1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja


Posnoklassik nazariy bilish va bilimning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 43.18 Kb.
bet2/7
Sana20.11.2023
Hajmi43.18 Kb.
#1789432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. ma\'ruza matni (1)

Posnoklassik nazariy bilish va bilimning o‘ziga xos xususiyatlari
Posnoklassik nazariy bilish va bilimning o‘ziga xos xususiyatlari o‘z navbatida ilmiy bilimlar bilan bir vaqtda noilmiy ilm va bilimlarni qamrab oladi va fan rivoji dunyoning yaxlim manzarasini hosil qiladi.
Noilmiy bilim shakllari. Noilmiy bilim tarqoq, notizimli bilim sifatida tushunilib, u qonunlar bilan izohlanmaydi va formallashtirilmaydi, mavjud dunyoning ilmiy manzarasiga qarama-qarshi turadi.
Fangacha bo‘lgan ilm, ilmiy bilimning prototipi, uni keltirib chiqaruvchi bazasi omili va asosi.
Parailmiy bilim mavjud standartlarga mos kelmaslikdir. Parailmiy («para» yunoncha – yonida) bilim o‘ziga tarixiy fenomenlar haqidagi ta’limotlar va mulohazalarni ilmiylik mezonlari nuqtai nazaridan asosli tushuntira olmaydigan bilimni ifodalaydi.
YOlg‘on ilm turli aqidalardan ongli ravishda foydalanish. Ba’zi hollarda yolg‘onni ijodkorning patologik psixik faoliyat bilan bog‘lab, uni "devona" deb ham ataydilar. YOlg‘on bilimlarning alohida xususiyatlaridan biri shundaki, ular paradigmalar bilan mujassamlashtirilmaydi, universallik va tizimlilikka rioya qilmaydi. Odatda yolg‘on ilm zo‘rma-zo‘raki o‘tkaziladigan, buyruqqa asoslangan xulosa va mulohazalarda (kvaziilmda) namoyon bo‘lib u orqali rivojlanadi.
Kvaziilmiy bilim – zo‘ravonlik va majbur qilish metodlariga asoslanib o‘ziga hamkor izlaydi. U, odatda, qat’iy mafkuraviy tartib joriy qilingan va uni tanqid qilib bo‘lmaydigan, tizimlashgan fan sharoitida shakllanadi. Fan tarixida "kvazimning gullab-yashnagan" davrlari o‘tgan asrning 50-yillarida geologiyada, kibernetiklar, genetiklar ta’limotida aks etadi.
Antiilmiy bilim-haqiqat haqidagi tasavvurlarni ongli buzish va utopizmdir. «Anti» so‘zi tadqiqotning usuli va predmeti fanga mutlaqo qarshi ekanligini anglatadi. U fanga qandaydir "qarama-qarshi" belgi asosida yondashuvdir. Antiilmga ehtiyoj bevosita zo‘rlik asosida ushlab turilgan nisbiy ijtimoiy beqarorlik davrida zo‘rayib, unga "barcha kasalliklarga" da’vo sifatida qaraladi. U ma’lum darajada asossiz bo‘lsa-da, bunday sharoitda undan qutulish mumkin emas.
Psevdoilmiy bilim an’anaviy nazariyalarni targ‘ib qiluvchi intellektual faollikda namoyon bo‘ladi. Masalan, qadimgi astronavtlar, qor odam, Lox-Ness ko‘lidagi maxluq kabilar haqidagi fikrlar shular jumlasidandir.
Paranormal ilm o‘zida kundalik hodisalar orqasiga berkinadigan tabiat va psixik kuchlar sirlari, munosabatlari haqidagi ta’limotni mujassamlashtiradi. Bu tipdagi bilimning yorqin namoyondalari mistitsizm va spiritizmdir. Fan doirasidan chiquvchi axborotni olish usulini izohlash uchun «paranormal» so‘zidan tashqari «Hissiy idrok» (yoki «parahissiy», «psixofenomen»).atamasidan ham foydalaniladi U ma’lumot (informatsiya)ni olish yoki ta’sir qilish bevosita jismoniy usullarga murojaat qilmasdan ham amalga oshirilish imkoniyatini e’tirof qiladi. Fan hozircha bu holda harakat qiluvchi mexanizmlarni tushuntira olmaydi, ayni paytda bunday fenomenlarni inkor ham qilolmaydi. Hozirgi kunda ekstrasensor idrok va psixokinez ham mavjud. Ekstrasensor idrok telepatiya va folbinlikka bo‘linadi. Telepatiya ikki yoki undan ortiq paranormal usul orasidagi ma’lumot (informatsiya) almashinuvini taqozo qiladi. Folbinlik qandaydir jonsiz narsa (surat, kiyim, mato va h.k.) orqali ma’lumot (informatsiya) olishdir. Psixokinez faoliyatimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan tashqi tizimlarga ta’sir qilish qobiliyati, predmetlar o‘rnini jismoniy ta’sirsiz almashtirishdir. Hozirgi kunda paranormal tadqiqotlar fan qatoriga qo‘shilishi diqqatga sazovordir.
Psevdoilm uchun sir va topishmoqlarni tan olish, shuningdek, dalillarni mohirona qayta ishlash, mavzularning shov-shuvligi xarakterlidir. Bu sohadagi faoliyatning e’tirof etilgan shartlariga mulohaza qilish orqali izlanish ham kiradi. Bunda aytilgan u yoki bu qarashlarga turli izoh, ishora kabilar jalb qilinadi va voqea foydasiga xizmat qiladi. K.Popper psevdoilmni juda yuqori baholaydi, u fanda xatolarga yo‘l qo‘yilishi, psevdoilmda esa «tasodifan haqiqatga erishish mumkinligi»ni tan oladi. K.Popperning boshqa xulosasi ham bor: modomiki, qandaydir nazariya noilmiy bo‘lsa, u unchalik muhim emas, degani emas. SHaklan psevdoilm-eng avvalo, ma’lum hodisalar haqidagi tarixiy hikoyadir. Materialni o‘ziga xos tipik tarzda berilishi «ssenariy orqali tushuntirish» deb ataladi. Boshqa farqli belgisi esa bexatoligidir5. Psevdoilmiy qarashlarni tuzatishga urinishlar foydasiz. CHunki, tanqidiy faktlar tarixiy voqea mazmuniga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Deviant ilm. Deviant atamasi faoliyatning qabul qilingan va shakllangan standartlardan chekinish demakdir. Bunda haqiqat qiyoslash, etalon va namunalarga tayanish bilan emas, balki ilmiy jamoatchilikning aksariyat normalari bilan taqqoslashda namoyon bo‘ladi. Deviant bilimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u bilan odatda ilmiy tayyorgarlik ko‘rgan, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra tadqiqotning boshqa metodi va ob’ektlarini tanlagan kishilar shug‘ullanadi. Deviant bilim vakillari odatda yakka yoki kichik guruhlarda ishlaydilar. Ular faoliyatining natijalari shu yo‘nalishning o‘zi kabi juda ham kam vaqt saqlanib qoladi.
Anormal ilm esa, bilimni egallash usuli yoki bilimning o‘zi mavjud bo‘lgan tarixiy davrdagi umumiy qabul qilingan fan normalariga mos kelmasligidir. Anormal bilim uch turga bo‘linadi:
– Birinchi turi – sof aqlning shakllangan fan normalaridan ajralishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu tur kishilarning real hayotida keng tadbiq qilingan va tarqalgan. U o‘zining anormalligi bilan u yoki bu vaziyatda maxsus ma’lumot yoki bilimga ega bo‘lgan kishilar ilmiy va kundalik bilim normalaridagi muammolarni ifodalaydi (masalan, yosh bola bilan munosabat va h.k.).
– Ikkinchi turi – bir paradigma normalarining boshqa paradigma normalari bilan qiyoslaganda yangi bilim paydo bo‘ladi.
– Uchinchi turi esa inson faoliyatining turli shakllaridagi norma va ideallarni birlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Noilmiy bilimga faqat fandagi yanglishish sifatida qaralmaydi. Modomiki, noilmiy bilimning turli shakllari bor bo‘lar ekan, demak, ular ilgaridan mavjud bo‘lgan qandaydir ehtiyojlarga javob beradi. Zamonaviy fikrlovchi olimlarning ratsionalizmni cheklanganligi haqidagi xulosalari quyidagicha ifodalanadi: noilmiy bilim shakllarining rivojini ta’qiqlash, shuningdek, psevdoilmni suiiste’mol qilish, ayni paytda boshlang‘ich davrida qanchalik shubhali bo‘lishidan qat’i nazar, ular negizida paydo bo‘lgan yangi g‘oyalarni butunlay inkor qilish noto‘g‘ridir. CHunki, u yoki bu tarixiy voqea va hodisa g‘oyalar «inofondi», kutilmagan analoglar bo‘lsa-da, ularga intellektual elita va olimlarning juda katta ehtiyoji seziladi.
Hozirgi kunda an’anaviy fan ratsionalizmga yon bosib, insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib kirdi, endilikda undan chiqish yo‘lini esa faqat noilmiy bilim ko‘rsata oladi, degan fikr shakllangan. Noilmiy bilimlarga irratsional faoliyat, ya’ni afsonalar, urf-odatlarga asoslangan tajriba kiradi.
Fan noilmiy bilimga nisbatan «kam bilishi» mumkin, chunki u egallagan bilimlar dalillarga, gipotezalarga, qat’iy tekshiruvlarga, tushuntirishlarga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. Bu tekshiruvlarga dosh bera olmagan bilim rad qilinishi va, hattoki, ilmiy maqomga ega haqiqiy informatsiya ham fan doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Ba’zida noilmiy bilim haqiqatni bilishning boshqacha vositasi ham deb yuritiladi. SHunga ko‘ra, noilmiy bilimning shakllariga keyingi yillarda qiziqish ma’lum darajada ortmoqda. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda muhandis va olimlik kasbining mavqei biroz pasaygani sari noilmiy bilimga hayrihohlilik kuchaymoqda.

Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling