Metodologik ko‘rsatkichlar
|
O‘rta asrda ular haqidagi tasavvur
|
YAngi davrda
ular haqidagi tasavvur
|
Ontologik tasavvurlar
|
Materiya va uning atributlari haqida
|
Moddiy dunyo – Xudo emanatsiyasi. Material va shaklning birligi (Ibn Rushdga ko‘ra). SHakl birlamchi (Akvinskiyga ko‘ra). Ilohiy boqiy va cheksiz Zamon va Makon hamda dunyoviy o‘tkinchi vaqtlar va joylar (Avgustinga ko‘ra). Nominalizm va realizm
|
Materiya – substansiya, modda, molekulalar, atomlardan tashkil topgan; asosiy ko‘rsatkichlari: massa, kuch, impuls, tezlik, tezlanish. Harakat qonunlari – mexanika qonunlari. Makon va Vaqt mutlaqdir
|
Determinatsiya haqida
|
Ilohiy belgilanganlik (old determinizm). Determinizm – shunday ta’riflanuvchi tushuncha. Sababning to‘rt turi: moddiy, formal, amaldagi, pirovard (Aristotelga ko‘ra)
|
Qat’iy determinatsiya (laplascha sababiyat – uzil-kesil bog‘liqlik). Sabab – sirtdan ta’sir ko‘rsatuvchi omil (mexanik sababiyat)
|
Gnoseologik tasavvurlar
|
Sub’ekt-ob’ekt yo‘nalishlari haqida
|
Bilishning sub’ekti va ob’ekti ajratilmaydi. Ob’ektning hissiy va aqliy «turlari» tan olinadi (Akvinskiyga ko‘ra)
|
Sub’ekt va ob’ekt ajratilgan va aniq farqlangan, qarama-qarshi qo‘yilgan; sub’ektivlik bilish natijalaridan eliminatsiya qilinishi lozim
|
Nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbati haqida
|
Mavxum-nazariy tuzilmalar tajribaning formal o‘xshashidir; diniy aqidalarni asoslash uchun yaratiladi
|
Ilmiy nazariya empirik material, tajribadan chiqarilgan «xulosa» sifatida tushuniladi, biroq ijtimoiy amaliyotga bog‘lamay o‘rganiladi
|
Haqiqat haqida
|
Haqiqat ikki tomonlama: yura haqiqati va aql haqiqati
|
Haqiqat mutlaqo haqiqiy, ya’ni aniqlangan, uzil-kesil va tajribada sinalgan bilimdir
|
|
Nazariya ideali (tavsiflash va tushuntirish usullari
|
Teleologik, sababiy (mantiqiy ma’noda), deduktiv tushuntirishlar. Ideal – Akvinskiyning «ilohiyot yig‘indisi»
|
Mutlaqo ob’ektiv (uzil-kesil, to‘liq) tavsif; klassik mexanik tavsif. Ideal – Nyuton mexanikasi
|
|
Metod ideali
|
Xudoni intuitiv bilish. Sxolastika: deduksiya, obro‘li shaxsdan isbot, sharhlar, munozaralar
|
Kuzatish, eksperiment, mexanik modellashtirish, induktiv metodlar
|
|
Dalil ideali
|
Muqaddas kitob aqidalari. Aristotel va sharhlovchilardan iqtiboslar, shu jumladan tekshirilmagan amaliy ma’lumotlar
|
Tabiat hodisalarini mutlaqo aniq va to‘liq kuzatish
|
Mantiqiy-metodologik normativlar
|
Ilmiy til
|
Sinkretiklik: didaktik, belletristik, teologik va falsafiy atamalar. Antropomorfizm va lotin tilining ustunligi
|
Lotin tilidan voz kechish, matematik til, kimyoviy simvollar, fizik formulalarni ilmiy muomalaga kiritish. Ilmiy atamalarda antropomorfizm
|