1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi
Tezkor kirish asboblar panelini sozlash
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
3.10. Tezkor kirish asboblar panelini sozlash
Tasma yorliqlaridagi mavjud buyruqlar yetarlicha samarali joylashtirilgan bo‘lib, ammo ko‘plab foydalanuvchilar har doim ushbu yorliqlardagi buyruqlarni tanlamasdan, balki ma'lum buyruqlarga tezkor kirishni afzal ko‘rishadi. Ushbu vazifani tezkor kirish panelini sozlash orqali amalga oshirish mumkin. Odatda, Tezkor kirish vositalari Excel oynasi sarlavha satrining chap tomonida paydo bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, Tezkor kirish asboblar panelini Tasma ostida joylashtirish ham mumkin. Buning uchun, Tezkor kirish asboblar panelidagi pastga ochiluvchi tugmani bosish va tasmaning tagida ko‘rsatish buyrug‘ini tanlash kifoya qiladi. Boshlang‘ich holatda, Tezkor kirish vositalari panelida to‘rtta buyruq mavjud: Avtosaqlash, Saqlash, Avvalgi amalni bekor qilish va keyingi amalni ko‘rsatish. Tez-tez ishlatadigan boshqa buyruqlarni qo‘shish yoki odatiy boshqaruv elementlarini o‘chirish orqali Tezkor kirish asboblar panelini sozlash mumkin. Buning uchun, pastga ochiluvchi tugmani bosib hosil bo‘lgan dialog oynachadagi tegishli buyruqlarni tanlash mumkin (3.13-rasm). 3.13-rasm. Tezkor kirish buyruqlar panelini sozlash Agar ushbu dialog oynachada siz izlagan buyruqlar mavjud bo‘lmasa, u holda ushbu dialog oynachadan More commands (Другие команды) yoki tasmadan File (Файл) ➪ Options (Параметры) buyrug‘ini tanlab hosil bo‘lgan oynadan Quick Access Toolbar (Панель быстрого доступа) qismidan ushbu panelda siz uchun kerakli bo‘lgan buyruqlarni hosil qilishingiz mumkin (3.13-rasm). Tezkor kirish asboblar panelida joylashgan Undo (Отменить) buyrug‘idan foydalanib, Excelda deyarli avval bajarilgan har qanday amalni bekor qilishingiz mumkin. Xatolik bilan buyruq berganingizdan so‘ng bekor qilish (yoki Ctrl+Z) tugmasini bosing va bitta avval bajarilgan amalni bekor qilishingiz mumkin. Bunda avval bajarilgan 100 ta amalni bekor qilish mumkin. Ushbu bekor qilish tugmachasining o‘ng tomonidagi strelkani bosilsa, o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kerakli qadam tanlanishi orqali ma’lum bir bajarilgan amallarni bekor qilish mumkin. Tez 20 kirish asboblar panelidagi Redo (Вернуть) tugmachasi esa, bekor qilish tugmachasining teskarisini bajaradi, ya’ni bekor qilingan buyruqlarni qayta chiqaradi. Hech narsa bekor qilinmagan bo‘lsa, ushbu buyruq faol holatda bo‘lmaydi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling