1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana04.08.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1665114
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
 
 
7 - MAVZU: KO`RISH IDROKINI TADQIQ eTISH. 


32
R E J A : 
1. Idrok xossalarining umumiy tavsifi. 
2. Passiv va faol tuyish orqali shaklni idrok qilish. 
3. Idrokning konstantligini o`lchash. 
4. Ko`rish idrokidagi adaptatsiyani o`rganish. 
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

Idrok-predmet va hodisalarni yaxlit bir butun holda aks ettirish. 

Konstantlik-predmetlarning fazodagi vaziyati o`zgargani holda idrok 
obrazlarining o`zgarmay qolishi. 

Illyuziya-fazodagi ob`ektlarni noto`g`ri idrok qilish. 

Adaptatsiya- qo`zg`atuvchining davomli ta`siriga analizatorning moslashishi. 

Idrokning yaxlitligi- idrok obrazlarining bir butun holda aks ettirilishi. 

Predmetlilik-tashqi olamdagi ob`ektlarni uni o`ziga tenglashtirish. 
Sezgi va idrok bir-biridan qanday farq qiladi? 
Hozirgi zamon psixologiyasida ob`ektiv borliqni aks ettirishning bir nechta 
darajasi farqlanadi: sensor, pertseptiv (birlamchi obrazlar), tasavvur va xayol 
(ikkilamchi obraz), nutq- fikrlash darajalaridir. Idrok ham sezgilar kabi ob`ektiv 
borliqni bevosita aks ettiruvchi jarayonlar tarkibiga kiradi. 
Idrok deganda, ob`ektiv vokelikdagi predmet va hodisalarning sezgi a`zolariga 
bevosita ta`sir etishi natijasidagi sub`ektiv aks ettirish tushuniladi. Bu ta`sir natijasida 
sub`ektda narsa va hodisalarning yaxlit obrazi shakllanadi. Sezgilardan farqli o`laroq 
idrok hissiy bilishning yangi bosqichi bo`lib, predmet va hodisalarni barcha 
xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. 
Idrok obrazlarida ob`ektlarning muhim xususiyatlari: fazodagi joylashgan urni 
(lokalizatsiya), uzoq-yaqinligi, yo`nalishi, rel’efi, hajmi, davomiyligi, izchilligi va 
boshqalar aks ettiriladi. Bu xususiyatlar idrokning makon va zamondagi tuzilishini 
tashkil etadi. SHu bilan birga idrok modallik va intensivlik (jadallik) xususiyatiga 
ham 
ega. 
Idrokning 
modalligida 
analizatorlar 
qabul 
qilayotgan 
tashqi 
qo`zg`atuvchilarning sifat jihatdan farqlari ajratiladi. Intensivligi esa tashqi olamdan 
kelayotgan qo`zg`atuvchilarning miqdoriy quvvat ko`rsatkichlarini aks ettiradi.
Kuzatuvchanlik idrokning xususiyatimi yoki diqqatga xosmi? 
Idrok ruhiy jarayon sifatida yana yuksakrok xususiyatlarga ham egadir. Bu 
xususiyatlar - predmetlilik, konstantlik, yaxlitlik, ma`lum tartibda tuzilganlik va 
umumiylikdan iborat. 
Mazkur mavzuda biz tuyish va ko`rish idrokini eksperimental o`rganish 
metodlariga, ularni tahlil qilishining eng oddiy usullariga murojaat qilishimiz 
mumkin. 
“Tuyish” tushunchasidan ikki xil o`rinda foydalanilishi mumkin. Birinchidan - 
teri sezgirligini ifodalash maqsadida. Bu holda uning - harorat, og`riq va taktil 
sezgirlik turlari farqlanadi. Ikkinchi tomondan - gaptik sezgirlik sifatida namoyon 
bo`lib, uning taktil va kinestetik turlari ajratiladi. Gaptik sezgirlik - paypaslab ko`rish 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling