1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

Menyu qatori 
Ushbu buyruqlardan foydalanib menyuga o‘xshash boshqa 
lentani namoyish etish uchun foydalaning. 
Titul qatori 
Unda dasturning nomi va joriy ish kitobining nomi 
ko‘rsatiladi. Shuningdek, u “Tezkor kirish” asboblar 
panelini (chapda) va oynani o‘zgartirish uchun 
foydalanishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi boshqarish 
tugmachalarini (o‘ngda) o‘z ichiga oladi. 
Vertikal yurgizg‘ich Varaqni vertikal ravishda yurgizish uchun undan 


foydalaning. 
Oynani boshqarish Bu deyarli barcha Windows dasturlari uchun odatiy 
bo‘lgan joriy oynani minimallashtirish, tiklash yoki yopish 
uchun xizmat qiladi. 
Masshtab 
Ish varag‘ini kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun 
foydalanildi. 
3.4. Elektron jadvallar haqida 
Ushbu bo‘limda ishchi varaqdagi katakchalarni boshqarishning turli usullari 
tasvirlangan. Har bir ish varag‘i satrlar (1 dan 1,048,576 gacha raqamlar) va 
ustunlardan (A dan XFD bilan belgilangan) iborat. Ustun yorlig‘i quyidagicha 
nomalanadi: Z ustunidan keyin AA, AB, AC va hokazolar keladigan ustun keladi. 
AZ ustunidan keyin BA, BB va boshqalar keladi. Huddi shu tartibda, ZZ ustunidan 
keyin AAA, AAB va shu kabi ustunlarga nom beriladi. Qator va ustunning 
kesishishi bitta katakcha bo‘lib, har bir katakchada ustun harfi va satr raqamidan 
iborat manzil beriladi. Masalan, yuqori chap katakchaning manzili A1. Ish 
varag‘ining pastki o‘ng tomonidagi katakchaning manzili esa - XFD1048576. 
Har qanday vaqtda bitta katakcha faol katakcha hisoblanadi. Faol katakcha – 
kiritiladigan ma’lumotni qabul qiladigan yoki tahrirlanishi mumkin bo‘lgan 
ma’lumotni o‘zida saqlovchi katakcha hisoblanadi. 3.2-rasmda ko‘rsatilgandek, 
faol katakcha qalin chegara bilan ajralib turadi. Agar bittadan ko‘p katakcha 
tanlansa butun tanlangan diapazon ushbu qalin chegara bilan belgilanadi. Faol 
katakcha manzili “Nom” oynasida paydo bo‘ladi. 
3.2-rasm. Faol katakcha holati (C7). 


10 
Faol katakchaga tegishli qator va ustunlarni bildiruvchi manzillar rangi 
boshqa ustun va qatorlarga nisbatan boshqa rangda bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida 
joriy katakchani ajratib olishda qo‘laylik to‘g‘diradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling