1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilangan katakchalar orasidan keraksizlarini olib tashlash
- Natijaviy shablon jadval (Сводной таблицы, Pivot Table) namunasi
- 3.3. Ishchi kitob va varaqlar bilan ishlash
Nishonchalar (Icons) Excel 2019 versiyasidagi Qo‘shish (Вставка, Insert)
yorlig‘ida siz foydalanishingiz mumkin bo‘lgan, oldindan o‘rnatilgan piktogrammalarni o‘z ichiga oluvchi Nishonchalar boshqaruvi paneli mavjud. SVG tasvirlar Excel 2019 versiyasida masshtablana oladigan vector tasvirlardan foydalanaish va ularni shakllarga aylantirish imkoniyati ham mavjud. Belgilangan katakchalar orasidan keraksizlarini olib tashlash Agar Ctrl tugmasini bosib turish orqali katakchalar tanlangan bo‘lsa va tasodifan belgilanmasligi kerak bo‘lgan katakachalarni ham belgilab qo‘ygan bo‘lsangiz, Ctrl tugmasi va sichqoncha tugmasidan foydalangan holda ularni belgilanmagan holga keltirishingiz mumkin. Natijaviy shablon jadval (Сводной таблицы, Pivot Table) namunasi Afzal bilgan jadval namunasini shablon sifatida saqlab qo‘yish va barcha yangi jadvallarni ushbu shablon asosida avtomatik ravishda tashkil qilish imkoniyati. 3.3. Ishchi kitob va varaqlar bilan ishlash Excelda qilingan barcha amallar ish kitobida (книга, workbook) bajariladi. Ishchi kitoblar Qancha ishchi kitob kerak bo‘lsa shuncha ishchi kitob ochish mumkin va ularning har biri o‘z oynasida paydo bo‘ladi. Odatiy holatda, Excel ish kitoblari xlsx fayl kengaytmasidan foydalanadi. Excelning eski versiyalarida har bir ishchi kitob bir Excel oynasida ochilar edi. Excel 2013 versiyasidan boshlab esa har bir ishchi kitob o‘zining alohida oynasida ochiladi. Ushbu o‘zgarish Excel dasturini Office paketining boshqa dasturlariga uxshash bo‘lishini taminladi. Bu esa o‘z navbatida turli ishchi kitoblarni alohida monitorlarda tasvirlash imkonini beradi. Har bir ishchi kitobda bir yoki bir nechta ish varag‘i (лист, sheet) mavjud bo‘lib, har bir ishchi varaq alohida katakchalardan iborat. Har bir katakcha o‘zida raqam, formula yoki matnni mujassam qilishi mumkin. Shuningdek, ishchi varaqda ko‘rinmas chizma qatlami mavjud bo‘lib, unda grafiklar, rasmlar va diagrammalar hosil bo‘ladi. Chizma qatlamidagi obyektlar katakchalar ustidagi qatlamda joylashgan bo‘lib, lekin ular raqam yoki formulalar kabi katakchalar ichida joylashmaydi. Ishchi kitobdagi har bir ish varag‘iga ishchi kitobing pastki qismidagi yorliqni bosish orqali kirish mumkin. Bundan tashqari, ishchi kitobdagi diagrammalarni ishchi kitob tarkibidagi alohida varaqda hosil qilish mumkin. Excel dasturidan endi foydalanishni boshlaganlarga ko‘pincha Excel oynasida paydo bo‘lgan ko‘p elementlar murakkab bo‘lib ko‘rinadi. Turli qismlar bilan yaqindan tanishilgandan keyin esa ularning barchasi zaruriy elemntlar ekanligini va soda buyruqlar asosida tashkil etilganligini his qilasiz. 3.1-rasmda Excelning eng muhim qismlari va elementlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu elementlarga batafsil izoh 3.1-jadvalda berilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling