1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
?
? 53 Lateralizatsiya haqidagi barcha ma`lumotlar, o`ng va chap yarim sharlarda oliy psixik funktsiyalar bir xil taqsimlanmaganligini tasdiqlaydi. Barcha kishilar uchun xos bo`lgan yarim sharlararo umumiy farqlardan tashqari, individual farqlar ham mavjud. Masalan, barcha o`naqaylarda chap yarim shar dominanta (ustun) bo`ladi deb hisoblab kelingan bo`lsa, ayrimlarda o`ng yarim shar ustun bo`lishi ham mumkin ekan. Miyaning chap va o`ng yarim sharlari vaqtni turlicha idrok qilishi aniqlangan. Ma`lum bo`lishicha, o`ng yarim shar tashqaridan keladigan signallarni real vaqtda qayta ishlaydi. Vaqtinchalik uzib qo`yilgan vaqtda esda qoldirilgan materiallar xuddi faol holatda idrok qilingan vaqtga ko`chiriladi. Tadqiqotlar, xotirada har ikki yarim sharning o`ziga xos o`rni borligini aniqlagan. Vaqtinchalik uzib qo`yilgan o`ng yarim shar bilan, odam eshitgan so`zlarini takrorlab borishi, uzoq vaqt esda saqlab turishi mumkin. Ammo chap yarim shar uzib quyilganda qarama-qarshi holatni kuzatish mumkin. So`zlarni esda qoldirish buziladi, ammo obraz xotirasi saqlanib qoladi. Nutq uchun mas`ul bo`lgan chap yarim shar- ixtiyoriy xotirani ham ta`minlaydi ixtiyorsiz tanish o`ng, so`zlarni qayta esga tushirish esa chap yarim shar bilan bog`liq. Insonning hissiy holatlarida chap va o`ng yarim sharlar turlicha ishtirok etadi. Sog`lom odamlarga maxsus linzalar yordamida o`ng va chap yarim sharlar uchun alohida qisqa metrajli kinofil’mlar namoyish etilgan. Tamoshabinlar fil’mning hissiy tomonini-xajviy, «yoqimli», «yoqimsiz», «dahshatli» deb baholashlari kerak edi. Aniqlanishicha, o`ng yarim shar borliqni yoqimsiz rangda “ko`rar” ekan, chap yarim sharning ayrim qismlarining shikastlanishi odamda o`zini “yo`qotib” quyish, ojizlik tushkunlikka berilish kabi holatlarni vujudga keltiradi. O`ng yarim sharning buzilishi aksincha, yaxshi qayfiyat, har bir narsani ijobiy baholash kabi holatlarni yuzaga chiqaradi. CHap va o`ng yarim sharlar bir-birining o`rnini to`ldirishi mumkinmi? O`ng yarim shar tashqi muhitdan kelayotgan signallar va ichki holatlarning ahamiyatini baholashga yordam beradi. E.YU.Artem’evaninng ta`kidlanishicha, chap yarim shar shikastlanganda «menga nima bo`lyapti?» degan savolga javob berish qiyinlashsa, o`ng tomonlama buzilishda, «men bilan sodir bo`layotgan holatning ahamiyati qanday?» degan savolga javob berish buziladi. YArim sharlarning o`zaro ta`siri natijasida bir yarim sharda axborot qayta ishlanayotgan paytda boshqasining funktsiyasi yomonlashadi. Masalan, odamda vaqtincha faoliyat ko`rsatayotgan o`ng yarim shar bilan so`zlarni idrok qilish bo`ziladi. O`ng va chap yarim sharlarning bir- birini tormozlovchi ta`sir ko`rsatishini quyidagi tajriba uchun normal holatdagi odamlar hal eta olmaydigan vazifalar tanlandi. So`ngra shu topshiriqlarni vaqtincha o`ng yarim shari “o`chirib” qo`yilgan kishilarga berildi. Ular bu ishni nisbatan oson bajardilar. Odam biror bir muammoni hal kiliyotgan paytda o`ng yarim shar chap yarim sharning mantiqiy ovozini “bo`g`ib” qo`yadi, o`ng yarim shar “o`chirilgan”da uni bemalol eshitish mumkin. Har ikki yarim sharning navbat bilan faollashib turishni quyidagi misolda ko`rishimiz mumkin. Tutilib gapiradigan kishilarning ko`pchiligida chap yarim shar ? 54 ustunlik qilmas ekan, aksincha nutq markazining har ikki yarim sharda simmetrik holdagi markazlari mavjud ekan. Ob`ektlarning aloqa va bog`lanishlari haqida yangi axborotlarni bilishga olib keluvchi fikrlash jarayoni har ikki yarim sharning ham ishtirokini talab qiladi. Bunda gox o`ng, gox chap yarim shar ustunlik qiladi. Agar chap yarim shar ustunlik qilsa, fikrlash faoliyati anglangan va verbal’ (nutqiy) holda ifodalangan bo`ladi. O`ng yarim shar ustunlik qilsa, aksincha bo`ladi. YAna chap yarim shar dominantlik qilganda muammoning echimi birdaniga topilgandek taassurot qoldiradi. Ko`p hollarda ushbu muammo intuitsiya yo`li bilan xal bo`ldi, deb o`ylanadi. Intuitsiya bilishning maxsus usuli bo`lib, izlanayotgan xulosaga birdaniga kelishlik illyuziyasi sodir bo`ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling