11-MAVZU: TRANZISTOR, DINISTOR VA TIRISTORLAR.
Reja:
1.
Tranzistorlarni tuzilishi va ishlatilishi.
2.
Tranzistorlarni asosiy parametrlari.
3.
Tranzistorlarni ulanish usullari.
4.
Dinistor va tiristor.
Tranzistorlar radiotexnikada elektr signallarini generatsiyalash va uni kuchaytirishda
ishlatiladi. Tranzistorlarni sxemalari a, b, v, g rasmlarda ko`rsatilgan. Tranzistorlar uchta
qatlamdan tashkill topgan bo`ladi.
1-rasm. a, b, v, g tranzistorlarni sxmemalari.
Tranzistorlarni o`rta qatlami baza deb, chetki qatlamlari esa emitter va kollektor deb
ataladi. Tranzistorlarni elektr zanjiriga ulanish sxemasi 2-rasmda ko`rsatilgan.
2-rasm. Tranzistorni elektr zanjiriga ulanish sxemasi.
Tranzistorlarni ishlash prinspi quyidagicha: emitter ichidagi elektr toki asosiy
zaryadlanuvchilar bo`lgan kocaklar harakatidir.
Bu kovaklar asososohasiga injensiyalanadi va asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilar sifatida
kollektorga qarab harakatlanadi. Bu erda musbat kovaklar o`tish ichida ta`sir ko`rsatayotgan
maydon tomondan tortib olinadi (manfiy zaryadlangan kollektorga tortiladi) va kollektor ichida
asosiy zaryad tashuvchilar tarzida kollektor tokini o`zgartiradi.
Emitter zanjirida tokning har qanday o`zgarishlari zanjirdagi tokni o`zgartiradi. Kolektor
zanjirdagi yuklama qarshiligida kuchlanish o`zgarishlarini hosil qiluvchi kuchlanishdan katta
qilib olish, kollektor zanjirida o`zgaruvchan tok, yuklama qarshiligida esa o`zgaruvchan
kuchlanish hosil qilish mumkin. Bunda o`zgaruvchan tokning yuklama qarshiligida ajraladigan
quvvatni emitter zanjiridan sarflanayotgan quvvatdan katta qilib olinishi mumkin, yani quvvatni
kuchayishi sodir bo`ladi.
Yarim o`tkazgichli triodlar huddi uch elektrodli vacuum lampalar kabi ishlaydi. Bunda
emitter katod rolini, kollektor esa anod rolini o`ynaydi, to`r o`rnida esa baza bo`ladi.
Ko`rinishi, tuzilishi va ishlash prinspiga qarab tranzistorlar yassi, bopolyar, maydon
tranzistorlariga bo`linadi.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |