1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi
-rasm. Excel oynasida Alt tugmasini bosish orqali yordamchi tugmalarni hosil qilish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Гиперссылка
- 3.11-rasm.
3.9-rasm. Excel oynasida Alt tugmasini bosish orqali yordamchi tugmalarni hosil
qilish. Klaviaturadan Alt tugmasi yordamida Tasma yorliqlari va buyruqlar guruhini boshqarish tugmalari Excelning turli tillardagi versiyalarida turlicha bo‘ladi 3.10-rasm. Excel oynasi Home (Главная) yorlig‘ida Alt tugmasini bosish orqali yordamchi tugmalarni hosil qilish. Tasma yorliqlaridagi buyruqlar guruhiga kirishni klavituradan o‘ngga va chapga tugmalari yordamida ham amalga oshirish mumkin. Oxirgi buyruqni takrorlash uchun Excel dasturida Ctrl+Y yoki F4 tugmasini bosish kifoya qiladi. 3.8. Excel dasturida buyruqlarni qidirish Excel 2019 versiyasida buyruqlarni qidirish uchun qidiruv oynasi mavjud bo‘lib, u Tasma yorliqlarining o‘ng tomonida joylashgan. Agar ma’lum bir buyruqni qaerdan topishni bilmasangiz, uni qidirish maydoniga kiritib ko‘rish orqali yordam olish mumkin. Masalan, joriy ish varag‘iga giperhavola (Гиперссылка, Hyperlink) kiritmoqchi bo‘lsangiz, kerakli katakcha tanlanadi va Excel dasturi interfeysi tiliga mos ravishda Гиперссылка (rus tilidagi interfeys uchun), Hyperlink (ingliz tilidagi interfeys uchun) so‘zi qidirish maydoniga kiritiladi. Tegishli kalit so‘zni yozib boshlanishi bilan ro‘yxatlar qatorida buyruqlar guruhi paydo bo‘ladi (3.11-rasm). Agar siz o‘zingiz xohlagan buyruqni ko‘rsangiz, uni tanlash orqali kerakli amalni bajarish mumkin. Buyruqlarni qidirishning ushbu usuli Excel dasturida endi ishlashni boshlayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 3.11-rasm. Excel dasturida buyruqlarni qidirish 3.9. Kontekst menyudan foydalanish Tasmaga qo‘shimcha ravishda, Excel ko‘plab maxsus kontekst menyularga ega, Exceldagi har qanday obyekt (katakcha, diagramma, rasm va hk.) ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali kontekst menyuga kiriladi. Kontekst menyularda barcha buyruqlar mavjud bo‘lmasdan, balki faqat tanlangan obyektni tahrirlashga qaratilgan buyruqlar mavjud bo‘ladi. Masalan, agar diagramma bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, kontekst menyuda tanlangan grafik elementiga mos keladigan buyruqlar hosil bo‘ladi. Misol tariqasida, 3.12-rasmda jadvaldagi katakchani tanlab sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosilganda hosil bo‘ladigan kontekst menyu keltirilgan. Sichqoncha o‘ng tugmasini bosish orqali hosil bo‘ladigan kontekst menyudan foydalanish Excel dasturi bilan ishlashda 18 tezkorlikka erishishga olib keladi. 3.12-rasm. Katakcha uchun tegishli kontekst menyu buyruqlari. Bundan tashqari, kontekst menyudan foydalanish uchun sichqoncha o‘ng tugmasi bosilganda ushbu kontekst menyu tepasida har bir obyektga tegishli bo‘lgan kichik uskunalar paneli ham paydo bo‘ladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling