1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi
-rasm. Tezkor kirish uskunalar panelida yangi buyruqlarni hosil qilish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.11. Dialog oynalar bilan ishlash
- 3.15-rasm.
3.14-rasm. Tezkor kirish uskunalar panelida yangi buyruqlarni hosil qilish
Shuni yodda tutish kerakki, bajarilgan ma’lum bir amallarni bekor qilib bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, "File" yorlig‘idagi mavjud buyruqlar orqali bajarilgan har qanday buyruqni bekor qilib bo‘lmaydi. Masalan, agar siz faylning xatoli nusxasini uning xatosiz yozilgan nusxasi ustidan saqlab qo‘ysangiz, ushbu holatda xatosiz yozilgan xujjatni qaytarishda muammolar duch kelishingiz mumkin. Agar faylning zaxira nusxasi bo‘lmasa, u holda buning imkoni deyarli yo‘q. Shuningdek, makroslarga kiritilgan o‘zgartirishlarni bekor qilib bo‘lmaydi. Aslida, ish kitobiga o‘zgartirish kiritadigan makroslarni ishga tushirish bilan, bekor qilish ro‘yxatidagi amallar tozalanadi. 3.11. Dialog oynalar bilan ishlash Ko‘plab Excel buyruqlari bajarilishi kerak bo‘lgan amal haqida ko‘proq ma’lumotlarni olish uchun dialog oynalarini namoyon etadi. Masalan, agar varaqni himoyalash uchun Review (Рецензирование) ➪ Protect (Защита) ➪ Protect Sheet (Защитить лист) buyruqi ketma-ketligi tanlanganda, varaqning qaysi qismlarini himoya qilishni aniq ko‘rsatilmaguncha buyruq bajarilmaydi. Shuning uchun, ushbu holatda 3.15-rasmda ko‘rsatilgan Protect Sheet (Защита листа) dialog oynasini namoyon etadi. 3.15-rasm. Excel dasturida berilayotgan buyruq haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun dialog oynasi. 3.12. Tasmani sozlash Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek Tasma (Лента; Ribbon) Excelning asosiy foydalaniladigan komponentidir. U ekranning yuqori qismida joylashgan bo‘lib buyruqlar to‘plamini qamrab oluvchi yorliqlardan iborat. Yorliqni bosganingizda, u tegishli buyruqlar to‘plamini ko‘rsatadi va ushbu buyruqlar guruhlarga bo‘linadi. Agar sizda Tasmada mavjud buyruqlar joylashuvini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, u holda sozlash ishlarini amalga oshirish orqali o‘zingizga qulayliklar yaratib olishingiz mumkin bo‘ladi. Tasmada nimalar sozlanishi mumkin 22 Tasmadagi yorliqlar quyidagicha sozlanishi mumkin: ■ Yangi turdagi yorliqlarni qo‘shish ■ Ma’lum bir yorliqlarni o‘chirish ■ Yorliqlar joylashuvi tartibini o‘zgartirish ■ Yorliqlar nomini o‘zgartirish ■ Standart yorliqlarni yashirish Tasmadagi guruhlar quyidagicha sozlanishi mumkin: ■ Yangi turdagi guruhlarni qo‘shish ■ Mavjud guruhlarga buyruqlarni qo‘shish ■ Ma’lum bir guruhlardan buyruqlarni olib tashlash ■ Yorliqlardan buyruqlar guruhini olib tashlash ■ Buyruqlar guruhini boshqa yorliqlarga ko‘chirish ■ Yorliqlardagi buyruqlar guruhi joylashuvi tartibini o‘zgartirish ■ Guruhlar nomini o‘zgartirish Tasmani sozlashda quyidagilarni amalga oshirishning imkoni yo‘q: ■ Standart yorliqlarni o‘chirish (lekin ularni yashirib qo‘yish mumkin) ■ Ma’lum bir spesifik buyruqlarni standart guruhlardan o‘chirish (lekin butun guruhni o‘chirish mumkin) ■ Standart buyruqlar guruhida buyruqlar tartibini o‘zgartirish Tasma (yoki Tezkor kirish uskunalar paneli) yorliqlarini sozlashda ilovalar uchun Visual Basic (VBA) makroslaridan foydalanib bo‘lmaydi. Buning uchun RibbonX kodini yozish va uni ishchi kitob fayllarida saqllash mumkin. Fayl ochilganda Tasmada qo‘shilgan yangi buyruqlarni namoyon etish uchun yangilanishlar amalga oshadi. Tasmani sozlash uchun Excel dasturida Options (Параметры) boshqaruv panelidan yoki Tasmaning istalgan joyida kontekst menyuni ochib Customize the Ribbon (Настройка ленты) dialog oynasidan foydalaniladi (3.16-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling