1-mavzu: elektr zanjirlari va ularni elementlari
akseptorli moddalar deb ataladi. Yarim o`tkazgichli diod
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika va elektronika [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunnel diod
akseptorli moddalar deb ataladi.
Yarim o`tkazgichli diod. Yarim o`tkazgichli diod (vental) deganda “p” va “r” o`tkazuvchanlikli yarimo`tkazgichlardan tashkil topgan elementni tushunamiz (1-rasm). 1-rasm. Yarimo`tkazgichli vental va uni ulanish sxemalari. a) Umumiy ko`rinishi. b) Teskari yo`nalishda ulanish. v) To`g`ri yo`nalishda ulanish. ' tog J - tog`ri tok tes J -teskari tok 2-rasmda germaniyli diodni voltamper xarakteristikasi (a) xamda shartli belgisi ko`rsatilgan (b). Hozirgi kunda elektronika sanoati nuqtali va yassi diodlar ishlab chiqarmoqda. Nuqtali diodlar asosan yuqori chastotali toklarni to`g`rilasjda qo`llaniladi. Tunnel diod ikki qutbli yarim o`tkazgichli asbob bo`lib unda tok tashuvchilar p – n sohasidan o`tmay balki o`ziga hos “tunnel” orqali o`tib ketadi. Agar diodlar o`zgaruvchan sig`imdan iborat bo`lsa bunday diodlar varikaplar deyiladi. Varikaplar radiotexnikada: tebranish konturlarining rezonans chastotasini qayta sozlash; chastotani chiziqli bo`lmagan sig`imga o`zgartirish; yuqori chastotali elektr tebranishlarni kuchaytirishda ishlatiladi. Yarim o`tkazgichli diodlar tokni bir tomonga o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lganliklari tufayli ular o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka aylantiruvchi sxemalarda qo`llaniladi (3-rasm). 40 3-rasm. a) bitta yarim davrli ventilli to`g`rilagich. b) to`g`rilangan tok grafigi. 4-rasmda ikki yarim davrli ventilli to`g`rilagichlar sxemalari ko`rsatilgan. 4-rasm. Ikki yarim davrli (a) va ko`proq sxemali to`g`rilagich sxemalalri. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Elektron asboblarni tuzilishi va ishlatilishini tushuntiring. 2. Yarim o`tkazgichlik asboblar qanday elementlardan tuziladi. 3. Elektr va kovak o`tkazuvchanlik nima. 4. Yarim o`tkazgichli asboblarga nimalar kiradi va ular qayerlarda ishlatiladi. 5. Elektron vakuumli asboblar qanday ishlaydi. 6. Sonli asboblar. 7. Inotron, gazatron, tiratron nima. 8. Yarim o`tkazgichli asboblar ionli va electron vacuum asboblaridan ustunligi. Adabiyotlar ro`yhati: 1. А.С.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари. Т. «Укитувчи» 1995 йил. 2. А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год. 3. А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил. 4. А.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари. 2000 йил. 5. В.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный 4 микропроцессорной техники.Т. 1989 год. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling