1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
?
? 41 fikrlash jarayonidagi rigidlikni aniqlash mumkin. Vazifa shunday tanlanishi kerakki, ularning bir qismi bir usul bilan, qolganlari ikki usul bilan echiladi. Tajriba boshlangunga qadar har biri 10 tadan arifmetik vazifadan iborat 2 ta varaqa tayyorlanadi. 1-guruh eksperimental, ikkinchisi nazorat guruhi deb karalib, ularga alohida-alohida vazifalar beriladi. Har ikki guruhdagi tekshiriluvchilar bir- birlariga bog`liq bo`lmagan holda vazifalarni echishlari kerak bo`ladi. 1-5 vazifalar bittadan echimga ega, 6-10 vazifalar esa minimal bitta yoki ratsional echimga ega emas. Natijalarni tahlil qilish uchun nechta tekshiriluvchi 6-10 vazifalarni ratsional usul bilan echganligini hisoblab, foizga aylantirish kerak. Ko`p hollarda tekshiriluvchi 1-5 vazifalarni bir xil usul bilan echgandan so`ng 6-10 vazifalarni ham shunday usul bilan echishga harakat qiladilar, sharoit o`zgarganligini sezmaydilar. Bunda fikrlash jarayonida bilish rigidligi vujudga kelganligini aniqlash mumkin. Tafakkurda ko`rsatma (ustanovka)ning rolini o`z davrida Vyurtsburg maktabi namoyondalari ham ko`rsatib o`tishgan. Tafakkur psixologiyasida ko`rsatma berish deganda, inson oldiga biror vazifa qo`yilganda uni echish uchun ongsiz tarzda tayyor turishiga (anglamagan holda) aytiladi. Ko`rsatma berishning turli darajadagi kiyinchilikka ega bo`lgan vazifalarni echish natijasiga ta`sirini o`rganish maqsadida maxsus metodikadan foydalanish mumkin. Buning uchun oldindan har bir tekshiriluvchi uchun 2 tadan vazifalar to`plami tayyorlanadi. Ularning har birida 2 tadan mahsuldor tafakkurni, 1 tadan qayta tiklovchi tafakkurni talab qiladigan vazifalar bo`lishi kerak. Tekshiriluvchilar - tajriba va nazorat guruhlariga bo`linadi. Tajribaning birinchi bosqichida har bir guruh uchun bir xil vazifalar beriladi. Ammo ularga turlicha ko`rsatma (instruktsiya) beriladi. Natijalarni tahlil qilishda har bir tekshiriluvchining javobi alohida-alohida tahlil qilinib 3 ballik tizim bo`yicha baholanadi. 3-ball - faqat 1 marta uchragan javob uchun. 2- ball - 3 - 5 marta uchragan javob uchun. 1-ball - 5 martadan ortiq bo`lgan javoblar uchun. Tekshiriluvchilarning javoblari mikdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinib, ko`rsatmaning masala echish sifatiga ta`siri haqida xulosa chiqarish mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling