1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi
Excel dasturining qo‘llanilish sohalari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamlarni qisqartirish
3.1. Excel dasturining qo‘llanilish sohalari
Excel dasturi dunyoda eng keng tarqalgan elektron jadval dasturi bo‘lib, Microsoft Office paketi tarkibiga kiradi. Elektron jadvallar bilan ishlash uchun ko‘plab dasturlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ular orasida Excel dasturi eng ommabop va dunyo standarti darajasidagi dastur hisoblanadi. Umimiy holda elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishda ham katta yordam beradi. Shuning uchun Microsoft Excel elektron jadvali dasturini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba'zida esa murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel elektron jadvali mana shu amallarni osonlashtirish va yechimini tez va oson topish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Excelning jozibadorligi ko‘p jihatdan uning universalligi bilan bog‘lanadi. Albatta, Excelning muhim jihati sifatida uning sonli hisoblashlarni amalga oshirishda foydalanilishi bo‘lishiga qaramasdan, lekin Excel raqamsiz dasturlar uchun ham samarali vosita hisoblanadi. Misol uchun, quyida Exceldan foydalanishda bir nechta vazifalarni bajarish keltirib o‘tilgan: Raqamlarni qisqartirish Byudjet haqidagi ma’lumotlarni yarating, xarajatlarni hisoblang, so‘rov natijalarini tahlil qiling va siz taxmin qilgan har qanday moliyaviy tahlilni amalga oshiring. Grafiklarni yaratish Har xil yuqori darajada sozlanadigan grafiklarni yarating. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling