1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana04.08.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1665114
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35





13
Ko`pchilik psixologlar fikricha shkalalashtirish-psixik jarayon va holatlarni 
o`lchash uchun qo`llaniladigan eksperimental va matematik usullar yig`indisidan 
iboratdir. Ko`pincha shkalalashtirishga o`lchash so`zi sinonim qilib quyiladi.
Psixologik jarayon, xususiyat, ob`ekt va hodisalarni shkalalashtirish deganda 
muayyan qoidalar asosida ularni sonlarga tenglashtirish tushuniladi. Bunda 
sonlarning o`zaro nisbati bu hodisalar o`rtasidagi nisbatni aks ettirishi kerak bo`ladi. 
Sonlar u yoki bu xususiyatning modeli vazifasini bajaradi. SHu yo`l bilan 
shkalalashtirish psixologiyani faktlarni tasvirlovchi fandan ayrim faktlarni oldindan 
aytish imkonini beradigan fanga aylantiradi. Tadqiqot xususiyatiga qarab turli 
o`lchov shkalalarining tiplarini qo`llash mumkin. 
Nomlash shkalasi (nominativ shkala) bir xil qiymatdagi empirik tizimni sonli 
tizimda aks ettirishdir. Nomlash shkalasi mazmunidan ko`rinib turibdiki, turli 
sinflarni ekvivalenti bilan almashtirishni bildiradi. Nomlash shkalasi tenglik 
qonuniga buysunadi, masalan X xususiyatiga ko`ra A ob`ekti V ob`ektiga teng bo`lsa 
xA q xV bo`ladi, lekin S ob`ektga nisbatan bu tenglik o`zgaradi xA q xS.
Nomlash shkalasi umumiy shaklga ega bo`lib, barcha shkalalashtirish turlari u 
yoki bu darajada nomlash shkalasi hisoblanadi. Nomlash shkalasini tuzishda quyidagi 
talablarga rioya qilinadi: 1)ko`plab ob`ektlarning har bir a`zosi bir ob`ektlar sinfiga 
kiritilishi mumkin; 2) har bir ob`ekt bir vaqtning o`zida ikki yoki undan ortiq sinfga 
mansub bo`la olmaydi.
Nomlash shkalasida ob`ektlarni almashtirilgan sonlar bilan hech qanday 
arifmetik amallar (qo`shish, ayirish, bo`lish, ko`paytirish) bajarilmaydi. SHuning 
uchun ob`ektlar turli harf, son, raqamlar bilan ixtiyoriy tarzda almashtirilishi 
mumkin, lekin ular hamma vaqt faqat bitta ob`ektni aks ettiradi.
Tartib shkalasida simvollar xususan sonlar ob`ektlarning teng yoki teng 
emasligi, ekvivalent yoki ekvivalent emasligini aks ettirishi bilan birga ularning 
o`lchanayotgan xususiyatga nisbatan munosabatini ham tartibga soladi. Tartib 
shkalasidagi sonlarni tartibga solish mumkin bo`lsa ham, u absolyut emas, nisbiy 
xarakterga ega bo`ladi. Tartib o`rnatish bilan bog`liq o`lchov operatsiyalarida ular 
o`rtasidagi farqning hajmi haqida hech qanday ma`lumot mavjud emas. Masalan, 
sessiya paytida talabalar bilimini baholashni olaylik, “a`lochi” va “yaxshi” bahoga 
o`qiydigan talabalar bilimi o`rtasidagi farq uning darajasida xolos, lekin qanday farq 
qilishi noma`lum. 
Agar shkala tartib shkalasining barcha xususiyatlariga ega bo`lsa va shunga 
qo`shimcha tarzda birliklar orasida oraliq mavjud bo`lsa, u holda bunday shkalalar 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling