1-mavzu. Dunyoning postnoklassik manzarasi. Ilmiy tafakkur uslubi evolyutsiyasi Reja
Dunyoning postnoklassik manzarasi
Download 43.18 Kb.
|
1. ma\'ruza matni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoning hozirgi zamon postnoklassik manzarasida
Dunyoning postnoklassik manzarasi obrazi – daraxtsimon sertarmoq grafika – I.Prigojinning Belgiya maktabi yutuqlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Unda avvalboshdan va zamonning istalgan davrida kelajak noma’lum bo‘lib qoladi. Rivojlanish bir necha yo‘nalishning biridan borishi mumkin bo‘lib, bu ko‘pincha biron-bir ahamiyatsiz omil bilan belgilanadi. Tizim o‘zini qayta qurib, yangi tashkilot darajasi vujudga kelishi uchun oz miqdorda energiya bilan ta’sir ko‘rsatish kifoya. Dunyoning hozirgi zamon postnoklassik manzarasida ijtimoiy tuzilmalarni tahlildan o‘tkazish ochiq chiziqsiz tizimlarni tadqiq qilishni nazarda tutadi. Mazkur chiziqsiz tizimlarda dastlabki shartlar, ularning ichidagi individlar, mahalliy o‘zgarishlar va tasodifiy omillar katta rol o‘ynaydi. Postnoklassik fan ob’ektlarni o‘rganuvchi faoliyat ustidan refleksiya maydonini kengaytiradi. U ob’ekt haqida olinayotgan bilimlarning tafsilotlari bilan nafaqat faoliyat vositalari va amallarining xususiyatlari o‘rtasidagi, balki uning qadriyatlari va maqsadlari o‘rtasidagi nisbatni ham hisobga oladi.
Binobarin, qadriyatlar va maqsadlarning qo‘shilishi postnoklassikaning yangi imperativiga aylanadi. Postnoklassik metodologiyada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alati attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar juda mashhur. Ulardan old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi. Dunyoning postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik tartibsizlik va stoxastiklik singari voqelikning ob’ektiv, universal xususiyatlari deb e’tirof etilgan. Ular rivojlanishning barcha strukturaviy darajalarida namoyon bo‘ladi. Nomuvoziy tizimlarning nomuntazam xulq-atvori muammosi sinergetikaning diqqat markazida turadi. Sinergetika – spontan strukturogenezning eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashni o‘z predmetiga aylantirgan o‘z-o‘zini tashkil etish nazariyasi. U dunyoning hozirgi zamon manzarasining yangi ustuvorliklarini: nomuvoziy beqaror dunyo konsepsiyasini, rivojlanishning noma’lumliligi va ko‘pmuqobilliligi hodisasini, xaosdan tartibning vujudga kelishi g‘oyasini o‘z ichiga oladi. Tartib va xaos tushunchalarini anglab etishga, yo‘naltirilgan tartibsizlik nazariyasini yaratishga urinishlar xaosni tasniflash va tiplarga ajratishga tayanadi. Tipologiyaning sodda, murakkab, aniqlangan, tor yo‘lakli, keng miqyosli, jo‘shqin va boshqa turlari farqlanadi. Xaosning eng oddiy turi – «kichik o‘lchamli xaos» – fan va texnikada uchraydi va aniqlangan tizimlar yordamida tavsiflanadi. U zamonda murakkab, ammo makonda juda sodda xulq-atvori bilan ajralib turadi. «Ko‘p o‘lchamli» xaosda chiziqsiz muhitlarning nomuntazam xulq-atvori kuzatiladi. Turbulent rejimda zamon va makon ko‘rsatkichlari murakkab bo‘ladi, ularni muvofiqlashtirishning iloji bo‘lmaydi. «Aniqlangan xaos» deganda chiziqsiz tizimlarning stoxastik manbalarsiz, muntazam dastlabki va eng so‘nggi shartlarga ega tenglamalar bilan tavsiflanuvchi xulq-atvori tushuniladi. Barqarorlikning yo‘qolishi va xaosga o‘tishning bir qancha sabablari va holatlarini aniqlash mumkin: bular shovqinlar, tashqi ta’sirlar, ta’sirlantiruvchi omillar. Tartibsizlik manbai ba’zan erkinlik darajalarining xilma-xilligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu mutlaqo tasodifiy ketma-ketliklarning amalga oshrilishiga olib kelishi mumkin. Tartibsizlikni belgilovchi holatlarga harakatning mutlaqo beqarorligi kiradi. Bunda ikkita yaqin holat tashqi ta’sirlar stoxastikasidan ta’sirlanib, rivojlanishning turli traektoriyalarini hosil qilishi mumkin. Tadqiqotlarning hozirgi darajasi xaotizatsiya jarayonlariga doir an’anaviy qarashlarga muhim qo‘shimchalar kiritish imkonini beradi. Dunyoning postnoklassik manzarasidan xaos destruksiya manbai sifatida emas, balki moddiy o‘zaro ta’sirlarning dastlabki beqarorligi hosilasi bo‘lgan holat sifatida o‘rin oldi. Mazkur holat spontan strukturogenezning sababi bo‘lishi mumkin. So‘nggi nazariy ishlovlar nuqtai nazaridan, xaos shunchaki shaklsiz massa tarzida emas, balki o‘ta murakkab uyushgan ketma-ketlik tarzida namoyon bo‘ladi. Uning mantig‘i jiddiy qiziqish uyg‘otadi. Olimlar yo‘naltirilgan tartibsizlik nazariyasini ishlab chiqishga yaqinlashdilar. Ular xaosni nodavriy tarzda takrorlanib turadigan, beqaror traektoriyalarga ega bo‘lgan, zamon va makon ko‘rsatkichlarining korrelyasiyasiga tasodifiy taqsimlanish xos bo‘lgan nomuntazam harakat deb ta’rifladilar. Tartib va xaos tushunchalarini ijtimoiylashtirish tartibsiz tuzilmalarga nisbatan salbiy munosabatga hamda tartibli tuzilmalarning to‘liq qabul qilinishiga olib keladi. Bunda hozirgi zamon falsafasining ikkiyoqlama (antropologik-dezantropologik) orientatsiyasi namoyon bo‘ladi. Ilmiy-nazariy ong hozirgi zamon sinergetik paradigmasidagi tartibsizlik jarayonlarining o‘rni va ahamiyatini konstruktiv tushunishga harakat qilmoqda. Ijtimoiy amaliyot tartibsizlik va noaniqlikka qarshi hujum qilib, ularga o‘ta salbiy baho bermoqda, metodologik tahlil doirasidan chiqarib yuborishga intilmoqda. Bu «to‘la tartib» o‘rnatishni va uni «qattiq zaruriyat»dan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlashni istayotgan ratsionalistik utopiyalar va mustabid tuzumlar tantanasida namoyon bo‘lmoqda. Vaholanki, rivojlanishning tartibsizligini «o‘zboshimchalik» va «xaos» destruktiv atamalarida talqin qilish xaosni materiyaning tartibli xususiyatlari bilan bir qatorda e’tirof etuvchi hozirgi zamon tabiatshunoslik va falsafiy-metodologik tahlil ishlovlari bilangina emas, balki Gesioddan boshlab xaosga hamma narsaning asosi deb qaraydigan qadimgi tarixiy-falsafiy an’ana bilan ham to‘qnashadi. Qadimgi dunyoni tushunish tarziga binoan, xaos shakl hosil qiluvchi kuchga ega bo‘lib, «og‘iz», «halqum», materiyaning dastlabki shaklsiz holati va dunyoning birlamchi salohiyatini anglatadi, u ochilib, o‘zidan jonli mavjudotlarni chiqaradi. Oradan qariyb yigirma asr o‘tgach, dunyoni bunday tushunish olimlarning xulosalarida o‘z aksini topdi. J. Gleyk «Xaos: yangi fanning yaratilishi» asarida jo‘shqin (dinamik) xaosning kashf etilishi, mohiyat e’tibori bilan, yangi harakat turlarining kashf etilishi bilan barobar ekanligini, o‘z ahamiyatiga ko‘ra fizikada materiyaning yangi elementlari - elementar zarralar, kvarklar va glyuonlarning kashf etilishiga teng turishini qayd etib o‘tdi. Xaos to‘g‘risidagi fan – holatlar to‘g‘risidagi emas, balki jarayonlar to‘g‘risidagi, borliq to‘g‘risidagi emas, balki shakllanish to‘g‘risidagi fandir. Download 43.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling