1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


-rasm. Tezkor kirish uskunalar panelida yangi buyruqlarni hosil qilish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.14-rasm. Tezkor kirish uskunalar panelida yangi buyruqlarni hosil qilish 
 
Shuni yodda tutish kerakki, bajarilgan ma’lum bir amallarni 
bekor qilib bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, "File" yorlig‘idagi mavjud 
buyruqlar orqali bajarilgan har qanday buyruqni bekor qilib 
bo‘lmaydi. Masalan, agar siz faylning xatoli nusxasini uning 
xatosiz yozilgan nusxasi ustidan saqlab qo‘ysangiz, ushbu 
holatda xatosiz yozilgan xujjatni qaytarishda muammolar duch 
kelishingiz mumkin. Agar faylning zaxira nusxasi bo‘lmasa, u 
holda buning imkoni deyarli yo‘q. Shuningdek, makroslarga 
kiritilgan o‘zgartirishlarni bekor qilib bo‘lmaydi. Aslida, ish 
kitobiga o‘zgartirish kiritadigan makroslarni ishga tushirish 
bilan, bekor qilish ro‘yxatidagi amallar tozalanadi. 


3.11. Dialog oynalar bilan ishlash 
Ko‘plab Excel buyruqlari bajarilishi kerak bo‘lgan amal haqida ko‘proq 
ma’lumotlarni olish uchun dialog oynalarini namoyon etadi. Masalan, agar varaqni 
himoyalash uchun Review (Рецензирование) 

 Protect (Защита) 

 Protect 
Sheet (Защитить лист) buyruqi ketma-ketligi tanlanganda, varaqning qaysi 
qismlarini himoya qilishni aniq ko‘rsatilmaguncha buyruq bajarilmaydi. Shuning 
uchun, ushbu holatda 3.15-rasmda ko‘rsatilgan Protect Sheet (Защита листа) 
dialog oynasini namoyon etadi. 
3.15-rasm. Excel dasturida berilayotgan buyruq haqida qo‘shimcha ma’lumot 
olish uchun dialog oynasi. 
3.12. Tasmani sozlash 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek Tasma (Лента; Ribbon) Excelning asosiy 
foydalaniladigan komponentidir. U ekranning yuqori qismida joylashgan bo‘lib 
buyruqlar to‘plamini qamrab oluvchi yorliqlardan iborat. Yorliqni bosganingizda, 
u tegishli buyruqlar to‘plamini ko‘rsatadi va ushbu buyruqlar guruhlarga bo‘linadi. 
Agar sizda Tasmada mavjud buyruqlar joylashuvini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, u 
holda sozlash ishlarini amalga oshirish orqali o‘zingizga qulayliklar yaratib 
olishingiz mumkin bo‘ladi.
Tasmada nimalar sozlanishi mumkin 


22 
Tasmadagi yorliqlar quyidagicha sozlanishi mumkin: 

Yangi turdagi yorliqlarni qo‘shish 

Ma’lum bir yorliqlarni o‘chirish 

Yorliqlar joylashuvi tartibini o‘zgartirish 

Yorliqlar nomini o‘zgartirish 

Standart yorliqlarni yashirish 
Tasmadagi guruhlar quyidagicha sozlanishi mumkin: 

Yangi turdagi guruhlarni qo‘shish 

Mavjud guruhlarga buyruqlarni qo‘shish 

Ma’lum bir guruhlardan buyruqlarni olib tashlash 

Yorliqlardan buyruqlar guruhini olib tashlash 

Buyruqlar guruhini boshqa yorliqlarga ko‘chirish 

Yorliqlardagi buyruqlar guruhi joylashuvi tartibini o‘zgartirish 

Guruhlar nomini o‘zgartirish 
Tasmani sozlashda quyidagilarni amalga oshirishning imkoni yo‘q: 

Standart yorliqlarni o‘chirish (lekin ularni yashirib qo‘yish mumkin) 

Ma’lum bir spesifik buyruqlarni standart guruhlardan o‘chirish (lekin 
butun guruhni o‘chirish mumkin) 

Standart buyruqlar guruhida buyruqlar tartibini o‘zgartirish 
 
Tasma (yoki Tezkor kirish uskunalar paneli) yorliqlarini sozlashda 
ilovalar uchun Visual Basic (VBA) makroslaridan foydalanib 
bo‘lmaydi. Buning uchun RibbonX kodini yozish va uni ishchi kitob 
fayllarida saqllash mumkin. Fayl ochilganda Tasmada qo‘shilgan 
yangi buyruqlarni namoyon etish uchun yangilanishlar amalga oshadi.
Tasmani sozlash uchun Excel dasturida Options (Параметры) boshqaruv 
panelidan yoki Tasmaning istalgan joyida kontekst menyuni ochib Customize the 
Ribbon (Настройка ленты) dialog oynasidan foydalaniladi (3.16-rasm). 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling