1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

Insert (Вставка). Ishchi kitobga jadval, rasm, diagramma, simvol va 
shu kabi nimadir qo‘yilishi kerak bo‘lgan holatlarda ushbu menyudan 
foydalaniladi.
Page Layout (Разметка страницы). Ushbu buyruqlar guruhidan 
sahifaning umumiy ko‘rinishi, o‘lchami, bosmaga berish usullari va shu kabi 
buyruqlar joy olgan.
 Formulas (Формулы). Formula, funksiyalar, katakcha yoki ma’lum 
bir diapazonga nom berish yoki Excelda hisoblashni amalga oshirish usullarini 
tanlashni amalga oshirishda ushbu yorliqdan foydalaniladi.
 Data (Данные). Ma’lumotlarni saralash, filtrlash, tahlil qilish, bashorat 
qilish va shu kabi amallarni bajarishda ushbu buyruqlar guruhi panelidan 
foydalaniladi. 
Review (Рецензирование). Ushbu yorliqda tarjima qilish, orfografiya, 
tezaurus, izoh qoldirish, ishchi kitob yoki ishchi varaqni himoya qilish kabi 
buyruqlar mavjud. 
 View (Вид). Ushbu yorliqda varaqni qanday ko‘rishni boshqaruvchi 
buyruqlar mavjud bo‘lib, ushbu yorliqdagi ba'zi buyruqlar holat satrida ham 
mavjud. 
 Developer (Разработчик). Odatiy holatda ushbu yorliq ekranda 
mavjud bo‘lmaydi. Bu yorliqdagi buyruqlar guruhi dasturchilar uchun foydali 
bo‘lib, uni ekranda hosil qilish uchun File (Файл)

 Options (Параметры)

Customize ribbon (Настроить ленту) ketma-ketlik tanlanadi. Hosil 
bo‘lgan oynaning o‘ng tomonida Developer (Разработчик) buyrug‘i 
belgilanadi. Makroslar bilan ishlash, Ilovalar uchun Visual Basic kabi 
buyruqlar ushbu yorliq tarkibida joylashgan bo‘ladi.
Help (Справка). Ma’lumot yoki yordam olish uchun ushbu yorliqdan 
foydalaniladi.
Add-Ins (Надстройки). Excel qo‘shimcha ilovalarni tasmada paydo 


12 
qilish uchun ushbu yorliqdan foydalaniladi. Qanday ilova tanlanganiga qarab 
standart Tasma yorliqlaridagi buyruqlar guruhi o‘zgarishi mumkin. Misol uchun 
Excel uchun Solver (Поиск решений) ilovasidan foydalanilganda ushbu ilova 
yorlig‘i Data (Данные) yorlig‘i buyruqlar guruhida paydo bo‘ladi. 
3.4-rasm. Tasmadagi Insert (Вставка) yorlig‘i buyruqlari guruhi 
Standart yorliqlardan tashqari Excel dasturida kontekst yorliqlar ham mavjud 
bo‘lib, tanlangan obyektga (diagramma, jadval yoki SmartArt diagrammasi) ko‘ra 
ushbu obyektlar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus buyruqlar paydo 
bo‘ladi. Misol uchun 3.5-rasmda keltirilganidek, diagramma obyekti tanlanganda 
ikkita 
kontekst 
yorliq, 
ya’ni 
Design (Конструктор) 
va 
Format 
(Форматирование) yorliqlari paydo bo‘ladi. Ushbu paydo bo‘lgan qo‘shimcha 
yorliqlar yordamida foydalanuvchining ishi yanada osonlashadi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling