1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja


Kompyuter tafakkuri va bilish faoliyati yangicha tipining shakllanishi


Download 43.18 Kb.
bet7/7
Sana20.11.2023
Hajmi43.18 Kb.
#1789432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. ma\'ruza matni (1)

Kompyuter tafakkuri va bilish faoliyati yangicha tipining shakllanishi. O‘z-o‘zidan ravshanki, qudratli kompyuter texnikasi va uning g‘oyalaridan foydalanish o‘qish, tafakkur, emotsional va kognitiv rivojlanish sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi. Biroq jamiyatni kompyuterlashtirishning muayyan nuqsonlarini ham e’tiborga olish lozim. Tadqiqotchilar «kompyuter ongi» va bilishni shakllantirishning bir qancha murakkab muammolarini aniqladilar. SHulardan biri – kompyuterga nisbatan «iste’molchilik» munosabati va shuning ta’sirida tafakkurning ayrim salbiy jihatlari paydo bo‘lishi. Xususan, bu tanqid qilish qobiliyatining susayishi, bilishning hissiy jihati va ijodiy asosni formallashtirish mumkin bo‘lmagan irratsional omillar sifatida e’tiborga olmaslik, hodisalarga nisbatan tarixiy yondashuvning yo‘qolishi (ular haqidagi axborot ma’lumotlar bankida sinxronlashtirilishi natijasida), foydalaniluvchi tilning qashshoqlashuvi, uni formallashtirilgan tillar bilan almashtirish. Bunday nuqsonlarni insonning aqliy qobiliyatini faol namoyon etuvchi va shakllantiruvchi (ayniqsa Internetdan foydalanilishi munosabati bilan) asbob sifatidagi kompyuter va inson o‘zaro aloqasining roli va imkoniyatlarini butunlay yangicha tushunish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Bilishning ko‘pgina vazifalari endilikda hisoblash, ma’lumotlar bankiga ulanish vazifalari sifatida qayta anglab etildiki, bu tafakkur jarayoniga hajmlilik va ko‘lamlilik baxsh etdi, bilish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. O‘z faoliyatini muttasil tahlil qilish, uni boshqa fanlar bilan taqqoslash, yashirin omillarni aniqlashga zarurat tug‘ildiki, bu tafakkur jarayonini metodologik, tanqidiy-refleksiv jarayonga aylantirdi.
Massachuset texnologiya institutining professor S.Peypert rahbarligidagi laboratoriyasida bajarilgan dastur bu turdagi muammolarga doir qiziqarli va samarali tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Kompyuter imkoniyatlari yordamida yangi – XXI asr tafakkur uslubini shakllantirish yo‘llarini topish vazifasi qo‘yildi. Bu vazifani echish uchun Peypert guruhi noan’anaviy yo‘lni topdi: kompyuter va o‘yinlar majmui yordamida real dunyoda real narsalar bilan mikrodunyolar yaratildi. Bu mikrodunyolarning har biri yo Aristotel tasavvurlariga ko‘ra, yo Nyuton qonunlari, Eynshteyn g‘oyalari va hatto «dunyodagi harakatning umumiy qonuni»ga ko‘ra tuzilgan dunyolardan birini ifodalashi lozim edi. So‘nggi zikr etilgan qonun doirasida o‘quvchilarning o‘zlari o‘ylab topuvchi cheksiz rang-barang harakat qonunlari amal qilishi mumkin edi. Bunga shaxsiy tajriba, yaxshi ma’lum bo‘lgan «o‘z tanasining geometriyasi» va boshqa bilimlar va tasavvurlar asos bo‘lar, ular rang-barang harakat «qonunlari»ni ishlab chiqishga jalb qilinardi.
Oddiy va tushunarli misollar bilan ishlab harakat qonunlarini o‘rganish, bu qonunlarga muvofiq faoliyat olib borish imkoniyati bunday «mikrodunyolar»ni yaratish mezonlariga aylandi. Bunda o‘quvchi u yoki bu borliqni o‘zi yaratar, uni o‘zgartirishi va muqobil borliqlar tuzishi mumkin edi. U turli harakat qonunlarini o‘rganib, ulardan har birining tuzilgan «mikrodunyo»dagi imkoniyatlariga baho berar va, aytaylik, Nyuton qonunlari harakatlanuvchi ob’ektlarni tavsiflashning chindan ham eng tejamli va samarali usuli ekanligini aniqlashi mumkin edi. Bunday «mikrodunyolar»dagi faoliyat o‘quvchilar ijodini kuchli rag‘batlantiradi, chunki bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi muammosi odatdagi maktab mutaassiblik bilan faqat «to‘g‘ri» g‘oyalarni tatbiq etib, qat’iyan rad qiluvchi har xil, shu jumladan «xato» nazariyalarni o‘rganish imkoniyatlariga nisbatan ikkilamchi sanalgan intellektual muhitni yuzaga keltiradi. Prinsiplariga Peypert amal qiluvchi mashhur psixolog J.Piaje shu jumladan o‘quvchilarning o‘zilari yaratuvchi xato nazariyalar tafakkur faoliyatining o‘ziga xos «poligoni» hisoblanishi va shu sababli o‘quv jarayonida ishtirok etishi mumkinligini qayd etadi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, «mikrodunyolar»ni tuzish va ulardan foydalanish tafakkurni rivojlantirish va axborotga ishlov berish uchun kompyuterdan noan’anaviy tarzda foydalanishni nazarda tutadi. Kompyuterdan bunday foydalanishda Peypert ta’biri bilan aytganda sifatli tafakkurni mashq qilish imkoniyati yuzaga keladi, kompyuterdan standart foydalanish jarayonida esa bilimlarning miqdor jihati mustahkamlanadi, chunki kompyuter murakkab hisoblashlarni amalga oshirish imkonini beradi. Peypert guruhi qo‘ygan va tadqiq etgan bilimning sifat va miqdor jihatlarining birligi muammosi ta’limning yangi metodlarini ishlab chiqish uchun ham, «bilim haqidagi bilim»ni va o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ortida tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimning tarqoqliliga barham berish ob’ektiv zarurati yashirin, bu jarayonning fundamental oqibatlari esa bilimning yangi obrazi va «metodologik» tafakkur uslubidir.
Peypert guruhi o‘tkazgan tadqiqot kompyuter bu holda ikki tomonlama yordam ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatdi. Birinchidan, borliq haqidagi intuitiv tasavvurlar kompyuter dasturida gavdalantirilishi mumkin bo‘lib, bu ularga baho berish va refleksiyaga qulay imkoniyat yaratadi. Ikkinchidan, dasturlashtirish g‘oyalaridan intuitiv tasavvurlarni qayta modellashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Binobarin, ayni holda kompyuterdan ilmiy bilimning shaxsiy bilim bilan aloqasini aniqlash, ilmiy bilimni dalilni bilish yoki ko‘nikmaga ega bo‘lishga emas, balki inson bilimiga yaqinlashtirish uchun foydalaniladi. SHunday qilib, Peypert aytgan «ongda to‘ntarish yasash» kompyuterdan shunchaki foydalanishdan emas, balki tafakkurga nisbatan yondashishning kompyuterni dasturlashtirishga o‘xshash yangi usulini yaratishdan iboratdir. Kompyuterlar mavjudligini madaniyat bilan assimilyasiya qilish bunda «dasturlashtirishni bilish» yoki kompyuterdan foydalanishning har xil usullarini va buni qachon va qay tarzda amalga oshirish lozimligini bilish sifatida tushuniladi.


1 Filosofiya estestvoznaniya: retrospektivniy vzglyad. – M.:2000, str. -110- 156

2 Xaken G., Xaken-Krell M. Tayni vospriyatiya. - M., 2002. – S. 26.

3 Xaken G. Tayni prirodi. Sinergetika nauka o vzaimodeystvii. Perevod s nem. Logunova. – M.: Ijevsk, 1997. – S.26.

4 Qushoqov Sh.S. Obshaya teoriya sikla i filosofiya// Materiali Pyatoy Mejdunarodnoy konferensii. –Stavropol, 2003. -S.21-22.

5 Поппер К. Логика и рост научного знания. М:, 1983. С. 53.

11 Қаранг: Борн М. Философия в жизни моего поколения. – М., 1963.

22 Ўша ерда. – 229-б.

11 Ўша ерда. – 234-б.

Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling