub’ekt va ob’ekt tushunchalarining elementlari faqat bir-biri va butun tizim bilan bog‘liqlikda ma’noga ega bo‘ladigan tizimni hosil qiladi. Mazkur tizimda qadimiyat davridayoq ilgari surilgan inson va dunyoning ma’naviy birligi g‘oyasini ko‘rish mumkin.
Oqilonalik g‘oyasi refleksiz nazorat va ob’ektivlashtiruvchi modellashtirish tarzida «yopiq oqilonalik» rejimida yuklangan izchil mo‘ljallar asosida ayniqsa ko‘p ro‘yobga chiqariladi. SHuning uchun ham ba’zan oqilonalik muvaffaqiyatli maqsadga muvofiq yoki izchil faoliyat bilan bog‘liq deb ko‘rsatiladi. Tadqiqotchilar «yopiq» oqilonalikka tanqidiy yondashadilar. Alohida paradigmalarning «yopiq» oqilonalik rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi asoslarni mutlaqlashtirish va dogmalashtirish hozirgi ongda oqilonalik g‘oyasini uning ma’naviy mezonlaridan, inson va dunyo munosabatlarini uyg‘unlashtirish bilan bog‘liq istiqbollardan mahrum etadi.
Ammo «yopiq» oqilonalikda oqilona bo‘lgan narsalar «ochiq» oqilonalikda o‘zining bu xususiyatini yo‘qotadi. Masalan, ishlab chiqarish muammolarining echimlari ekologik muammolar nuqtai nazaridan doim ham oqilona bo‘lavermaydi. YOki fan nuqtai nazaridan oqilona bo‘lmagan faoliyat boshqa nuqtai nazardan, masalan, ilmiy daraja olish nuqtai nazaridan oqilona bo‘lishi mumkin.
Ochiq oqilonalikning evristik g‘oyasi fanning tadrijiy rivojlanishini, tahlil apparati, haqiqatni izlash jarayonini tushuntirish va asoslash usullari muttasil takomillashib borganligini aks ettiradi. SHu bilan birga, hozirgi fanlar dunyoning ilmiy manzarasini yaratishda jiddiy yutuqlarga erishganiga qaramay, uchinchi mingyillik fan gravitatsiya, hayotning vujudga kelishi, ongning paydo bo‘lishini muvofiq tarzda tushuntirishga, maydonning yagona nazariyasini yaratishga va bugungi kunda tan olinayotgan parapsixologik yoki bioenergetik-axborot o‘zaro ta’sirlarini qoniqarli tarzda asoslashga muvaffaq bo‘lmoqda.

Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling