1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
?
? 50 bu erda T r - reaktsiya vaqti, t nn -sensor -pertseptiv jarayon vaqti, t pr -baholash va qaror qabul qilish vaqti, td - harakat javobi vaqti. Ma`lumki. reaktsiya vaqti funktsional tizimlar holatiga va tashqi sharoitlarga bog`liq bo`ladi. Ixtiyoriy reaktsiyalarni o`rganish psixodiagnostik ahamiyatga ega bo`lib, insonning turli faoliyatlari mexanizmi va tarkibini o`rganishda keng foydalanishi mumkin. Harakatlar tizimidagi biror bo`g`inning amalga oshirilmasligi faoliyat natijasiga qanday ta`sir ko`rsatadi? Faoliyat tarkibida ish-harakat (deystvie) alohida ajratib ko`rsatiladi. Ish- harakat, deb muayyan oddiy bir vazifani bajarishga yo`naltirilgan nisbatan tugallangan faoliyat elementiga aytiladi. Faoliyat elementi sifatida u sa`i-harakat va harakatlarda namoyon bo`ladi. Operatsiya (jarayon) - texnologik jarayonning tarkibiy qismidir. Operatsiya texnologik jarayonning talabiga ko`ra bir necha ish-harakatdan tashkil topishi ham mumkin. Bajariladigan ish-harakatlar mexnat predmeti, quroli va sharoitlariga adekvat ya`ni mos bo`lishi kerak. Harakatlar tarkibi makro- va mikro- harakatlardan iborat bo`lishi mumkin. B.G.Anan’ev odamni faoliyat sub`ekti sifatida tahlil qilar ekan, faollikning 4 ta darajasini ajratib ko`rsatadi: 1-yaxlit faoliyat darajasi; 2-alohida faoliyat akti darajasi; 3-makro harakatlar darajasi; 4-mikro harakatlar darajasi. Psixomotor xususiyatlarni ko`p qirrali va ko`p darajali ekanligini o`rganish metodlarining amaliy qiymati mehnat sub`ekti sifatida odamning faoliyat va muloqat jarayonidagi o`rnini o`rganish bilan belgilanadi. Psixomotor xususiyatlarning yoshga bog`liq holda rivojlanishi pedagogik ta`sirni jismoniy, aqliy va ahloqiy tarbiyaning yaxlitligi tamoyiliga rioya qilib tashkil etishni taqozo etadi. Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida insonning asosiy faoliyati mehnat hisoblangan. Mehnat faoliyatida esa qo`lning murakkab harakatlarining o`rni beqiyosdir. So`nggi yillarda psixologiyada insonning bilish va ijro etish faoliyatlarini o`rganish maqsadida mikrotuzilmalarni o`rganish metodidan keng foydalanilmokda. Mikrotuzilmalar tamoyiliga ko`ra har qanday istalgan bir faoliyat, kichik vaqt oralig`ida bajariladigan va o`lchash imkoniyati mavjud bo`lgan harakatlardan tashkil topadi. Nafis sensomotor faoliyatlar mutloq va farq qilish chegarasini aniqlash metodlarini bilishni taqozo etadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling