1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Zarifa Qurbonova - ijtimoiy psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi Taqrizchilar: M.Maxsudova-psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
- Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Ijtimoiy psixologiya kafedrasi Zarifa Qurbonova EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA (Muammoli ma`ruzalar matni) 2 Namangan -2005 yil Ushbu muammoli ma`ruzalar matni 5140800-Pedagogika va psixologiya yo`nalishi II kurs talabalari uchun Davlat ta`lim standartlari asosida tuzilgan bo`lib, unda har bir mavzuga aloqador tayanch so`zlar, muammoli vaziyatlar, test va nazorat savollari kiritilgan. Tuzuvchi: Zarifa Qurbonova - ijtimoiy psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi Taqrizchilar: M.Maxsudova-psixologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Raxmonov – psixologiya fanlari nomzodi To`plam ijtimoiy psixologiya kafedrasining 2005 yil_____dagi _____-sonli bayonnomasiga asosan nashr ettirish uchun tavsiya etilgan. NamDU o`quv-uslubiy kengashining 2005 yil _______dagi ____ -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 3 1 MAVZU: eKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING PREDMETI R e j a : 1. eksperimental psixologiya haqida tushuncha. 2. eksperimental psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi. 3. eksperimental psixologiya va psixologiyaning boshqa sohalari. 4. Psixologik tadqiqot o`tkazish tamoyillari. 5. Psixologik tadqiqot o`tkazishga qo`yiladigan talablar. 6. Tadqiqot o`tkazishning bosqichlari. Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar: Eksperimental psixologiya- umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo`lib, ruhiy jarayonlarni tajriba yordamida o`rganadi. Eksperiment (tajriba)-ruhiy jarayonlarni o`rganish uchun zarur sharoitlarni ataylab vujudga keltirib, o`rganishga yo`naltirilgan psixologik tadqiqot uslubi. Psixologik laboratoriya-inson ruhiy jarayonlarini o`rganish maqsadida jihozlangan maxsus tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy muassasa. Vil’gel’m Vundt (1832-1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasuf va tilshunosi; eksperimental psixologiyaning asoschisi Eksperimental psixologiyaning o`rganilishi qanday amaliy ahamiyatga ega? Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi. V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi. V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya (bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan. Eksperiment metodining qo`llanilishi psixologiya fani taraqqiyotiga qanday ta`sir etdi? Agar tajriba metodi bo`lmaganda, Sizningcha psixologiya fani qanday ko`rinishda bo`lardi? Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling