1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal yurgizg‘ich
- 3.4. Elektron jadvallar haqida
Menyu qatori
Ushbu buyruqlardan foydalanib menyuga o‘xshash boshqa lentani namoyish etish uchun foydalaning. Titul qatori Unda dasturning nomi va joriy ish kitobining nomi ko‘rsatiladi. Shuningdek, u “Tezkor kirish” asboblar panelini (chapda) va oynani o‘zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi boshqarish tugmachalarini (o‘ngda) o‘z ichiga oladi. Vertikal yurgizg‘ich Varaqni vertikal ravishda yurgizish uchun undan foydalaning. Oynani boshqarish Bu deyarli barcha Windows dasturlari uchun odatiy bo‘lgan joriy oynani minimallashtirish, tiklash yoki yopish uchun xizmat qiladi. Masshtab Ish varag‘ini kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun foydalanildi. 3.4. Elektron jadvallar haqida Ushbu bo‘limda ishchi varaqdagi katakchalarni boshqarishning turli usullari tasvirlangan. Har bir ish varag‘i satrlar (1 dan 1,048,576 gacha raqamlar) va ustunlardan (A dan XFD bilan belgilangan) iborat. Ustun yorlig‘i quyidagicha nomalanadi: Z ustunidan keyin AA, AB, AC va hokazolar keladigan ustun keladi. AZ ustunidan keyin BA, BB va boshqalar keladi. Huddi shu tartibda, ZZ ustunidan keyin AAA, AAB va shu kabi ustunlarga nom beriladi. Qator va ustunning kesishishi bitta katakcha bo‘lib, har bir katakchada ustun harfi va satr raqamidan iborat manzil beriladi. Masalan, yuqori chap katakchaning manzili A1. Ish varag‘ining pastki o‘ng tomonidagi katakchaning manzili esa - XFD1048576. Har qanday vaqtda bitta katakcha faol katakcha hisoblanadi. Faol katakcha – kiritiladigan ma’lumotni qabul qiladigan yoki tahrirlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni o‘zida saqlovchi katakcha hisoblanadi. 3.2-rasmda ko‘rsatilgandek, faol katakcha qalin chegara bilan ajralib turadi. Agar bittadan ko‘p katakcha tanlansa butun tanlangan diapazon ushbu qalin chegara bilan belgilanadi. Faol katakcha manzili “Nom” oynasida paydo bo‘ladi. 3.2-rasm. Faol katakcha holati (C7). 10 Faol katakchaga tegishli qator va ustunlarni bildiruvchi manzillar rangi boshqa ustun va qatorlarga nisbatan boshqa rangda bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida joriy katakchani ajratib olishda qo‘laylik to‘g‘diradi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling