1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


Tasmadan (Лента, Ribbon) foydalanish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.5. Tasmadan (Лента, Ribbon) foydalanish
Office 2007 versiyasidan boshlab Microsoft an'anaviy menyular va 
asboblar panelini almashtiruvchi Tasma ekranning yuqori qismidagi 
piktogrammalar to‘plamini yaratdi. Piktogramma ustidagi so‘zlar yorliqlar deb 
nomlanadi: Home (Главная)Insert (Вставка) yorlig‘i va boshqalar. Tasmadan 
foydalanish yanada osonlashtirilgan holatda sozlanishi mumkin. 
Foydalanuvchi istagiga ko‘ra Tasma yashirin yoki ko‘rinadigan bo‘lishi 
mumkin. Tasma ko‘rinishini o‘zgartirish uchun Ctrl+F1 tugmalar 
kombinatsiyasini bosing (yoki yuqoridagi yorliqni ikki marta bosing). Agar 
Tasma yashirilgan bo‘lsa, u yorliqni bosganingizda vaqtincha paydo bo‘ladi va 
ishchi varaqni bosganingizda yashirin holatga o‘tadi. Sarlavha satrida Ribbon 
display options (Параметры отображения ленты) deb nomlangan boshqaruv 
tugmasi mavjud bo‘lib (3.3-rasm), ushbu panel yordamida foydalanuvchi o‘zi 
istagan ekran turini tanlashi mumkin. 
Tasmadan qaysi yorliq tanlanishiga qarab Excel dasturi oynasidagi 
buyruqlar guruhi o‘zgaradi (1.3-rasm). 
3.3-rasm. Tasmadagi Home (Главная) yorlig‘i buyruqlari guruhi 
Tasmada quyidagi yorliqlar mavjud: 
Tasmadagi buyruqlar qaysi yorliq tanlanganiga qarab farqlanadi. Tasmadagi 
yorliqlar buyruqlarga qarba guruhlarga ajratiladi. Quyida tasmadagi yorliqlarga 
tegishli buyruqlar haqida to‘xtalib o‘tiladi: 
Home (Главная). Ushbu yorliq foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p 
foydalaniladigan yorliq hisoblanadi. Ushbu yorliqda nusxa ko‘chirish, qirqib 
olish, qo‘yish, joylash, formatlash buyruqlari, stilni tanlash buyruqlari


qatorlar/ustunlarni qo‘shish/o‘chirish va shu kabi asosiy buyruqlar, shuningdek 
tahrirlashni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan buyruqlar guruhini qamrab oladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling