1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja


Tafakkur uslublari matritsasi (metodologik jihat)


Download 43.18 Kb.
bet6/7
Sana20.11.2023
Hajmi43.18 Kb.
#1789432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. ma\'ruza matni (1)

Tafakkur uslublari matritsasi (metodologik jihat)



Metodologik ko‘rsatkichlar

O‘rta asrda ular haqidagi tasavvur

YAngi davrda
ular haqidagi tasavvur

Ontologik tasavvurlar

Materiya va uning atributlari haqida

Moddiy dunyo – Xudo emanatsiyasi. Material va shaklning birligi (Ibn Rushdga ko‘ra). SHakl birlamchi (Akvinskiyga ko‘ra). Ilohiy boqiy va cheksiz Zamon va Makon hamda dunyoviy o‘tkinchi vaqtlar va joylar (Avgustinga ko‘ra). Nominalizm va realizm

Materiya – substansiya, modda, molekulalar, atomlardan tashkil topgan; asosiy ko‘rsatkichlari: massa, kuch, impuls, tezlik, tezlanish. Harakat qonunlari – mexanika qonunlari. Makon va Vaqt mutlaqdir

Determinatsiya haqida

Ilohiy belgilanganlik (old determinizm). Determinizm – shunday ta’riflanuvchi tushuncha. Sababning to‘rt turi: moddiy, formal, amaldagi, pirovard (Aristotelga ko‘ra)

Qat’iy determinatsiya (laplascha sababiyat – uzil-kesil bog‘liqlik). Sabab – sirtdan ta’sir ko‘rsatuvchi omil (mexanik sababiyat)

Gnoseologik tasavvurlar

Sub’ekt-ob’ekt yo‘nalishlari haqida

Bilishning sub’ekti va ob’ekti ajratilmaydi. Ob’ektning hissiy va aqliy «turlari» tan olinadi (Akvinskiyga ko‘ra)

Sub’ekt va ob’ekt ajratilgan va aniq farqlangan, qarama-qarshi qo‘yilgan; sub’ektivlik bilish natijalaridan eliminatsiya qilinishi lozim

Nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbati haqida

Mavxum-nazariy tuzilmalar tajribaning formal o‘xshashidir; diniy aqidalarni asoslash uchun yaratiladi

Ilmiy nazariya empirik material, tajribadan chiqarilgan «xulosa» sifatida tushuniladi, biroq ijtimoiy amaliyotga bog‘lamay o‘rganiladi

Haqiqat haqida

Haqiqat ikki tomonlama: yura haqiqati va aql haqiqati

Haqiqat mutlaqo haqiqiy, ya’ni aniqlangan, uzil-kesil va tajribada sinalgan bilimdir




Nazariya ideali (tavsiflash va tushuntirish usullari

Teleologik, sababiy (mantiqiy ma’noda), deduktiv tushuntirishlar. Ideal – Akvinskiyning «ilohiyot yig‘indisi»

Mutlaqo ob’ektiv (uzil-kesil, to‘liq) tavsif; klassik mexanik tavsif. Ideal – Nyuton mexanikasi




Metod ideali

Xudoni intuitiv bilish. Sxolastika: deduksiya, obro‘li shaxsdan isbot, sharhlar, munozaralar

Kuzatish, eksperiment, mexanik modellashtirish, induktiv metodlar




Dalil ideali

Muqaddas kitob aqidalari. Aristotel va sharhlovchilardan iqtiboslar, shu jumladan tekshirilmagan amaliy ma’lumotlar

Tabiat hodisalarini mutlaqo aniq va to‘liq kuzatish

Mantiqiy-metodologik normativlar

Ilmiy til

Sinkretiklik: didaktik, belletristik, teologik va falsafiy atamalar. Antropomorfizm va lotin tilining ustunligi

Lotin tilidan voz kechish, matematik til, kimyoviy simvollar, fizik formulalarni ilmiy muomalaga kiritish. Ilmiy atamalarda antropomorfizm

SHunday qilib, ilmiy tafakkur uslubi fanda ilmiy bilim strukturasini, uning muayyan tarixiy shaklini belgilovchi metodologik prinsiplar, ideallar va me’yorlarning dinamik tizimi sifatida amal qiladi. Tafakkur uslubi muayyan dunyoqarash tipi va ilmiy-amaliy bilish taomillari doirasida borliqning strukturasi va qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni belgilovchi dunyoning ilmiy manzarasi bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda XX asrning 60-yillaridan boshlab bilimning ko‘pgina sohalaridan keng o‘rin olgan yangicha tafakkur uslubi shakllanmoqda. Bu sistemali-strukturaviy yondashuv, ob’ektlarga o‘z-o‘zidan tashkil topuvchi tizimlar sifatida qarash, nihoyat, borliqning sinergetik talqinining shakllanishi.



Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling