1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


-rasm. Merge&Center (Объединить и поместить в центре) buyrug‘i  tugmasi  Check box (Флажок)


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.6-rasm. Merge&Center (Объединить и поместить в центре) buyrug‘i 
tugmasi 
Check box (Флажок). Belgilash katakchasi biror buyruqni yoqadi yoki 
o‘chiradi. Bunga misol sifatida View (Вид) yorlig‘idagi Show (Отображение) 
guruhiga tegishli Gridlines (Сетка) belgilash tugmasini keltirish mumkin. Ushbu 
begilash katagiga belgi qo‘yilsa varaq jadval chiziqlarini ko‘rsatadi yoki aksincha.
Spin buttons (Спин) Excel tasmasida faqat bitta spin yoki aylantirish 
tugmachasi mavjud. Scale (Масштаб) deb nomlanuvchi ushbu tugma Page 
Layout (Разметка страницы) yorlig‘ida joylashgan va ekran masshtabini 
o‘zgartish uchun foydalaniladi (3.7-rasm). 
3.7-rasm. Sahifa masshtabini o‘zgartirish tugmasi 
Tasma guruhlarining ba'zilari pastki o‘ng burchakda kichkina nishoncha 


mavjud bo‘lib, bu dialog oynasini ishga tushirish vositasi deb nomlanadi. Masalan, 
Home (Главная) yorlig‘idagi Alignment (Выравнивание) guruhidagi ushbu 
nishoncha bosilsa matnni belgilangan katakcha bo‘ylab joylashuvini sozlash dialog 
oynasi paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oynada ko‘pincha Tasmada mavjud bo‘lmagan 
qo‘shimcha buyruqlar paydo bo‘ladi (3.8-rasm).
3.8-rasm. Excel dasturida dialog oynalarini ochish 
3.7. Klaviaturadan foydalanib Tasma yorliqlarini boshqarish 
Bir qarashda tasma guruhi buyruqlari faqat sichqoncha yordamida 
boshqariladiganday tuyuladi. Lekin Excel dasturi tasma elementlarini 
boshqarishni ma’lum klaviatura tugmalari orqali ham amalga oshirsa bo‘ladi. 
Ushbu tugmalar Alt tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Tasmadagi har 
bir yorliq va buyruqlar guruhi ma’lum bir klaviatura tugmasi yoki tugmalar 
ketma-ketligi orqali boshqariladi. Bunda Excel oynasida Alt tugmasini 
bosganda yordamchi tugmalar paydo bo‘ladi, ushbu yordamchi tugmalarni 
klaviaturadan bosish orqali kerakli buyruqlar bajarilishini amalga oshirish 
mumkin. 
 
Klaviaturadan tezkor kirish tugmalaridan foydalanish 
jarayonida Alt tugmasini bosib turish talab etilmaydi 


16 
3.9-rasmda Excel oynasida Alt tugmasi bosilgandagi, 3.10-rasmda esa 
Home (Главная) yorlig‘i tanlangandagi, ya’ni H tugmasi bosilganda hosil 
bo‘ladigan yordamchi boshqarish tugmalari hosil bo‘lgan holati keltirilgan. 
Misol uchun, Excel oynasida Alt tugmasi bosilgandan keyin klaviaturadan H 
tugmasi bosilsa va keyingi navbatda AR tugmasi bosilsa joriy katakchadagi matn 
katakchaning o‘ng tomonidan boshlab tekislanadi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling