1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


-rasm. Diagramma obyekti tanlanganda paydo bo‘ladigan kontekst yorliqlar.  3.6. Tasmadagi buyruqlar turlari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.5-rasm. Diagramma obyekti tanlanganda paydo bo‘ladigan kontekst yorliqlar. 
3.6. Tasmadagi buyruqlar turlari 
Sichqoncha ko‘rsatgichini Tasma yorlig‘i tarkibidagi buyruq ustiga olib 
borganingizda, buyruq nomi va qisqacha tavsifi bo‘lgan ma’lumotni ko‘rasiz. 


Tasmada bir nechta turli xil usuldagi buyruqlarni topishingiz mumkin. 
Oddiy tugmalar. Bunday turdagi tugmalar bosilganda u o‘z vazifasini 
bajaradi. Misol uchun Home (Главная) yorlig‘idagi Shrift guruhiga tegishli 
Shrift hajmini oshirish tugmasi 
oddiy tugmaga misol bo‘ladi. Ba'zi tugmalar 
bajarilishi kerak bo‘lgan vazifani amalga oshiradi; boshqalari esa qo‘shimcha 
ma'lumot kiritishingiz uchun dialog oynasini namoyish qiladi.
O‘chirish-yoqish tugmalari. O‘chirish-yoqish tugamalarini bosganda 
ularning rangi o‘zgarishi orqali berilgan buyruqning bajarilganligini bildiradi. 
Misol uchun Shrift guruhidagi Qora yoki kursiv shaklida yozuvni belgilash 
tugmasi shunday tugmalar guruhiga kiradi. 
Oddiy pastga ochiluvchi buyruqlar. Agar tasmadagi buyruqlar yonida 
kichik pastga qaragan strelkacha mavjud bo‘lsa, u holda ushbu buyruq pastga 
ochiluvci buyruqlar majmuidan iborat ekanligini bildiradi. Ushbu tugmani 
bosish orqali unga tegishli boshqa buyruqlarni ochishimiz mumkin bo‘ladi. 
Misol uchun Home (Главная) yorlig‘idagi Conditional formatting (Условное 
форматирование) buyrug‘i bosilganda shartli formatlashga tegishli bir nechta 
buyruqlarni ko‘rishingiz mumkin. 
Ajratish tugmalari. Ajratish tugmasi bir marta bosiluvchi va pastga 
ochiluvchi tugmalar kombinatsiyasidan tashkil topadi. Agar siz tugmani ustida 
bossangiz, buyruq bajariladi. Agar ochiladigan qismni (pastga strelkani) 
bossangiz, tegishli buyruqlar ro‘yxati ochiladi. Ajratish tugmasiga misol sifatida 
Home (Главная) yorlig‘idagi Alignment (Выравнивание) guruhidagi 
Merge&Center (Объединить и поместить в центре) buyrug‘i kiradi (1.6-
rasm). Ushbu boshqarish elementini bosish orqali tanlangan katakchalarni 
birlashadi va matnni markazlashtirish mumkin. Agar ushbu boshqaruv 
tugmasining strelka qismini (o‘ngda) bossangiz, siz katakchalarni birlashtirish 
bilan bog‘liq boshqa buyruqlar ro‘yxatini olasiz. 


14 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling