1-mavzu: Elektron jadvallar. Ms excel dasturi


Tezkor kirish asboblar panelini sozlash


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1198436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.10. Tezkor kirish asboblar panelini sozlash 
Tasma yorliqlaridagi mavjud buyruqlar yetarlicha samarali joylashtirilgan 
bo‘lib, ammo ko‘plab foydalanuvchilar har doim ushbu yorliqlardagi buyruqlarni 
tanlamasdan, balki ma'lum buyruqlarga tezkor kirishni afzal ko‘rishadi. Ushbu 
vazifani tezkor kirish panelini sozlash orqali amalga oshirish mumkin. Odatda, 
Tezkor kirish vositalari Excel oynasi sarlavha satrining chap tomonida paydo 


bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, Tezkor kirish asboblar panelini Tasma ostida 
joylashtirish ham mumkin. Buning uchun, Tezkor kirish asboblar panelidagi pastga 
ochiluvchi tugmani 
bosish va tasmaning tagida ko‘rsatish buyrug‘ini tanlash 
kifoya qiladi. 
Boshlang‘ich holatda, Tezkor kirish 
vositalari 
panelida 
to‘rtta 
buyruq 
mavjud: Avtosaqlash, Saqlash, Avvalgi 
amalni bekor qilish va keyingi amalni 
ko‘rsatish. Tez-tez ishlatadigan boshqa 
buyruqlarni 
qo‘shish 
yoki 
odatiy 
boshqaruv elementlarini o‘chirish orqali 
Tezkor kirish asboblar panelini sozlash 
mumkin. 
Buning 
uchun, 
pastga 
ochiluvchi tugmani 
bosib hosil 
bo‘lgan dialog oynachadagi tegishli 
buyruqlarni tanlash mumkin (3.13-rasm). 
3.13-rasm. Tezkor kirish buyruqlar 
panelini sozlash 
Agar ushbu dialog oynachada siz izlagan buyruqlar mavjud bo‘lmasa, u holda 
ushbu dialog oynachadan More commands (Другие команды) yoki tasmadan File 
(Файл)

 Options (Параметры) buyrug‘ini tanlab hosil bo‘lgan oynadan Quick 
Access Toolbar (Панель быстрого доступа) qismidan ushbu panelda siz uchun 
kerakli bo‘lgan buyruqlarni hosil qilishingiz mumkin (3.13-rasm).
 
Tezkor kirish asboblar panelida joylashgan Undo (Отменить) 
buyrug‘idan foydalanib, Excelda deyarli avval bajarilgan har 
qanday amalni bekor qilishingiz mumkin. Xatolik bilan buyruq 
berganingizdan so‘ng bekor qilish (yoki Ctrl+Z) tugmasini 
bosing va bitta avval bajarilgan amalni bekor qilishingiz 
mumkin. Bunda avval bajarilgan 100 ta amalni bekor qilish 
mumkin. 
Ushbu bekor qilish tugmachasining o‘ng tomonidagi strelkani bosilsa, 
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kerakli qadam 
tanlanishi orqali ma’lum bir bajarilgan amallarni bekor qilish mumkin. Tez 


20 
kirish asboblar panelidagi Redo (Вернуть) tugmachasi esa, bekor qilish 
tugmachasining teskarisini bajaradi, ya’ni bekor qilingan buyruqlarni qayta 
chiqaradi. Hech narsa bekor qilinmagan bo‘lsa, ushbu buyruq faol holatda 
bo‘lmaydi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling